1. bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda: umri tugay deb qolgan
2. bosgan yerini quritmoq: borgan yerida hech narsa qoldirmay yuq qilmoq, yeb-ichib, talab bitirmoq.
3. burnini yerga ishqadi: qattiq jazoladi
4. fikrlari bir yerdan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi
5. kuragini yerga tegizmoq: kurashda, bellashuvda yengmoq, g‘alaba qilmoq.
6. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi
7. osmon bilan yercha: juda katta, beqiyos
8. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi
9. osmon-u yercha: juda katta, beqiyos
10. oyog‘ini yerga tiradi: qaysarlik qildi
11. teshik munchoq yerda qolmas: Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi, ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora
12. tuprog‘i shu yerdan olingan: Asli shu yerning odami, shu yerning o‘ziniki degan ma’noni qayd etadi
13. yer bilan bitta bo‘ldi: sochilib ketdi, betartib holda sochilib yotdi
14. yer bilan bitta bo‘lmoq: yer bilan bitta bo‘ldi
15. yer bilan osmoncha: juda katta, beqiyos
16. yer bilan yakson bo‘ldi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi
17. yer ostidan: yashirincha, sezdirmay
18. yer tagida ilon qimirlasa biladi: nihoyatda ziyrak, sezgir
19. yer tishlatmoq: o‘ldirdi
20. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi
21. yerda qoldi: e’tiborsiz qoldi
22. yerga kirib ketmoq: qattiq izza bo‘ldi, o‘sal bo‘ldi
23. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi
24. yerga qaradi: uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan holatga tushdi
25. yerga urmoq: ortiq darajada kamsitdi
26. yerga ursa, ko‘kka sapchiydi: o‘taketgan sho‘x, o‘taketgan betinim
27. yeru ko‘kka ishonmaydi: o‘ta darajada ardoqlaydi, parvona bo‘ladi
28. yetti nomusini yerga bukmoq: sharmanda qildi
29. yo‘q yerdagi: hech kim bilmaydigan, hech kimning xayoliga kelmaydigan, bo‘lmag‘ur
30. yuzini yerga qaratmoq: uyat–nomusdan bosh ko‘tara olmaydigan holatga tushdi
31. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.