Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lozim}
So‘z bo‘g‘inlari: lo-zim
Izoh(lar)i:
lozim ot

1. mod. s. s. Kerak, zarur. Unga [Unsinga] dardlarini o‘rtoqlashuvchi sirdosh — qayg‘udosh lozim edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Xo‘jaligimizda odam serob, lozim bo‘lsa, yangi xo‘jalikka otlanamiz. O‘zbekiston qo‘riqlari
Narzi sevgan qizining nomini uning nomi bilan bir qatori qo‘yishning lozimi qolmadi. N. Safarov, Olovli izlar

2. 2. Harakat nomi shaklidagi fe’lga birikib, shu fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi talab etilishini, kerakligini bildiradi. Aytish lozim. Kechirish lozim. Bo‘g‘oz quyonlarni homiladorlik davrida o‘z vaqtida sifatli ozuqa va toza suv berib parvarish qilish lozim. Fan va turmush
[Tarjimon] Badiiy asar yoki hujjatni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilmoqchi bo‘lsa, u avvalo o‘sha originalning tom ma’nosini chuqur bilmog‘i lozim. X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari

3. Sidiqjon bostirmaning orqasiga o‘tib, yaktak, lozim bilan choriqni kiydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Barat polvon kavushini yechdi lozimini himardi va Shayton polvon belidagi belbog‘ni olib bog‘ladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Nurioy, oyingizdan to‘rt gazgina chit olib berasiz Lozim qilib kiyaman, unutmang. Oybek, Tanlangan asarlar
Pochasiga jiyak tikilgan lozimi tovonigacha tushib turibdi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kerak

1. lozim I Ot
ayollarning ishtoni

2. lozim II Modal
bajarilishi shart bo‘lgan, kerak, zarur

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kerak – lozim – zarur – shart
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

2. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.