1. Yer shari, Yer.
Zaminu zamon. Ro‘yi zamin. Ona zamin
▬
Zamin-u zamon o‘zgarib, ma’rifatga tomon bormoqda [dedi Islomxo‘ja].
J. Sharipov, Xorazm
2. Ekin ekiladigan yer.
Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qo‘li barakali ekan.
G‘. G‘ulom, Tirilgan murda
3. Muayyan hudud, yurt; umuman yer.
Zotan, yangidan bunyod etilgan ko‘rkam chamanzor, bog‘-rog‘lar, yaxlit-yaxlit paxtazorlar Xorazm zaminiga jon bag‘ishlaydi.
N. Safarov, Olovli izlar
4. ko‘chma Asos, negiz.
Xo‘jalik noz-ne’mat bunyodkorlari ayni kunlarda mo‘l hosilga puxta zamin yaratmoqdalar.
Gazetadan
5. ko‘chma Qulay shart-sharoit, muhit; imkon.
U Bo‘taboyga hozir bunday talab qo‘yib bo‘lmasligini, buning uchun avval zamin tay-yorlash kerakligini tushuntirmoqchi bo‘lgan edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
6. ko‘chma Tayanch, boshpana.
Oxiri Abdurahmon choyxona nishin tavkagir va boboyi banglar orasidan o‘ziga zamin topdi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon