Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kam} - sit - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kam-sit-moq
Izoh(lar)i:
kam sf

1. 1. Talab, me’yor yoki odatdagiga nisbatan miqdori yetarli bo‘lmagan; oz. Kam yerli dehqon ( tar.
Chorshanba kuni dalaga qo‘sh chiqishi kerak. Lekin, haqiqatga qaraganda, ulovimiz kam. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Umuman, miqdori oz, ko‘p emas. Gapni kam so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. Maqol
Tibbiyot ilmida kam uchraydigan voqea. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
Kapsanchilarda chakka o‘tmagan uy kam qoldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Egalik shaklidagi ayrim so‘roq olmoshlari bilan qo‘llanib, qiyoslanuvchi shaxs yoki narsadan kamchiligi yo‘q ekanlik ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi. Boshqalardan nimasi kam?! Undan qayeri kam? [Kimsanoy] G‘ayratli, oriyatli juvon edi. Mana, Kanizak zveno bo‘lar emish, Kimsanoyning Kanizakdan nimasi kam? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
O‘sha lattadan kam joyim bormi?! O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. 4. Yetishmay turgan, kerak bo‘lib turgan. — Keling, keling, Shorajab, — dedi qalandarga qarab Safar, — bir siz kam edingiz. S. Ayniy, Qullar

5. ot vzf. zf. Yetishmovchilik, yetishmagan narsa. Kamini to‘g‘rilamoq. Sizning davlatingizda yeyish-ichishdan, aysh-ishratdan kamim yo‘q. Ertaklar

6. s. t. t. Sonlar bilan birga kelib, muayyan miqdorning to‘lishi uchun o‘sha miqdorga o‘zi qo‘shilib kelgan son bildirgan miqdor yetishmasligini bildiradi. Bir kam qirq. Bobom ikki kam to‘qsonga kirdi. Bir kam o‘ttiz bo‘lak bo‘lib, to‘p bo‘lib, hindiga teging. Go‘ro‘g‘li

7. 7. Ba’zi so‘zlarga birikib, qo‘shma so‘z yasash uchun xizmat qiladi: kamgap, kamdaromad, kamhosil va boshqalar

Sinonim(lar)i: oz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.