Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ixtiyor}
So‘z bo‘g‘inlari: ix-ti-yor
Izoh(lar)i:
ixtiyor ot

1. 1. Xohish-istak erki; erk, xohish. Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. Maqol
Sendan hech sirimni yashirmayman. Dastlab kirgan zavodimdan o‘z ixtiyor im bilan ketganim yo‘q. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

2. 2. Foydalanish, tasarruf yoki idora qilish huquqi; izm. Bu yerlar kolxoz ixtiyorida. Direktor ixtiyoridagi mukofot fondi. Zavod ixtiyorida bo‘lgan mashinalar. Ko‘p umr ko‘rishingiz — taqdir qo‘lida, beqarz yashashingiz — qalbingiz ixtiyorida. Tafakkur
Bizlarni meditsina akademiyasida bir yarim oy o‘qitib, Moskva shahar sanitariya boshqarmasi ixtiyoriga yuborishdi. Saodat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: izm [a], mayl [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ixtiyor etmoq: xohlamoq

2. ixtiyor qilmoq: xohlamoq

1. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.