Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {in}
So‘z bo‘g‘inlari: in
Izoh(lar)i:
in fl

1. 1. O‘tirmoq, qo‘nmoq. Oyparcha, hazratning so‘zlari ta’siridan ko‘zlariga yosh ingancha, merganga qaradi. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
Barglarga shudring ingan, Havo qimizday tingan. S. Akbariy

2. shv. hv. Yuqoridan pastga tushmoq. Poda qirdan indi. O‘ynar bo‘ron, chir aylanib qor, tinmay inar ko‘kdan yer sari. Uyg‘un

3. ko‘chma hma Kirmoq, paydo bo‘lmoq. Suhrob tog‘asining ushbu so‘zlarini eslarkan, titroq vujudiga quvvat inganday bo‘ldi. Gazetadan
Tuni bilan cho‘mdim xayolga, ko‘zlarimga inmadi uyqu. N. Narzullayev

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: oshyon [f-t], uya

1. in I Ot
uya, qush, jonivorlar yashash joyi

2. in II Fe’l
esk. pastga tushmoq, qo‘nmoq

Paronimi: mavjud emas.

Agglutinativ tillar o‘zak va qo‘shimchaning erkin aloqasiga asoslangan tillar. Mas., turkiy, fin-ugor, mo‘g‘ul, dravid, bantu, yapon va boshqa tillar (qiyos. Flektiv tillar). Agglutinativ tillarda so‘z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo‘shimcha bir ma’noni anglatgan holda birin-ketin yopishib kelaveradi: maktabimizgaso‘zida [-imiz]egalik, [-ga]– jo‘nalish; tatar tilida avel – ovul (bosh kelishik), avelda– o‘rin-payt; venger tilida haz – uy, hazba – uyda, hazak – uylar, hazakba – uylarda. Bu tizimdagi tillarda o‘zak va qo‘shimchalar erkin birikib, mexanik ravishda qo‘shilaveradi, lekin o‘zak bilan qo‘shimcha birikib, singib ketmaydi, balki ajralib turadi. Agglutinativ tillartizimidagi turkiy tillar uchun old qo‘shimcha emas (tojik tilidan o‘zlashib qolgan ayrim ba-, be-, no- prefikslardan tashqari), so‘ng (ort) qo‘shimchalar xosdir; qo‘shimchalar o‘zakdan keyin ketma-ket qo‘shilaveradi: ko‘z-lar-im-ning kabi (q. Tillarning morfologik tasnifi).

Bo‘g‘in – so‘zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovush birikmasidan iborat qismi. Mas., otamizso‘zida uch bo‘g‘inbor: o-ta-miz. Birinchi bo‘g‘in tovushdan, qolgan ikkitasi tovush birikmasidan iborat. O‘zbek tilida bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi. So‘zda qancha unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘inbo‘ladi. Bo‘g‘in sonini aniqlash uchun unlini sanab chiqish kifoya. Bo‘g‘in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi:

I. Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo‘g‘in; b) yopiq bo‘g‘in farqlanadi. Unli bilan tugagan yoki faqat unlidan iborat bo‘g‘in– ochiq bo‘g‘in: ona, ota, opa. Undosh bilan tugagan bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in deyiladi: mak-tab, rahbar, shaxmat.

II. Ikki tomonidan undosh bilan o‘ralganiga ko‘ra: a) berkitilgan bo‘g‘in; b) berkitilmagan bo‘g‘in. Unlining ikki tomoni undosh bilan o‘ralgan bo‘lsa, berkitilgan bo‘g‘in: daf-tar, San-jar; bir tomonida yoki ikki tomonida ham undosh bo‘lmasa, berkitilmagan bo‘g‘in: so-at, in-sho, o-i-la.

Bir bo‘g‘in bittadan to‘rttagacha, o‘zlashma so‘zda beshtagacha tovushdan iborat bo‘ladi: ona, bosh, tekst.O‘zbek tilida bo‘g‘in ning quyidagi tipi mavjud:1.Bir unlidan iborat: u(olmosh),e, o(undov so‘z).2. Bir unli va bir undosh: un, uch.3. Bir unli va ikki undosh: bur, daftar.4.Bir unli va uch undosh: do‘st, mard.5.Bir unli va to‘rt undosh: tekst, punkt.Sof o‘zbekcha so‘zo‘zagida uchtagacha bo‘g‘in bo‘lishi mumkin. Boshqa bo‘g‘in tipi o‘zlashma so‘zga xos.

O‘zbek tilida bo‘g‘in ajratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Undan savod o‘rgatishda, she’riy vazn o‘lchovini belgilashda hamda yozuvda bir satrdan ikkinchi satrga ko‘chirishda foydalaniladi.

Tilshunoslikdagi bo‘g‘in adabiyotshunoslikdagi hijo tushunchasiga har doim ham to‘g‘ri kelmaydi. Hijo ham arabcha bo‘g‘in demakdir. She’rdagi so‘zning bir nafas zarbi bilan talaffuz etiladigan qismi, ya’ni she’r o‘lchovidagi dastlabgi ritmik birlik hijo. Hijo ba’zan bo‘g‘indan farqli o‘laroq undosh tovushning o‘zidan ham tuzilishi mumkin.

Vasl bog‘i ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,

Ishq ko‘yida o‘zimdek notavone topmadim. (Navoiy)

baytidagi vasl, ishq so‘zidagi l va qundoshi mustaqil hijoni tashkil etadi.

Finikiya yozuvieramizdan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalaridaFinikiyada paydo bo‘lgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qadimgi yahudiylar va moavliklar tomonidan eramizning IV asrigacha qo‘llangan undosh harfli yozuv.

Finikiya yozuvio‘ngdan chapga qarab yozilgan. Bu yozuvning paydo bo‘lishi insoniyat tarixida yozuvni takomillashtirishda olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan, chunki birinchi marta sof tovushni ifodalovchi mukammal yozuvining yuzaga kelishi savodli kishilar sonini behad ko‘paytirib yuborgan. Finikiya yozuvidan X–IX asrlarda oromiy, undan esa yahudiy, nabotiy, arab, gruzin, arman, so‘gd, uyg‘ur, XI–VIII asrlarda yunon, lotin, kirill alifbosi, brahma yozuvi kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi harf-tovush tizimli alifbolarning aksariyati finikiya yozuvi asosida. Eng qadimgi yodgorliklari eramizdan avvalgi XII–X asrlarga, ko‘pchiligi eramizdan avvalgi V asrdan eramizning II–III asriga mansub. Oromiy yozuvi finikiya yozuvini siqib chiqargan.

