Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {keksa} - r ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kek-sar-moq
Izoh(lar)i:
keksa sf

1. sft. ft. Uzoq yashab katta yoshga yetgan, umrining oxirgi bosqichini yashayotgan; qari. Keksa odam. Keksa ayol. Keksa chinor. Quyosh endi tig‘ yoya boshlagan salqin sabohda Qorabuloq qishlog‘idan biri keksa, biri yosh — ikki otliq chiqib kelaverdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Ana, keksa qayrag‘och, uning tunuka tom ustiga engashgan azamat shoxi qurib qolibdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

2. ot ot Keksa yoshdagi shaxs; qariya. Keksalar choyxonasi. Keksalar o‘giti. Keksalar bo‘lsa, bunday issiq o‘ttiz yil burun bo‘lganini, o‘shanda ham shahar tovaday qizib, odamlar atrof chorbog‘larda jon saqlashganini eslashardi. Mirmuhsin, Umid
Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda biron-bir tepalikning ustiga chiqib, jimgina quloq solib yotsangiz, yerning nafasini eshitarmishsiz. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. ko‘chma hma Uzoq yillardan beri mavjud, ko‘p yillarni ko‘rgan; qadimiy, eski. Keksa bilim dargohlaridan biri. Har bir xalqning og‘zaki badiiy ijodiyoti u xalqning tarixi qadar keksadir. O‘TA
Ey, keksa buloqlar, eski qadrdon, O‘ynoqi umrimday jo‘shib oqdingiz. G‘ayratiy
Shunday yorqin, shunday oydin zamoni ham bo‘larmikin bu jafokash keksa dunyoning?! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

Antonim(lar)i: yosh , yosh-yalang
Sinonim(lar)i: pir [f-t], qari , chol
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.