1. Shovqin-suron ko‘tarib qilingan janjal, to‘polon. Naq g‘alvalar bo‘lardiki, qo‘ni-qo‘shni o‘rtaga tushardi. S. Ahmad, Yulduz
2. Tashvish keltiruvchi narsa, holat; tashvish. G‘alvasi ko‘p bo‘ladi — hali unisi kasal, hali bunisi hushidan ketgan, o‘lsa, o‘ligini saranjomla! U. Ismoilov, Saylanma
1. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha Bo‘yog‘iga ko‘ra (tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)