 

Finugor til oilasiga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurd, mariy, mordva va boshqa), ugor guruhi (venger, mansi, xatniy tili) kiradi.

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

Bu oilaga slavyan guruhi (belorus, rus, ukrain, slovak, chex, polyak, makedon, serb, xorvat, sloven tili), german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, dat, island, golland tili), roman guruhi (fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavan tili) boltiq guruhi (litva, latish, latgal tili), eron guruhi (fors, afg‘on, osetin, kurd, tojik tili), hind guruhi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat tili) kiradi.

 

Ikkinchi darajali bo‘lak – gapning bosh bo‘lagiga tobe, uni to‘ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gap bo‘laklari. Ikkinchi darajali bo‘lak 3 ta: h o l, to‘ldiruvchi, aniqlovchi.

  1. Ko‘pincha fe’l-kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak hol deyiladi: Minbarga notiqlar birin-ketin chiqa boshladilar. Hol ba’zan fe’ldan boshqa turkumga ham bog‘lanadi: Ko‘chada odam ko‘p.Holning ma’no turi: 1) vaziyat (ravish, tarz) holi qanday, qay holda, qay tarzda kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va har doim fe’lga bog‘lanadi. Vaziyat holi ravish, ravishdosh, ot, sifat, olmosh, taqlid, ibora bilan ifodalanadi: 1. U diqqat bilan tingladi. 2.Ukam chiroyli yozadi. U shoshmasdan jo‘nadi. 3.Rais bilan ikkisi do‘stlarcha xayrlashdi. 4.U qorovul bo‘lib ishlaydi. 5.Daraxt barglari duv to‘kildi. 6.Buni qanday bajarasiz? 7.Boshini eggan holda kelardi.Ravishdosh bilan ifodalangan vaziyat holi o‘ziga tobe bo‘lgan bo‘lak bilan so‘z birikmasini hosil qilishi mumkin: Eshikni sekin ochib, ichkariga qaradi. Bu yoyiq vaziyat holideyiladi. 2) o‘rin holi qayerga, qayerda, qayoqqa, qayerdan kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va ko‘pincha o‘rin ravishi, ot, olmosh bilan ifodalanadi: 1. Bolalar ko‘chaga chiqib ketishdi. 2.U orqadan qochdi. 3.Bunda bulbul kitob o‘qiydi.3) payt holi qachon, qachongacha, qachondan beri, qay vaqt kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va ko‘pincha ot, payt ravishi, olmosh, payt ravishdoshi, sifatdosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: 1.Imtihonlar yozda bo‘ladi. 2.Bugun maktabim yonidan o‘tdim. 3.Shunda men bir sapchib tushganman. 4.Nafasimni rostlagach, tikilibroq qaradim. 5.Buni o‘qiyotganimda sezib qoldim. 6.Qaytishda siznikiga kirib o‘tamiz. 7.Qo‘lim bo‘shida o‘qiyman. 8.Yig‘ilish uchda bo‘ladi. 4) miqdor holi qancha, qanchalab, nechalab, necha marta kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va ko‘pincha miqdor-daraja ravishi, son, sifat va miqdor-daraja ma’nosini bildirgan so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: 1.Men juda ko‘p qayg‘urdim. 2.O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal. 3.Bir onda o‘z kuchining o‘lchovsiz darajada o‘sganini sezdi. 4.Siz qancha terdingiz? 5.Bular qop-qop terib qo‘yishdi. 6.Men o‘ylagan darajada qilisharmikan?5)       sabab holi nima sababdan, nima sababli, nima uchun, nimaga, nega kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi: a) sabab ravishi: Otasi noiloj ko‘ndi;b)         -lik, -siz+lik, -gan+lik qo‘shimchali chiqish kelishigidagi ot, sifatdoshdan keyin -dan qo‘shimchasini keltirish bilan: Salima opa quvonganidan hech gapira olmas edi;d) -gani, -ganligi qo‘shimchali so‘zdan keyin tufayli, uchun so‘zidan birini keltirish bilan: U o‘qimagani uchun bilmadi.6) maqsad holi nima maqsadda, nima uchun, nima qilgani, nima qilgali, nega so‘rog‘iga javob bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: a) maqsad ravishi: Men atayin gapirmadim;b) jo‘nalish kelishigidagi harakat nomi yoki harakat nomidan keyin uchunko‘makchisini keltirish bilan: U o‘qish uchun keldi;d) maqsad ravishdoshi: U o‘qigani keldi;e)       fe’ldan so‘ng uchun, deb so‘zini keltirish bilan: O‘qiyman deb keldi;f) harakat nomidan keyin maqsadida, maqsadda, maqsadi bilan so‘zini keltirish yordamida: Gulnor opa bafurja gaplashish maqsadida keldi; 7) shart holi nima qilsa (m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan boshqa ish-harakatni bildiradi: Eksang, o‘rasan; 8) to‘siqsizlik holi nima qilsa ( -m, -ng, -k , -ngiz) ham/-da? so‘rog‘iga javob bo‘lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fe’li+ham (-da), ravishdosh/sifatdosh+bilanko‘makchisi, qaramay, qaramasdan so‘zi qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham, qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi. Ayrim darslikda qurol-vosita holi ajratiladi.Bu hol nima bilan, qanday usul bilan degan so‘roqqa javob bo‘ladi: Xat qalamda (qalam bilan) yozilgan edi.

To‘ldiruvchi.Kelishik va ko‘makchi bilan shakllangan, kim? yoki nima? so‘rog‘iga (kim/nima+ni/ga/da/dan/uchun/orqali/sababliva hokazo) javob bo‘luvchi va gapda fe’l bilan ifodalanuvchi bo‘lakka boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadigan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi: 1.Men bu gapni ukamdan eshitdim. 2. Seni eslayman.Demak, to‘ldiruvchi: 1) predmetni (kimni, nimani, kimga, nimaga va hokazo. so‘roqni oladi) ifodalaydi; 2) kelishik va ko‘makchi bilan shakllanadi; 3) fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka (ko‘pincha kesimga) bog‘lanadi; 4) bosh so‘zga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: To‘ldiruvchining ikki turi bor: a)      vositali to‘ldiruvchi; b) vositasiz to‘ldiruvchi. Vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka tobelanib, belgili yoki belgisiz tushum kelishigi qo‘shimchasi bilan shakllanadi: 1.Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan aytdilar.2. Bo‘linganni bo‘ri yer. 3. O‘ziga birovning oz-moz til tegizishini ko‘tarmasdi. 4. O‘quvchilar hozir kitob o‘qishyapti. Vositali to‘ldiruvchi o‘timli yoki o‘timsiz fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka tobelanib, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shakli yoki ko‘makchi bilan shakllanadi: 1. Ravshan sen bilan boradi 2. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. 3. Og‘zi bo‘shga ishonib bo‘lmaydi. 4. Paxta mashina bilan terildi.Jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigidagi so‘z doimo to‘ldiruvchi bo‘lib kelavermaydi, ular hol vazifasini ham bajaradi, bunda ham ular savolga qarab farqlanadi: U yolg‘ondan hayron bo‘ldi (qanday? – hol). U akasidan eshitdi (kimdan? – to‘ldiruvchi). U maktabga bordi (qayerga ? – hol). Menga gapirdi (kimga? – to‘ldiruvchi). Umuman olganda, to‘ldiruvchi va hol shaklan ko‘pincha o‘xshaydi. Lekin asosiy farqi shundaki, to‘ldiruvchi predmetni ifodalab, uning so‘rog‘iga javob bo‘ladi, hol esa bunday xususiyatga ega emas.

