Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zarur}
So‘z bo‘g‘inlari: za-rur
Izoh(lar)i:
zarur [za-rur ]

1. Biror ish yoki ehtiyoj uchun kerak; kerakli, darkor. Bir dehqonga pul zarur bo‘lib qolib, ko‘m-ko‘k tosh noklarni bozorga olib chiqibdi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

2. Tez bajarilishi shart bo‘lgan, kechiktirib bo‘lmaydigan, muhim. Zarur masala. Bir zarur ish bilan shaharga bordim. -

3. Darkor, kerak. Yosh bo‘lsam-da, ro‘zg‘or tebratish uchun ota-onamga ko‘maklashmog‘im zarur edi. N. Safarov, Jasoratning davomi

Antonim(lar)i: keraksiz
Sinonim(lar)i: kerakli , kerak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kerak – lozim – zarur – shart
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

2. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.