1. achchig‘i burnining uchida: bekorga, sal narsaga jahli qistayveradigan odam haqida
2. beti chidamadi: andisha qildi, nomus qildi
3. beti chidaydi: nomus qilmaydi, uyalmaydi, andisha qilmaydi
4. boshi achidi: fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi
5. boshida danak chaqdi: ortiq darajada azobladi
6. boshidan kechirdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi
7. boshidan oshib yotibdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p
8. dami ichida: oshkor bo‘lishidan qo‘rqib gapirmaydi, imkonsizlikdan biror narsa deya olmaydi
9. dami ichida qoldi: bir so‘z ham ayta olmay qoldi
10. hushi boshidan uchdi: esankiradi
11. hushidan ketdi: behush bo‘ldi
12. ichi achidi: achinib kuyindi
13. ko‘zi pishidi: anchagina o‘rganib, tajribasi ortdi
14. og‘zidan sut hidi keladi: hali yosh, tajribasiz
15. tili qichidi: gapirgisi keldi
16. tishida tishlab: Nihoyatda ehtiyotlab
17. tushida ham ko‘rmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi
18. uxlab, tushida ko‘rmaslik: mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik
19. xamir uchidan patir: katta, ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism
20. yeng ichida: ko‘pchilikka oshkor qilmay, zimdan
21. yuzi chidamaslik: andisha qildi, nomus qildi
22. yuzi chidaydi: nomus qilmaydi, uyalmaydi, andisha qilmaydi