Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘k}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘k
Izoh(lar)i:
ko‘k sf

1. 1. Tiniq osmon rangidagi; moviy, zangori. Ko‘k ko‘z. Ko‘k bo‘yoq. Qo‘limizda tovlanar jajji-jajji bayroqlar, Osmonda ko‘k, qizil shar yengil uchib o‘ynoqlar. I. Muslim.

2. 2. Kul rangidagi, kulrang. Ko‘k bo‘ri. Ko‘k kaptar. Qamchi ko‘k ot bilan saman toyni yetaklab, daryo tomonga ketdi. H. G‘ulom, Mash’al

3. s. t. t. Yashil, sabza. Ko‘k o‘t. Qarshimda tebranar ko‘k barglar har on Yu, Hamdam

4. 4. Yer ustida gumbaz shaklida ko‘rinib turadigan havo qatlami; osmon. Enkayganga enkaygin, boshing yerga tekkuncha, Kekkayganga kekkaygin, boshing ko‘kka yetguncha. Maqol
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. A. Qahhor, Ming bir jon

5. 5. O‘sayotgan o‘t-o‘simlik, o‘t-o‘lan; maysa, ko‘kat. Yomg‘irlar yog‘ib, yerda o‘t-o‘lanlar ko‘rina boshladi, hayvonlarning og‘zi ko‘kka tegdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Mening brigadamga qarashli yerdan uch gektariga Misr paxta ekdim. Ko‘ki juda yaxshi. G‘. G‘ulom, Tirilgan murda

6. 6. Bahorda yangi chiqqan, somsa, chuchvara kabi ovqatlarga ishlatiladigan otquloq, yo‘ng‘ichqa, jag‘jag‘, ismaloq kabi ko‘katlarning umumiy nomi va shunday ko‘katlar qo‘shib tayyorlangan ovqat. Ko‘k somsa. Ko‘k sho‘rva. Ko‘k terish bahonasi bilan dalalarni tusay boshlagan edi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

7. 7. Kashnich, janbil, ukrop kabi ovqatga qo‘shib yeyiladigan rezavor o‘simliklar, ko‘kat. Ko‘k solib qatiqlangan mastavaning lazzatli hidi keldi. A. Muxtor, Opa-singillar

8. s. t. t. (3-sh. birl. shaklida — ko‘ki) Dollar. Bir pachka ko‘ki bilan qo‘lga tushibdi, ish chatoq.

Antonim(lar)i: yer , zamin
Sinonim(lar)i: osmon [f-t]

1. ko‘k I Sifat
havo rangli, moviy

2. ko‘k II Ot
osmon

3. ko‘k III Ot
ko‘kat

4. ko‘k IV Ot
esk. yirik-yirik chok

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bosh ko‘kda: -

2. bosh ko‘kka yetmoq: -

3. bosh ko‘kka yetmoq: -

4. boshi ko‘kda: -

5. boshi ko‘kka tegmoq: -

6. boshi ko‘kka yetdi: behad sevindi

7. boshi ko‘kka yetishmoq: -

8. boshi ko‘kka yetmoq: -

9. boshi ko‘kka yetmoq: -

10. boshi ko‘ksiga tushmoq: -

11. boshini ko‘kka yetkazmoq: -

12. boshini ko‘kka yetqazmoq: -

13. boshni ko‘kka yetkazmoq: -

14. boshni ko‘kka yetqazmoq: -

15. faryodi ko‘klarga yetmoq: -

16. hayotining ko‘kin kesmoq: -

17. ikki qo‘l ko‘ksida ketmoq: -

18. ikki qo‘li ko‘ksida ketmoq: -

19. ko‘k bilan o‘pishmoq: -

20. ko‘kayini kesmoq: -

21. ko‘kka ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi

22. ko‘kka ko‘tarmoq: ko‘kka ko‘tarmoq

23. ko‘kka sovurdi I: behuda sarfladi

24. ko‘kka sovurdi II: butunlay yemirilib yo‘q bo‘ldi

25. ko‘kka sovurmoq: -

26. ko‘kka sovurmoq : -

27. ko‘klarga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya

28. ko‘klarga ko‘tarmoq: -

29. ko‘kragi tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi

30. ko‘kragi tog‘day ko‘tarilmoq: -

31. ko‘kragidan itarmoq: -

32. ko‘kragiga o‘t solmoq: -

33. ko‘kragiga shabada tegmoq: -

34. ko‘kragiga shamol tegmoq: -

35. ko‘kragiga urdi: chapanichasiga pisanda qildi

36. ko‘kragiga urmoq: -

37. ko‘kragini qalqon qilmoq: -

38. ko‘krak kerib: -

39. ko‘krak kermoq: -

40. ko‘krak tog‘day ko‘tarilmoq: -

41. ko‘krakdan itarmoq: -

42. ko‘krakka o‘t solmoq: -

43. ko‘krakka shabada tegmoq: -

44. ko‘krakka shamol tegmoq: -

45. ko‘krakka urmoq: -

46. ko‘ksi ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi

47. ko‘ksi ko‘tarilmoq: -

48. ko‘ksiga bosmoq: bag‘riga olmoq

49. ko‘ksini dog‘lamoq: -

50. ko‘ksini o‘rtamoq: -

51. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.

52. ko‘ksini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

53. kuli ko‘kka sovrildi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

54. kuli ko‘kka sovurilmoq: -

55. kulini ko‘kka sovurmoq: -

56. ohi ko‘kka yetmoq: -

57. oh-u afg‘oni ko‘kka chiqmoq: -

58. oq tuya ko‘rdingmi yo‘q, ko‘k tuya ko‘rdingmi yo‘q: -

59. oqini oqqa, ko‘kini ko‘kka chiqarmoq: -

60. soqol ko‘ksiga to‘kilmoq: -

61. soqoli ko‘ksiga to‘kilmoq: -

62. yerdan ko‘karib chiqmoq: -

63. yerga ham, ko‘kka ham ishonmaslik: -

64. yerga ursa, ko‘kka sachramoq: -

65. yerga ursa, ko‘kka sapchimoq: -

66. yerga ursa, ko‘kka sapchiydi: o‘taketgan sho‘x, o‘taketgan betinim

67. yer-ko‘kka ishonmaslik: -

68. yer-ko‘kka sig‘maslik: -

69. yeru ko‘kka ishonmaydi: o‘ta darajada ardoqlaydi, parvona bo‘ladi

1. Moviy – ko‘k – ko‘m-ko‘k
Ma’nosiga ko‘ra
(rang miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Osmon – ko‘k – samo – falak – gardun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgisining bo‘yoqli-bo‘yoqsizligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.