  1. Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi gapda har doim otga yoki otlashgan har qanday bo‘lakka bog‘lanadi: 1. Mayda qor yog‘yapti. 2. Qovunning og‘iri, tarvuzning yengili shirin bo‘ladi. 3. Oppoq mashina keng ko‘chada navbatdagi chorrahani kesib o‘tmoqda edi. 4. Toshkent juda chiroyli shahar. Aniqlovchi uch xil: 1)sifatlovchi-aniqlovchi;2) qaratuvchi aniqlovchi; 3) izlohlovchi. Sifatlovchi-aniqlovchi predmetning belgisini, miqdorini, tartibini bildiradi va qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechanchi? necha? qayerdagi? kabi so‘roqqa javob bo‘ladi. Sifatlovchi-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo‘lak sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi: Notanish kishi unga qaradi.Sifatlovchi-aniqlovchining ifodalanishi: 1) sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravish, taqlid: 1. Biz serjun va sergo‘sht qo‘ylarni ko‘paytiryapmiz. 2. O‘ninchi yillarning sargardonligi. 3. Taqir-tuqur ovozdan uyg‘onib ketdim. 4. O‘qigan kishi o‘zar. 5. Ko‘p odamning duosi ko‘l.2) ot: Asfalt yo‘ldan mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turibdi. Bunday aniqlovchilar ba’zan majoziy (ko‘chma) ma’noni ifodalashi mumkin: Kumush choyshab yopib dalalar...3)ibora: Unda og‘zining tanobi qochadigan odat bor. U qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bola.4)so‘z birikmasi bilan: 1.U birinchi kungi ishni yakunladi. 2.Ukamning uyidagi mollarni ham olib ketishibdi.2.Menga tegishli bo‘lakni qoldiring. 3.Ertaga bo‘ladigan majlis qoldirildi.Ba’zan sifatlovchi-aniqlovchi kengaygan ravishdoshli, sifatdoshli, harakat nomili birikma bilan ifodalanib, yoyiq holda kelishi mumkin:Misdek qizarib turgan yuzini ikki kafti orasiga olib, peshonasiga yuzini bosdi.Qaratqich-aniqlovchi. Qaratqich-aniqlovchi biror narsa tegishli, qarashli bo‘lgan shaxs yoki predmetni bildiradi va belgili hamda belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z bilan ifodalanadi. Qaratqich-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo‘lak qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda, albatta, moslashgan bo‘ladi: Odamning qo‘li gul.Qaratqich-aniqlovchining ifodalanishi:1)         ot, olmosh: Gulnor yigitning so‘zlarini diqqat bilan tingladi.2)  otlashgan so‘z: O‘nning yarmi besh.3)ibora: Og‘zi bo‘shning ichida gap yotmas.

Izohlovchi. Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko‘rinishi, bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish bo‘ladi: General Sobir Rahimov.Izohlovchi va izohlanmish umumiy va aniq ma’noni bildiruvchi turdosh otdan iborat bo‘lsa, aniq ma’noni bildiruvchi ot izohlovchi, umumiy ma’noni bildiruvchi ot izohlanmish bo‘ladi. Yozuvda ular orasiga chiziqcha qo‘yiladi: mexanik-haydovchi. Izohlovchi unvon, kasb, laqab, qarindoshlik, jins, o‘xshatish, taxallus kabini ifodalash uchun xizmat qiladi. O‘xshatishni bildirgan izohlovchi bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qo‘yiladi: ona –Vatan.Gazeta, jurnal, korxona, muassasa va hokazoning nomini bildirgan atoqli ot ham izohlovchining bir turi hisoblanadi: "Yoshlik" jurnali, "Turkiston" gazetasi. Bunday izohlovchi shaxs nomi bilan ifodlansa, qo‘shtirnoqga olinmay, nomli, nomidagi so‘zi bilan birga qo‘llaniladi: Oybek nomli maktab. So‘zning o‘rni almashtirilsa, izohlovchi bilan izohlanmish maqomi ham almashadi: Ayol (izohlovchi) hamshira (izohlanmish), hamshira (izohlovchi) ayol (izohlanmish).

Ingliz tili Hind-yevropa tillari oilasining g‘arbiy german tillari guruniga mansub. Ingliz tiliBMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi ko‘pgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda 400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili b-n birga), Irlandiya (Irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va boshq.) da rasmiy davlat tili sifatida qo‘llaniladi.

Ingliz tilieramizdan avvalgi V–VI asrlarda qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Qadimgi ingliz tili(VII–XI asrlar) anglosaks deb atalgan va 4 shevaga ega bo‘lgan: nortumriy, mersiy , uessk va kent. IX–XI asrlarda uessk shevasi asosida adabiy ingliz tilishakllangan. XVI–XVII asrlarda yangi ingliz tilivujudga keldi.

Hozirgi ingliz tilio‘z hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shimoliy; janubiy; markaziy shevalar guruhi, AQSHda sharqiy, o‘rta Atlantika (markaziy), jan, sharqiy, o‘rta, g‘arbiy shevalar guruhi mavjud. Boshqa german tillaridan analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalash yordamchi so‘zlar (artikl, yordamchi fe’llar, predloglar) va so‘z tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tiliboshqa tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va boshq.) dan 70 % ga yaqin so‘z olgan. Ingliztilining amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan shu bilan izohlash mumkinki, Shimoliy Amerikaga dastlab ko‘chib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilar esa Shimoliy Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari aniq farqlangan shevalar yo‘q. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari o‘rtasidagi farq leksikada va ma’lum darajada fonetikada namoyon bo‘ladi. Grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va Hindiston variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tiliyozuvi lotin alifbosida.

