Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {janjal}
So‘z bo‘g‘inlari: jan-jal
Izoh(lar)i:
janjal [jan-jal ]

1. Bir-biri bilan aytishish, san-manga borish; mojaro, o‘zaro urishish. Ahmad o‘zini bosdi. O‘z faoliyatini janjaldan boshlashni istamasdi u.F. Musajonov, Himmat. F. Musajonov, Himmat

2. Bir-biri bilan haq talashish, da’volashish; da’vo. Janjal komissiyasi (esk.) Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

2. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.