1. 1. Talab-ehtiyoj bor, darkor, zarur.
Joy kerak. Oziq-ovqat kerak. Kitob kerak. Tuya
▬
Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak.
Maqol
yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zadi.
Maqol
Qishloqdagilarni boqish uchun pul kerak, kiyim kerak.
Oybek, Tanlangan asarlar
Agar odam, odam bolasiga o‘xshab umr kechiraman desa, unga ko‘p narsa kerak bo‘lar ekan.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Yordamchi so‘z vazifasida
3. 3. 1) fe’lning-(i)sh qo‘shimchali shakliga birikib, tasviriy shaklni hosil qiladi va o‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan harakatni bajarish lozim bo‘lgan harakat ekanligi ma’nosini bildiradi.
Aytishim kerak. Xabar olish kerak. Dam olish kerak.
▬
Hozirgi kunda ilm-fanning biror yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lish uchun fanning boshqa yo‘nalishlarini ham chuqur bilish kerak.
Gazetadan
Yoshlar ulamolar oldida adab saqlashlari kerak.
Oybek, Tanlangan asarlar;
4. 4. 2) fe’lning shart mayli shakli bilan birikib, gumon, taxmin, ehtimollik ma’nosini bildiradi.
Kelsa kerak. Bilsa kerak. Aytsa kerak. Chiroyli bo‘lsa kerak. Shirin bo‘lsa kerak.
▬
U, Charosning onasi jahl ustida shu ishni qilgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol