Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kir} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kir-moq
Izoh(lar)i:
kir fl

1. asosan j. k. bilan lan Yurib yoki siljib, biror narsaning ichiga, ichki qismiga o‘tmoq, o‘zini ichkari qismga olmoq. Uyga kirmoq. G‘orga kirmoq. Ahmadjon bo‘sh laganni dasturxoni bilan ko‘tarib, qushbegi kirgan eshikdan chiqdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bektemir tezdan o‘zini pastlikka tashladi, yugura-yugura, o‘rmonga kirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
Yo‘l ustidan chiqib qolgan chaqqon kaltakesaklar o‘qday otilib, kavaklarga, tosh oralariga kirib ketadi. A. Qahhor, Maston

2. 2. Narsaning orasiga, ichki qismiga yorib, teshib o‘tmoq, suqilmoq; sanchilmoq. Kuliga tikan kirdi. Yer shunday qattiqki, qoziq qoqsang ham kirmaydi. Tosh uchlangan qirrasi bilan bekning boshiga tushib, yarmigacha o‘yib kirib ketdi. A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi
Ayamay nayzani uradi Ikki emchak o‘rtasiga, G‘archillab nayza kiradi. Gulshanbog‘

3. 3. Ich tomonga botmoq. Ertalabdan beri hech narsa yemagan mollarning qorinlari ich-ichiga kirgan. Novcha, ikki lunji ichiga kirib ketgan. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. 4. Orasidan, qatoridan joy olmoq; qo‘shilmoq. Bu maqola to‘plamning ikkinchi jildiga kirgan. Ikkitasida Azimboyvachchaning oti yozilib, keyin o‘chirilgan, oxirgisida mutlaqo ro‘yxatga kirmagan. S. Ahmad, Hukm
Bu kasbni qo‘y, uka, sartaroshlik qil devdim, mana u ham odam qatoriga kirib oldi. Guldasta

5. 5. Ish, xizmat, o‘qish, jamiyat va shu kabilarga qabul qilinmoq; joylashmoq. U dastavval institutga laborant bo‘lib kirdi. Partiyaga kirmoq. Zavodga slesar bo‘lib kirmoq. Ammo biz ishga kirgan odamlarni joylarga ularning istagi bilan emas, idora ehtiyoji bilan yuboramiz. S. Karomatov, Oltin qum

6. 6. Sanoq son yoki ba’zan yosh so‘zi bilan birga qo‘llanib, shu son bildirgan yilcha umr ko‘rganlikni bildiradi. Otam oltmishga kirdi. Qiz o‘n yetti yoshga kirdi. Rahmat, yuzga kir, uvali-juvali bo‘l, o‘g‘lim. Oybek, Tanlangan asarlar

7. 7. Payt, oy, fasl bildiruvchi so‘z, so‘z birikmasi bilan qo‘llanib, shu payt yoki faslning boshlanishini bildiradi. Yodgor, umri bino bo‘lib, bahorning kirib kelishini shu qadar diqqat bilan kuzatmagan ekan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Kech kirdi. Tovuqlar g‘ira-shira qorong‘ida pir-pir uchib, bostirma shipidagi qo‘noqqa chiqa boshladi. P. Tursun, O‘qituvchi
Mart o‘tdi, aprel kirdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

8. 8. Ayrim otlar bilan birikib, shu ot ifodalagan narsaning paydo bo‘lishi yoki vujudga kela boshlaganligini bildiradi. Ko‘chatlar mevaga kirdi. Tok hosilga kirdi. Tovuq tuxumga kirdi. Yuziga rang kirmoq. Iyun oyining oxiri. G‘o‘zalar ayni gulga kirgan vaqt. N. Safarov, Uzoqni ko‘zlagan qiz
Ishtahaga kirdi-yu, kulcha yuziga rang yugurdi. K. Yashin, Hamza

9. 9. O‘zi birikib kelgan so‘z ifodalagan holat, xususiyat va shu kabilarni kasb etish, shunga ega bo‘lishni bildiradi. Kasal uyquga kirdi. Ko‘m-ko‘k osmon birpasda kulrang tusga kirdi. Siz kelsangiz, hovlimizga oftob chiqqanday fayz kiradi. K. Yashin, Hamza
Uy bekasi o‘zining asl ruhiga kirdi, jangchilarni qiyom va pechenye bilan mehmon qildi. Oybek, Quyosh qoraymas
Sevgilimni chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan sehrgar iblis qo‘ltiqlab kelayotganidan yonib ketdim. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Uning [Beruniyning] tartibsiz, jo‘shqin fikrlari muntazam bir shaklga kirib, voyaga yetdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar

10. 10. O‘tmoq, o‘tib o‘zlashmoq. Bu odatlar qardosh xalqlardan kirgan. Sut bilan kirgan jon bilan chiqar. Maqol
Ruscha “kandidat”, kandidatura so‘zlarining ekvivalentlari sifatida esa tojik tilidan kirgan nomzod (hozirgi ma’nosida) so‘zi qo‘llanadi. O‘TA

11. 11. Ayrim so‘zlar (masalan, sezgi a’zolarini bildiruvchi quloq, burun kabi so‘zlar) bilan qo‘llanganda, narsaning shu a’zoga ta’sir etib, sezgi uyg‘otishini bildiradi. Gulning hidi burniga kirmoq. O‘ylayman-u, miyaga hech narsa kirmaydi. Guldasta
Avazning qulog‘iga uning gapi kirmas, u tarsaki yegandek, shayx Sa’diyning shoh satriga tikilib o‘tirardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: pok [f-t], pokiza [f-t], toza
Sinonim(lar)i: o‘rnashmoq , joylashmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ingramoq – singramoq – inchkirmoq -yig‘lamoq -siqtamoq – o‘kirmoq – ho‘ng-ho‘ng yig‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakat belgisining keng yoki tor ifodalanishiga ko‘ra)

2. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.