Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {is} - ka - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: is-ka-moq
Izoh(lar)i:
is ot

1. 1. 1 Narsaning sezgi a’zosi (burun)ga ta’sir etish xususiyati va shu ta’sir natijasida yuzaga keluvchi sezgi; hid. Isi bor. Isi yo‘q. Qimirlatishdan rayhonlarning o‘tkir isi o‘qtin-o‘qtin dimog‘ga kelib urinar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bog‘ma-bog‘ oshib esayotgan shamol dimog‘ga allaqanday xushbo‘y islarni olib keladi. S. Ahmad, Hukm
Tongda tandir qizdirildi. Non isi tarqadi. T. Malik, Ajab dunyo

2. ko‘chma hma Darak beruvchi belgi, ishora. Nizomulmulk muhim bir narsaning isini payqaganday, atrofga alanglab, indamasdan uning orqasidan yurdi. Oybek, Navoiy
Chog‘imda, tuhmatning isi keladiyov bu ishdan. S. Ahmad, Hukm
Oyoq ostidagi nam tuproqdan inson uchun juda yaqin qon-qarindoshlik isi dimog‘ga urilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
— Juda soz, biroq, siyosiy, tarbiyaviy ishning isi ham yo‘q, — dedi Sayramov. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

3. 1. 1 U qadar quyuq bo‘lmagan, ko‘rinar-ko‘rinmas tarzdagi tutun; dud. Samovar karnayidan ko‘tarilayotgan is.

4. 2. Yonishdan hosil bo‘lgan zararli (zaharli) gaz, ko‘mir oksidi; is gazi. Katta osma lampa tutabroq yonganidan, do‘konxonadan is va qurum hidi bilan to‘lgan havo darrov dimog‘ga urar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ovqatdan is hidi kelardi. Shuhrat, Shinelli yillar

5. 3. Tugun va changdan ship va devorlarda, narsalar yuzasida hosil bo‘ladigan nozik ipsimon, ipir-ipir narsalar. Xizmatkorxonaning devorlari, shiplari o‘rgimchak inlari, ipir-ipir qora islar bilan qoplangan. Oybek, Tanlangan asarlar
U [Umid] taxmondagi, shiftlardagi islarni supurgi bilan olib, polni ikki qayta yuvdi. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hid , hidlamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.