Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kalla}
So‘z bo‘g‘inlari: kal-la
Izoh(lar)i:
kalla ot

1. 1. Jonivorlarning boshi (odatda, chorva mollarining boshi haqida). Otning kallasi. Ho‘kizning kallasi. Filning kallasi.

2. 2. So‘yilgan chorvaning boshi (xom yoki pishirilgan). Kalla go‘shti. Kalla kuydirmoq,. Kalla sho‘rva. Hech bir to‘y-tomosha oqsoqolsiz o‘tmasdi. Birontasi echki so‘ygudek bo‘lsa, kallasini eng avval oqsoqol oldiga qo‘ymasdan iloji yo‘q. P. Tursun, O‘qituvchi

3. s. t. t. Odam gavdasining yuqori qismi, boshi. Har kallada bir xayol. U [amir] kulgan sari qiltiriqday bo‘yniga kallasi og‘irlik qilib, dam oldinga, dam orqasiga og‘ib ketar edi. S. Anorboyev, Oqsoy
Qiz kallasini chayqab, qo‘llarini yeng-sochbog‘ ichiga tiqib oldi. S. Siyoyev, Avaz

4. 4. Boshi katta kishi ismiga laqab sifatida qo‘shib ishlatiladi. Ahmad kalla. Karim kalla Hammasi ham G‘iyos kallaga o‘xshagan betavfiq bo‘laverarmidi? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. s. t. t. Ko‘chma Aql, miya. Kallasi bor odam ko‘p chekmaydi. Bolaning kallasi joyida. Kallangni ishlat! O‘zimning kallam bor, sening maslahatingsiz ham eplab ketaman. S. Siyoyev, Otliq ayol

6. s. t. t. Ko‘chma “Nodon”, ahmoq, kallavaram kabi ma’nolarda ishlatiladigan undalma.

7. Issiqxonalar va xonadonlarda o‘stiriladigan, gullaydigan ko‘p yillik manzarali o‘simlik.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bosh , aql [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. kallasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

1. Aql – fahm – tamiz – es – miya – bosh – kalla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiy-salbiylik belgisiga ko‘ra )

2. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.