      Ismlarning munosabat shakllariism asoslariga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlar bilan aloqa-munosabatga kiritish va gap bo‘laklarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan shakllar. Unga quyidagilar kiritiladi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni kesimga xoslovchi shakllar.

Egalik shakllari ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi, xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradi: -(i)m, -(i)ng, -(s)i; -(i)miz, -(i)ngiz, -(lar)i.

Kelishik shakllari ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydi va doimo tobe so‘z tarkibida bo‘ladi: -ning, -ni, -ga(-ka, -qa), -da, -dan.

Kesim ega bilan shaxs va sonda mos bo‘ladi. Kesim ot kesim bo‘lganda uni egaga xoslovchi, ega bilan munosabatini ko‘rsatuvchi shakllarga ismlarni kesimga xoslovchi shakllari deyiladi. Bu shakllarga quyidagilar kiritiladi:

1)    -man, -san, -miz, -siz shaxs-son shakllari – Men shoirman. Sen chiroylisan. Biz to‘rttamiz. Siz endi talabasiz;

2)    -dir kesimlik shakli – Yer xazinadir;

3)    bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq bog‘lamalari – Mehnatning noni shirin bo‘ladi;

4)    edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari – U shoir edi. Men undan ancha kichik edim. Ular to‘rtta ekan. Bu yaxshi emas.

5)    kerak, zarur, shart, lozim, darkor, mumkin nisbiy so‘zlari – U buni unutmasligi kerak. Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.

Kinoya so‘zni teskari ma’nodaishlatish. Kinoyadagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi:

Bizni «homiy»lardan himoya qilg‘il,

Degan sharq xalqida piching – duo bor.

Xo‘sh, janobi oliy, qaysi sho‘rlik xalq

Sizning «himoyangizga» qolmish intizor (G‘.G‘ul.).

Bu o‘rinda homiy so‘zi zolim, himoya so‘zi zulm so‘zi ma’nosida ishlatilgan.

1926yil 10iyunda O‘zbekiston Sovetlar Ijroiya Komiteti lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Qarorga asosan «Yangi o‘zbek alifbosini joriy qilish qo‘mitasi» tuzilib, unga Y.Oxunboboyev rais, A.Ikromov, F.Xo‘jayev, Elbek, Majidiy, Fitrat va boshqalar a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil mart oyidagi III sessiyasi lotin alifbosini joriy qilishni ko‘rib chiqib, uni davlat alifbosi deb qaror qabul qildi. Sobiq Sho‘ro Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi bu Qarorni 1929 yil 7 avgust kuni maxsus qarori bilan ma’qulladi. 1929yil may oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyida 9 unli shakli olingan bo‘lsa-da, 1934yil mart oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyi 6 unlining harf shaklini belgiladi. 1993 yil 2 sentabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1995 yil 6–7- mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o‘zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash» haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidenti imzo chekdi. 1996–1997 o‘quv yilidan maktabning 1sinfi yangi alifboni o‘rgana boshladi. Yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish 2005 yil 1sentabrda tugallanishi ko‘rsatilgan. Keyinchalik bu 2010- yilgacha uzaytirildi. O‘zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o‘zbek tilining nozik xususiyatini to‘laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

 

NizomiddinMahmudov 1951- yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, filologiya fanlari doktori, professor. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika sohalari bo‘yicha qator jiddiy tadqiqotlar yaratgan, ona tili bo‘yicha darsliklar e’lon qilgan yirik va sermahsul olim.

«O‘zbek tilidagi sodda gaplarda semantik va sintaktik asimmetriya» (1984), «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at – ma’lumotnoma» (1990), «Til va ma’naviyat» (hamkor, 1992), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (hamkor, 1992), «Turkcha - o‘zbekcha, o‘zbekcha – turkcha lug‘at» (hamkor, 1993), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (hamkor, 1995), «Til» (1998), «O‘zimiz va so‘zimiz» (1997), «Ma’rifat manzillarida» (2000), «O‘zbek tilida ish yuritish» (hamkor, 2003), «Ona tili» (hamkor, 2004) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.

Mazkur tillar oilasiana’anaga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: indonez, polinez, melonez va mikronez tillari. Mazkur tillar o‘zagini malay, polinez tillari tashkil qiladi. Malay-polinez tillari oilasi avstronez tillari ham deb yuritiladi. Hozirgi tasniflarda Tayvan avstronez tillari qolgan avstronez tillariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ulardan Okeaniya (sharqiy avstronez) shoxobchasi ajralib turadi.

Murakkab sintaktik butunliksodda gaplarning bir-biriga grammatik jihatdan bog‘lanmasdan, nisbatan mustaqil, lekin bir mavzu atrofida birlashishidan hosil bo‘lgan sintaktik birlik: Men ko‘chada do‘stimni uchratib qoldim. Biz u bilan birga dars tayyorlashga kelishib oldik. Do‘stim ham matematika va ona tilidan sal qiynaladi. Birabzas (xat boshi) tarkibidagi mustaqil gaplar murakkab sintaktik butunlikni tashkil etadi.

“O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati»Bir-biriga qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so‘zlarni jamlaydigan filologik lug‘at turi. Bu lug‘at o‘zbek tilshunosligida 1980- yil Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovlar tomonidan yaratilgan.

Lug‘at ikki qismdan: kirish va lug‘at bo‘limlaridan iborat. Kirish qismida antonim va lug‘at tuzilishi haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Ikkinchi qismda esa qat’iy alifbo tartibida lug‘at keltirilgan. Lug‘atda ikki xil maqola – izoh maqolalar va havola maqolalar mavjud. Izoh maqolasi ancha murakkab tuzilishli, unda avval antonimik juftlik keltiriladi. Izoh maqolasini boshlab beruvchi bunday juftlikda antonimlar alifbo tartibida joylangan: yomon – yaxshi, sekin-tez kabi.

Lug‘atdan hozir ham keng foydalanilmoqda.

«O‘zbek tili frazeologizmlarining izohli lug‘ati» – turg‘un birikmalar bo‘lgan frazeologizm (ibora)larni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasi.

Lug‘at ikki qismdan iborat, birinchi qismda iboralar tavsiflansa, ikkinchi qismda iboralar tarkibida qatnashuvchi har bir so‘z alifbo tartibida berilib, bu so‘z qatnashuvchi turli iboralar keltiriladi. Lug‘atdan namuna:

Qulog‘i(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq.

Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalinadi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi. (294- bet)

Iboralarni o‘z ichiga oluvchi bu fililogik lug‘at B.Mengliyev, M.Xudoyberdiyeva va O.Boymatovalar tomonidan tuzilgan, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan, 2006-yil “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.

