Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hid} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: hid-la-moq
Izoh(lar)i:
hid ot

1. 1. Har bir narsa va moddaning kishilarning is bilish sezgilariga ta’sir etadigan xossasi; bo‘y, is. Hidi bor narsa. Yoqimli hid. Yoqimsiz hid. Kabob hidi. Handalak hidi. Zira hidi. Piyozdog‘ hidi. Har gulning hidi boshqa. Maqol
Ota, manavi behilarni qarang, hidi olamni tutadi, biram pishibdiki! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Uyda tutun yo‘qolgan bo‘lsa-da, achchiq hid darrov uning burniga urildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Tutab kuyayotgan ot eti va terisining qo‘lansa hididan uning ko‘ngli behuzur bo‘lib, boshi aylandi. H. G‘ulom, Mash’al

2. ko‘chma hma Biror narsa, hodisa yoki holatning belgisi, sharpasi. Shoyad shu bilan Oynagulning ham hidi biron joydan chiqib qolsa. A. Hakimov, Ilon izidan
Buning har bir varag‘idan shaxsiy g‘araz hidi keladi. A. Qahhor, Sarob
Janjalning hidini sezgan Sarvi xola g‘udranib, stol ustiga dasturxon yoza boshladi. Mushtum
yuzida nur yog‘ilib turibdi, so‘zlarida mehr-shafqatning hidi bor. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bo‘y [f-t], is , iskamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: xit Tajang, asabiy; bo‘g‘ilgan.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.