Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ortiq}
So‘z bo‘g‘inlari: or-tiq
Izoh(lar)i:
ortiq sf

1. 1. Belgili miqdordan, me’yordan ziyod; oshiq, ko‘p. Yig‘ilishga yuzdan ortiq kishi keldi. Ellikboshi Adolat kasalxonada bir oydan ortiq yotdi. S. Zunnunova, Gulxan
Ellikdan ortiq duradgor faqat belkurag-u ketmonga sop yasash bilan ovora. S. Ahmad, Ufq
Darrov hovlini o‘z bahosidan ancha ortiqqa olibdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Me’yoridan yoki keragidan oshiq, haddan tashqari. Ortiq darajada qayg‘urmoq. Haddan ortiq kulmoq. Har holda, Toshkent aholisi Azizbek istibdodidan ortiq to‘ydi, kimdan ko‘mak so‘rashni ham bilmaydi! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. chiqish kelishigi bilan lan faqat qiyoslashda Ziyod, yaxshi, afzal, a’lo. Uning sendan ortiq joyi yo‘q. Seni jonimdan ortiq sevaman. Aqldan ortiq boylik yo‘q. Maqol
O‘zingiz ham, kelin oyim tekkanida, G‘affordan ortiq emasdingiz-ku! S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar
Tegsa arziydigan yigit. Bundan ortig‘ini toparmidim, dedim, ko‘ngil qo‘ydim. Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir
— Zulm, xo‘rlanish, haqorat shunchalik bo‘lar, Qoratoy aka! Bundan ortig‘ini kallam sig‘dirmaydi, — g‘azabdan titrab gapirdi Yo‘lchi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Kuchli, zo‘r. [Xolisxon:] Haqiqat: ishq o‘ti ortiq ekan do‘zax o‘tidankim, Kuyib bag‘rim, kulim ko‘klarga sovrilganga yig‘layman. Hamza, Paranji sirlari

5. 5. Bo‘lib o‘tgandan, ko‘rilgandan, kechirilgandan tashqari, undan oshiq. Ortiq chora yo‘q edi. U, istar-istamas, Gulnordan voz kechdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bu to‘g‘rida [Yusufbek hoji haqida] ortiq bahs qilinmadi va so‘z boshqa xususlarga o‘tdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Badriy:] Men bunday haqoratga ortiq chidolmayman! 3. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi.

6. 6. Ortiqcha, behuda, o‘rinsiz. Yomonning bir qilig‘i ortiq. Maqol
Xudo o‘sha qora kunni ham ortiq ko‘rib, qahriga oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: kam [f-t]
Sinonim(lar)i: afzal [a][a], boshqa II

1. ortiq I Ot
badandagi ortiqcha joy

2. ortiq II Sifat
oshiq, ko‘p, a’lo

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. o‘lsa o‘ligi ortiq: kimning yoki nimaning Ikki narsani o‘zaro qiyoslashda qo‘llanadigan ibora: hatto o‘ligi afzal, ziyod.

1. Afzal – ortiq – ustun – yuqori – a’lo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.