1. 1. Kishida ichki kechinma, intilish va shu kabilar bilan bog‘liq, uning ta’sirida yuzaga keluvchi holat, ruhiy holat. Xushnud kayfiyat. Kayfiyati buzuq. Kayfiyati o‘zgarmoq. ▬ Inson kayfiyati, uning ish natijasi mehnat sharoitiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Gazetadan Uning lablaridagi tabassum, dilida mavj urayotgan shodlik, visol daqiqalaridagina bo‘ladigan kayfiyat mening qalbimda bosh ko‘taray deb turgan o‘ylarni uyg‘otishga yo‘l qo‘ymasdi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv Og‘aynilar tushkunlikka tushmadilar. Quvnoq va tetik kayfiyatda xayrlashdilar. Guldasta
2. 2. Muayyan bir ichki intilish, kechinma, ruhiy holat va shu kabilar ifodalovchi, aks ettiruvchi holat. Xotirjamlik kayfiyati. Bayram kayfiyati. Ishchanlik kayfiyati. ▬ Ishchilar bilan soldatlar o‘rtasida qandaydir birdamlik kayfiyati sezilardi. O. Rahimov, Shonli kunlar xotirasi Bu bardamlik Yigitalini bir lahzada hamma narsaga beparvo qarash kayfiyatidan xalos qildi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. 3. Yaxshi, yoqimli vaziyat, holat. Ularning kayfiyatiga kayfiyat qo‘sholgan bo‘lsak, o‘zimizni baxtiyor hisoblaymiz. Gazetadan
1. kayfiyati buzildi: kayfiyati yomonlashib, xafa bo‘ldi
1. Kayfiyat – kayf – avzo Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorligiga ko‘ra)