Lugat maqolalari alfavit tartibida tuzilgan, unda mingga yaqin iboraga qisqacha nutqiy izoh berilgan.

Iboralar birdan ortiq variantga ega bo‘lsa, ular ketma-ket vergul bilan ajratilgan holda berilib, so‘ngra izohlangan:

Avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi – barcha kirdikorlarini ochib tashladi.

Avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi – 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi.

Fe’llar o‘quvchilarga qulaylik maqsadida asosan yaqin o‘tgan zamon shaklida berilgan.

«O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi shakldosh so‘zlarni jamlagan filologik lug‘at, 1984-yil Sh.Rahmatullayev tomonidan yaratilgan. Lug‘atda 497 omoifoda ostiga birlashuvchi 1160 dan ortiq leksema tasvirlangan. Dastlab omonimlarga tarixiy-etimologik izoh berilib, keyin ma’nosi ta’riflangan, shu omonimdan yasalgan leksemalar sanalgan, so‘ngra bu omonim qatnashadigan birikma, gap berilib, oxirida matnli misol keltirilgan.

Lug‘atga omofonlar va omograflar ilova qilingan. Lug‘at filologiya fakulteti talabalariga, til va adabiyot o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.

«O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» – o‘zbek tilidagi ma’nodosh so‘zlarni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Bu lug‘atning yorqin namunasi sifatida A.Hojiyevning 1974- yilda nashr etilgan lug‘atini ko‘rsatish mumkin.

Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan sinonimik qatorlarni o‘z ichiga olgan. Unga leksik va grammatik sinonimlar kiritilgan. Lug‘at so‘zlari sinonimik qatordagi bosh so‘zga ko‘ra tartiblangan.

Rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan adabiy tilda so‘zni bir xilda yagona tarzda yozishni yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» 1995 yil 24 avgustda qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat.

O‘zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan. Birinchisi 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o‘zbek tilining imlo qoidasi, 72 paragrafdan iborat bo‘lgan.

Imlo to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish murakkab jarayon, bir nechta tamoyilga tayaniladi. Bu orfografiya tamoyil (prinsip)i deyiladi.

Orfografiyaning 5 tamoyili mavjud: 1) fonetik yozuv; 2) morfologik yozuv; 3) shakliy yozuv; 4) tarixiyan’anaviy yozuv; 5) farqlash yozuvi.

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O‘zbek tili lug‘at tarkibining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo‘llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so‘zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O‘zbek tili lug‘at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo‘q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.

«O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»o‘zbek adabiy tilining me’yoriy lug‘atidan biri. Lug‘at X.Norxo‘jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan.

Lug‘atda so‘zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so‘zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug‘atda so‘zlarning, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So‘zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.

IV. Bosh so‘zlarning mustaqil ko‘chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko‘chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug‘atda ayrim so‘zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:

MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so‘zlarning boshqa so‘zlarga birikib qoshma so‘z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug‘atda atash vazifali so‘zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so‘z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo‘li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:

ABAD (a) Oxiri, poyoni yo‘q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so‘zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so‘zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so‘z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so‘zning ma’nosi shu so‘z havola qilingan so‘zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug‘atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so‘z ma’nosini to‘laroq ochish, izohni to‘ldirish maqsadida izohlanuvchi so‘zning antonimidan ham foydalanilgan bo‘lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to‘ldirish, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:

VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo‘jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug‘at izohli lugatning bir ko‘rinishi.

 

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»– o‘zbek tilida istemolda bo‘lgan o‘z va o‘zlashma so‘zlarning ma’nosini umumiy tarzda izohlaydigan lug‘at turi. Hozirga qadar ikki marta o‘zbek tilida izohli lug‘at yaratilgan: 1. 1981-yil Moskvada nashr qlingan. 2 jildli. Unda 60 ming so‘z va birikma izohlangan. 2. 2006-2008 yil nasr etilgan. 5 jildli. 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmasi izohlangan.

«O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati»–maktabo‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so‘z hamda o‘zlashma so‘zlar aniqlangan.

                   Lug‘atda bosh so‘z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o‘rinlaridan joy olgan.

«O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati» joy nomlari bo‘yicha tuzilgan va o‘qish-o‘rganish jarayoni uchun ko‘proq foydali lug‘at sanaladi. O‘quv toponimik lug‘at respublika, viloyat, shahar, tuman, vodiy yo voha, qishloq yo bir necha qishloqlar guruhi bo‘yicha tuzilishi mumkin. Respublika yoki voha, bir necha viloyatlar toponimlarining izohli lug‘atini tuzish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu lug‘at namunasi T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1500 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga oladi.

O‘quv toponimik lug‘ati uchun, eng avvalo, joy nomlari so‘zligi tuzilgan. Eng muhim oykonim, gidronim, oronim tanlangan. Har bir toponimning hozirgi davrda qanday jo‘g‘rofiy obyektning nomi ekanligi aniqlangan. Nomning sarhadlari belgilangan. Yangiqishloq, Yangiobod, Jartepa, Kattaqishloq, O‘rtaqo‘rg‘on, Uchtepa, Oqtepa, Qoratepa kabi nomlar har bir viloyatda, tumanda bo‘lishi tabiiy. Lug‘atda bu tur va ko‘p uchraydigan nomlarning tarqalish hududi (viloyat, tuman)ni ko‘rsatish shart qilib qo‘yilmagan, lekin qanday obyektning nomi ekanligini zikrlash lozim topilgan: Qiziltepa qishloq; Amudaryo daryo, tuman; Oyqor tog‘.

O‘quv toponimik lug‘ati ilmiy, amaliy, ma’naviy, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa nomining izohini jamlagan. Til umumxalq leksikasining izohli, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nolilik, birikuvchanlik va boshqa tur lug‘atlarda so‘zning hozirgi davrdagi ma’nolari, nutqda qo‘llanilishi bilan bog‘liq lisoniy-nutqiy holatlar, ma’noviy xususiyatlar bayon qilinadi. Toponimik izohda esa nima uchun shu obyekt shu nom bilan atalgan degan savolga javob berilishi lozim. Bu savolga yaqinda yo yaqin o‘tmishda yuzaga kelgan toponimlar misolida aniqroq, ma’qulroq, tushunarliroq, ishonchliroq javob berish, topish mumkin: Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq, Yangibozor nomlaridagi yangi so‘zining ma’nosi yangi ko‘ylak, yangi ro‘mol kabi birikmalar tarkibidagi yangi so‘zi ma’nosi bilan teng emas. Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq nomlari XX asrning 50–60-yillarida yuzaga kelgan. Yangibozor nomi o‘tgan asrning oxirida yaraldi. Bu nomlarda yangi so‘zining ma’nosi yo‘qolgan, undan keyin yaralgan qishloq, ariq, bozorlar boshqa nomlar bilan atalganligi ma’lum. Yoki Navkat, Novqat, Denov, Shahrinav, Yangikent nomlari bundan bir necha yuz yillar oldin paydo bo‘lgan. Bu nomlarda yangi, nav (tojikcha, yangi) so‘zlarining ma’nosi nisbiy, yaralgan vaqtda “yangi” ma’nosida bo‘lgan, hozir bu ma’no yo‘qolgan, lekin nom tarkibida bu so‘zlar qotib qolgan.

