Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kayf} - lan ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kayf-lan-moq
Izoh(lar)i:
kayf ot

1. 1. Ruhiy holat; kayfiyat. Kayfi yaxshi. Kayfi chog‘. Kayfini buzmoq. Kambag‘al uchun o‘z haqini talab qilish ham qiyin. Chunki xo‘jayinning xursand va xursand bo‘lmagan chog‘lari bo‘ladi. Oldin uning kayfini bilish kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
Darhaqiqat, mingboshi bugun tetik, kayfi joyida ko‘rinardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ruzvon xola o‘zining qayg‘uli gaplari bilan o‘g‘lining kayfini buzib qo‘yganini payqab achindi. A. Muxtor, Opa-singillar

2. 2. Kishining yaxshi, yoqimli, huzur-halovatli holati. Agar o‘z kayfingizdan kechsangiz, yaxshi bilingizki, bir emas, ikki jonni azobdan qutqargan bo‘lasiz, onajon! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bir bechoraning sizning kayfingiz uchun azob emas, chekkan xo‘rligini o‘ylab, har kuni bir qat etdan tushaman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Biror narsa ta’siridan yuz beradigan yoqimli, ko‘tarinki (rohatbaxsh) his-tuyg‘u, hissiyot. Kechalar kayfi, Oqshomlar fayzi. M. Shayxzoda.
Yangi yerni obod qilishda o‘zgacha kayf bor. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
She’r kayfi kun bo‘yi qildi betoqat. S. Zunnunova.
Uning mayin, qo‘ng‘iroqdek yangroq, shirali ovozi Hamzaga alohida kayf bag‘ishladi. K. Yashin, Hamza

4. 4. Ichkilik va boshqa mast qiluvchi (kayf beruvchi) narsaning ta’siri, ta’sir etish xususiyati. Aroqning kayfi. Nashaning kayfi. Afyunning kayfi qursin, domla, sizni odamgarchilikdan chiqarib qo‘yibdi. H. G‘ulom, Mash’al
Tantiboyvachcha kechagi bazm va ichkilik kayfini butun kun cho‘zilgan uyqu bilan tiniqtirib, qo‘rg‘on eshigidan bog‘ tashqarisiga chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Chinni kosa besh-olti bor qo‘ldan qo‘lga o‘tgandan keyin, har ikkovining ham boshi xiyli og‘irlashib, kayf g‘alaba qila boshladi. H. G‘ulom, Mash’al

5. 5. Ana shu narsalar, uning kayfi ta’sirida (ichish, chekish va shu kabilar natijasida) yuzaga keladigan ruhiy holat; mastlik. Besh-olti qadam narida kayf bilan aljirayotgan yigitlarning biri kelib, unga tegajaklik qildi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

6. s. t. t. Umuman, kayf beruvchi narsa (nos, sigareta va boshqalar). Qani, kayfdan oling (oddiy so‘zlashuvdan).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kayfiyat [a], rohat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.