Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘polon}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘-po-lon
Izoh(lar)i:
to‘polon [to‘-po-lon ]

1. Behalovat, tartibsiz o‘yin, sho‘xlik. Bola-da. Bola bo‘lgandan keyin, to‘poloni, sho‘xligi bilan bo‘ladi-da! Shuhrat, Shinelli yillar

2. Umuman, betartib g‘ovur-g‘uvur harakat; yugur-yugur, qiy-chuv, ur-yiqit. [Jo‘ra:] Og‘ayni, bu yana nima to‘polon? I. Sultonov, Burgutning parvozi

3. Urish-janjal, mashmasha, mojaro. Arzimagan gap ustida dunyo buzgan kundosh to‘polonlari kimning qulog‘iga yoqsin? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: janjal
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.