 

 

«O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»Y.Hamrayeva tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.Lug‘atning maqsadi o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va so‘z boyligini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga, til madaniyatini shakllantirishga va to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini mustahkamlashga, shuningdek o‘quvchilarga tilimizga turli tillardan kirib kelgan muayyan so‘zlar hamda atamalar haqida genetik ma’lumot berishga yo‘naltirilgan.

  Lug‘at so‘zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko‘plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo‘lgan respublika, konstitutsiya, prezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so‘zlar va atamalarni, jahondagi ko‘plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun «O‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»dan nafaqat til o‘rgatish darslarida, balki maktab, litsey va kollejlarning sinfxonalarida har qanday fan bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring, shuningdek avvaldan mavjud bo‘lgan va mustaqillikdan keyin yangicha ma’no kasb etgan vazir, tadbirkor, mahkama, devonxona kabi so‘zlar ham mazkur lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.

Lug‘atni tuzishda «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI» hamda «SLOVAR INOSTRANNIX SLOV» kitoblaridan foydalanilgan.

Lug‘at maqolalari quyidagicha tuzilgan: har bir maqolaning bosh so‘zlari lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so‘z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma’lumotlar va belgilar, unga berilgan izohlar lug‘at maqolasini tashkil etadi. Bosh so‘z katta harflar bilan berilgan, undan so‘ng katta qavs ichida so‘zning genetikasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so‘z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Agar so‘z tilimizga o‘zlashtirish jarayonida turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, uning o‘zbek tilidagi hozirgi ko‘rinishi o‘zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo‘lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so‘zning asl ko‘rinishi ham ko‘rsatilgan. Masalan:

VAJ [a vajh] …    

yoki

ASTOYDIL [f-t az tahi dil]…

Bir tildan o‘zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so‘zlar hamda turli tillardan o‘zlashib omonimik munosabat hosil qilgan so‘zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan:

GAZ I [f-t] esk. Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin.

GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i.

Tilimizda o‘zlashmalar mustaqil so‘zlar doirasidagina emas, yordamchilar, undov, taqlid va boshqa so‘zlarlar orasida ham uchraydi. Qo‘llanmaning maqsadi o‘zlashma so‘z haqida batafsil ma’lumot berishga yo‘naltirilganligi bois unga barcha turkumlarga oid so‘zlar kiritilgan.

O‘zlashmalarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un, u, asosan, so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi.

Alohida maqolalarda bosh so‘z vazifasida kelgan, shaklan o‘xshash, talaffuzda farqlanuvchi so‘zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg‘u belgisi qo‘yilgan. Masalan:

AKADÉMIK [r]

AKADEMÍK [r akademicheskiy]

Ma’nodosh (sinonim) so‘zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o‘z o‘rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so‘z izohi o‘rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan:

RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.

Lug‘atda so‘zlarning asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (ko‘pma’noli) so‘zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan so‘z oldidan ko‘ch. belgisi qo‘yilgan. Agar shakldosh so‘zlar yoki ko‘pma’noli so‘zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo‘lsa, u holda izohlanayotgan so‘zning etimologiyasidan keyin grammatik va uslubiy ma’lumotlar ham berilgan. Masalan:

TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati.

  2 ot Ajablanish, hayronlik.      3 kirish.s. Ajab, qiziq.

O‘zbek tilida boshqa so‘z bilan turg‘un birikma shaklida qo‘llanadigan o‘zlashmalar tik to‘g‘ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Bunda izoh bosh so‘zga emas, ana shu birikmaga tegishli bo‘ladi. Masalan:

IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi.

yoki

XAYRIYA [a] | Xayriya jamiyati - moddiy yordam uyushtiruvchi jamiyat.

O‘z tilida so‘z yasash qonun-qoidalari asosida hosil qilingan turli yasama so‘slar bizning tilimizga tayyor holda kirib kelganligi sababli, o‘zbek tilida ular tub so‘zlar hisoblanadi. Shuning uchun lug‘atda bunday so‘zshakllarning har biri alohida izohlangan:

DIFFERENSIAL I [lot] ot 1 mat. Erkin o‘zgaruvchan miqdorning cheksiz kichik ixtiyoriy ortmasi…

DIFFERENSIÁTSIYA [lot] Bir-biridan farqlanish, ajralish.

Lug‘at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmagan. Muntazam takrorlanuvchi so‘zlar esa qisqartma shaklida berilgan, ushbi qisqartmalar va boshqa belgilar to‘g‘risida lug‘atning KIRISH qismidan batafsil ma’lumot olish mumkin.

O‘zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati» 1977- yilda va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O‘zbek adabiy talaffuz lug‘ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug‘atda o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 8000 ga yaqin so‘z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so‘z va so‘z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so‘z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto‘g‘ri ko‘rinishi inkor qilinib, uning to‘g‘ri aytilishi ko‘rsatilgan.

«O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati»maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so‘zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan.

«O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati»maxsus, o‘ziga xos lug‘at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O‘.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘at yasama so‘zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so‘zidan beshta yangi so‘z va bu yangi so‘zdan yana beshta boshqa yangi so‘z hosil bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin:

 

amal ®

amal-dor ® amaldor-lik

amal-iy ®

amaliy-ot

g‘ayri-amaliy

amal-la

amal-parast ® amalparast-lik

be-amal ® beamal-lik

 

Yangi so‘z hosil bo‘lishiga tayanch, asos vazifasini o‘tovchi so‘z yasovchi asos hisoblanadi. Yuqoridagi amal so‘zi o‘zidan kelib chiqqan beshta so‘z uchun yasovchi asos. O‘z navbatida bu so‘zlar keyingi yasalish uchun yasovchi asos vazifasini o‘taydi. Yasovchi asosdan yuzaga kelgan so‘z esa yasama so‘z. Amal so‘zidan hosil bo‘lgan beshta so‘z va keyingi yasalishbunga misol.

