1. 1. Yetarli darajada ko‘p; serob.
Mo‘l hosil.
▬
Daraxtlar pakana, mevasi mo‘l va yirik.
Oybek, Tanlangan asarlar
Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, mo‘l mahsulidan suyunadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
atrofdagi dalalar toza, ozuqa mo‘l.
S. Nurov, Karvon
2. ch. k. bilan) an) (Ortiq, ziyod, ko‘p.
Baxtimizga bir burchakda, eski oxurning yonidagi qoziqda bir qulochdan mo‘lroq arqon bog‘lanib yotar edi. G‘. G‘ulom, Shum bola.
▬
[Mirzakarimboy:] Bu yer chakalak edi. Utgan yil hammasini kesib oldik Yoni-veri bilan qo‘shilib, bir tanobdan mo‘l yer qo‘lga kirdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. kamqo‘ll ʻll . To‘kin, bekamu ko‘st, farovon.
Davlatimiz mo‘l bo‘lar, Omborlar donga to‘lar. Paxtamiz to‘lib oshar, Hosil daryodek toshar.
Q. Muhammadiy.
Mehmon uchun obro‘yim, Usiz o‘tmaydi to‘yim. Mo‘ldir ro‘zg‘orim —uyim, Suraylik davron, palov.
Mushtum