Yasama so‘zni vujudga keltiruvchi turli vosita mavjud. Ular qo‘shimcha yoki so‘z ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday vosita lug‘atda qoraytirilgan (jirniy) shaklda berilgan.

Yasovchi asos va yasama so‘z yig‘indisi yasalish uyasini tashkil qiladi. Lug‘atda har bir so‘zdan yasalgan yasalish uyasi alohida ajratib berilgan.

O‘quv lug‘ati yana quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi:

1) fe’l an’anaviy lug‘atlardagidek harakat nomi shaklida emas, balki buyruq (o‘zak) shaklida berilgan:

lov ® lov-illa, moyil ® moyil-lan, ayni ® ayni-makabi;

2) so‘z yasovchi qo‘shimchadan oldin kelgan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ajratilib, qoraytirilmagan ko‘rinishda berilgan:

 

maqta ®

maqta-n-ar-li

maqta-n-choq

maqta-r-li

 

bela ® bela-n-chak kabi;

3) omonim so‘zlar rim raqami bilan belgilab berilgan va ma’nosi izohlab ketilgan:

bandI (mashg‘ul) ®band-lik (mashg‘ullik)

 

band II (dasta) ®

band-li

band-lik (dastalik/soplik);

 

4) lug‘atda, asosan, affiksatsiya usuli bilan yasalishlar keltirilgan;

5) tovush o‘zgarishi hodisasining asli “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”da berilgani uchun ko‘rsatilmagan:

bo‘ya ® bo‘yo-q, ot (ism) ® at-a ® ato-q ® atoq-likabi.

Lug‘atda 3257 ta tub so‘z (so‘z yasalish uyasi) berilgan, ulardan 9443 ta yasama so‘z hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Demak, bu lug‘atda o‘rtacha 1 ta so‘zdan 3 ta so‘z yasalganini ko‘rish mumkin. Albatta, lug‘at o‘zbek tilidagi hamma so‘zlarni qamrab olmagan. Faqat eng faollari – maktab o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan so‘zlargina lug‘atda o‘z aksini topgan.

 

«O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati»maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so‘zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol:

  1. Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo‘yoqning kamayib, salbiy bo‘yoqning ortib borishiga ko‘ra).
  2. darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko‘ra).

«O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘atda talaffuzdosh so‘zlarning quyidagi ko‘rininshlari farqlanadi:        

1. So‘z oxiridagi yasovchi qo‘shimchada: borlik-borliq, bo‘shlik-bo‘shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo‘qlik-yo‘qliq.

2. So‘z o‘rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.

3. So‘z o‘rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,

4. So‘z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.

5. So‘z o‘zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.

6. So‘z boshidagi unli tovushlarda: abro‘-obro‘, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.

7. So‘z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;

8. So‘z o‘rtasidagi unlining cho‘ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.

9.So‘z o‘rtasida bir undoshning bor-yo‘qligida: bo‘yincha-bo‘yicha, ziyrak-zirak.

10. So‘z oxirida undoshning tushib qolishida: go‘sh-go‘sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.

11.So‘z o‘rtasida bir unlining bor-yo‘qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.

12. So‘z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so‘zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko‘klik-ko‘hlik.

Lug‘at 1500 dan ortiq so‘zni qamrab olgan va har bir so‘zga izoh berilgan.

 

«O‘zbek tilining toponimik lug‘ati»joy nomlari va ularning kelib chiqish tarixini tavsiflovchi lug‘at turi. O‘zbek tilida lug‘atning yorqin namunasi sifatida dastlab T.Nafasovning „Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati“ 1988-yil nashr etilgan.

Lug‘at Janubiy O‘zbekiston aholi joylari (shahar, qishloq, mahalla, guzar, ko‘cha), suvliklari (daryo, suv ombori, jilg‘a, ko‘l, ariq, hovuz), yer yuzalari (tog‘, cho‘qqi, tepa, qir, dara, soy, dasht, turli balandlik va joy) nomlari kabi 5 mingdan oqtiq toponimlarni o‘z ichiga olgan. O‘z va o‘zga tillardan kirgan toponimlarning ma’no va morfologik tuzilishini aniqlashda ular turli joylardagi turkiy va boshqa tillardagi toponimlar bilan taqqoslangan.

Luga’t filologiya, tarix, geografiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilariga, umuman, O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

«O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at U.To‘rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so‘zlarni strukturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashgan:

1)    har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

2)    bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib berilgan:

aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘z zidlanishi mumkin:

  abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

  Agar so‘z ko‘p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:

  ajraldi – qo‘shildi; yarashdi kabi.

Muallif o‘z nutqida boshqa kishi ifodalagan fikrdan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikr ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap, dialog shaklida beriladi.Ko‘chirma gap. O‘zganing hech o‘zgarishsiz berilgan gapi ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gapda ikki xil gap bo‘ladi: ko‘chirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi birgalikda ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’l bilan ifodalanadi. Ko‘chirma gap so‘zlashuv va badiiy uslubda ko‘p ishlatiladi. Ko‘chirilgan gap muallif gapidan avval, keyin, uning ichida yoki ikki tomonida kelishi mumkin: 1. “Mehnat ishtaha ochar”, – deydi bobom. 2. Cho‘pondan so‘radik: “Bu qo‘ylar kimning qo‘yi?” 3. “Men, - dedi u, – ertaga kelaman”. 4.Bosh injener bosiqlik bilan: – Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘q, – dedi. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapni sodda gapga aylantirsa, ko‘chirma gap to‘ldiruvchi vazifasini oladi: 1. “Mehnat ishtaha ochar”, – deydi bobom(qo‘shma gap). Bobom mehnat ishtaha ochishini aytdi(sodda gap).2. Bosh injener bosiqlik bilan: – Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘q, – dedi(qo‘shma gap).Bosh injener bosiqlik bilan bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘qligini aytdi (sodda gap).

Ko‘chirma gapda tinish belgisi. Ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarda esa tire bilan ajratib beriladi. Ko‘chirma gapda, ko‘chirilgan gapning o‘rniga qarab, tinish belgisining ishlatilishi turlicha: 1) ko‘chirilgan gap darak gap bo‘lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo‘yiladi: “Yuring, men o‘sha tomonga boraman”, – dedi Komila (badiiy asarlarda birinchi qo‘shtirnoq o‘rnida tire ishlatiladi, yopilgan qo‘shtirnoq bo‘lmaydi). So‘roq va undov belgisi qo‘shtirnoq ichida qoladi; a) ko‘chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Ma’ruzachi bunday dedi: “O‘sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak”;b) muallif gapi ko‘chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: - ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo‘lsa, bu belgi tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: “Bizning qishlog‘imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi “.;- ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng nuqta qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so‘ng esa nuqta qo‘yiladi: “Havo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir. – Har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar”.Ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng so‘roq yoki undov belgisi qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan avval o‘sha belgi va tire qo‘yiladi, muallif gapidan so‘ng nuqta va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: “Bu qaysi jamoa xo‘jaligining mashinasi? – qorachagina bir qiz so‘radi. – Meni ham olib ketsangiz”. – ko‘chirilgan gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: 1) muallif gapining uzilib qolgan qismi oxiriga ikki nuqta qo‘yilib, ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi; ko‘chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo‘yilib, muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: “Biz ham astoydil mehnat qildik”, - dedi.2) ko‘chirilgan gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, uning belgisi qo‘shtirnoq ichida bo‘ladi: O‘qituvchimiz : “Sen qaysi badiiy kitoblarni o‘qib chiqqansan?” – deb so‘radilar.3)         ko‘chirma gap dialog tarzida ifodalanganda, yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo‘yiladi. Bu luqmada muallif gapi bo‘lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? – Yo‘q.

«Oltin yorug‘»– buddayivlikka e’tiqod qilgan turkiy qavmlar orasida mashhur bo‘lgan qadimgi yozma yodgorlik. Asl nomi Suvarnaprabxasa, sanskrit tilidan qadimgi xitoy tiliga tarjima qilingan. X asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga «Oltin yorug‘» nomi bilan tarjima qilgan va eski uyg‘ur-turk tiliga ko‘chirgan. O‘nta afsonani ichiga olgan asar 675 sahifadan iborat. Barchasida buddaviylikning “najot topish” ta’limoti birinchi o‘rinda turadi. Unda aks etgan “to‘rt oliy haqiqat” bosqichi ham O‘rta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi. «Oltin yorug‘»ning hozir foydalanilayotgan nusxasi XVIII asrda ko‘chirilgan va Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyida saqlanadi. Uni 1910- yilda Sharqiy Turkistonning Xan-su viloyatidagi Vun-shigu qishlog‘idan S.Y.Malov topgan. Topilmaning faksimel nusxasini u va V.V.Radlov nashr qilgan (1913–17). Nemis olimi V.Myuller esa asarning 1920 sahifasini asl nusxa bilan qiyoslagan holda chop ettirgan (1913). V.V.Radlov «Oltin yorug‘»ning bir qismini nemis tilida nashr qilgan (1930). Turk olimi Rashid Rahmatiy Arat «Oltin yorug‘»ni transliteratsiya qilib, usmonli turk tiliga tarjima qilishni boshlagan, lekin ish yakun topmagan. Yana bir turk olimi Cheval Qoya yuqorida eslatilgan faksimel nashr asosida «Oltin yorug‘»ni to‘liq transliteratsiya qilib, chop ettirdi (Anqara, 1994). O‘zbek olimi Nasimxon Rahmonov asarni o‘zbek tiliga o‘girib, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qildi.

 

Polinez tillari – avstronez tillarining alohida guruhi: Okeaniya tillarining bir guruhi (jami 30 ga yaqin). Polineziyada ( tub aholi tillari), shuningdek, Melaneziya va Mikroneziyaning chekka oilalarida (tashqi polinez tillari) tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy miqdori 1 milliondan ortiq. Polinez tillari tonga (tonga va niuye) tillari va asl polionez tillari guruhchalariga, asl polionez tillari esa samoa-tashqi (samoa, tivalu, tokelau, futuna, uvea, pukapuka, shuningdek, barcha tashqi polionez tillari) va sharqiy polionez tillariga (maori, gavay, taiti, rarotongo, rapanui, tuamotu va boshqalar.) ajraladi.

Polinez tillari – grammatik qurilishi jihatdan analitik tillardan. Fonetikasida 5 ta unli va 8 tadan 12 tagacha undosh tovush bor. Gapni tashkil etuvchi eng muhim birlik lug‘aviy ma’no bildiruvchi mustaqil so‘z hamda uning oldidan yoki ortidan joylashuvchi xilma-xil (grammatik ma’no bildiruvchi) so‘zlar majmuidan iborat. Gapda so‘z tartibi bir qadar erkin; ko‘p tillarda ega kesimdan keyin, ba’zilarida esa gap boshida keladi; aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. So‘z yasalishining keng tarqalgan turlari so‘z qo‘shish va so‘z takrori.

Polinez tillari XIX asrgacha yozuvga ega bo‘lmagan; XIX asrdan bir qancha adabiy polinez tillari lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega bo‘ldi. XX asr o‘rtasigacha polinez tillari yaxshi o‘rganilmagan. XX asr o‘rtalaridan ushbu tillarni sinxron tarzda hamda qiyosiy- tarixiy o‘rganish boshlandi.

Amerika hindulari, chukot, koryak va boshqa tillar – polisintetik til. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyati – ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so‘zlar fe’l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‘shma so‘z shakliga o‘xshash gap hosil qilishi. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi esa ega bilan kesimning o‘rtasida keladi. Mas., chukot tilida te-ata-kaa-nme-rkein – Men semiz bug‘ularni o‘ldiryapman.

Sinekdoxa(yunon.synecdoche–«birga anglash»)– qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko‘chirish usuli. Sinekdoxa metonimiyaning bir ko‘rinishi deb ham yuritiladi. Ammo undan farqli ravishda sinekdoxada miqdoriy tavsifga asoslanadi. Mas., bosh, tuyoq so‘zi (ya’ni, qism) orqali hayvon (ya’ni, butun) tushuniladi. Yurak, tirnoq so‘zi (ya’ni, qism) orqali odam (ya’ni, butun) anglashiladi. Sinekdoxa butun orqali qism ham anglashishi mumkin. Mas., Besh qo‘l barobar emas gapida qo‘l (ya’ni butun) so‘zi orqali barmoq so‘zining ma’nosi anglashilmoqda. Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan (Oyb.) gapida qism (tuyoq)orqali butun (mol) ifodalangan.

Sintaksis(yunon.sintaxys – tuzish, qurish) – grammatikaning so‘zning o‘zaro erkin bog‘lanishi, bu erkin bog‘lanish natijasida hosil bo‘lgan so‘z birikmasi va gap, uning turi va xususiyatini o‘rganuvchi tarkibiy qismi. Sintaksisning asosi gap haqidagi ta’limot. Gaplar, aslida, so‘zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so‘zlarning bog‘lanish qonuniyatlari, so‘z birikmalari ham sintaksisda o‘rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o‘rganishga bo‘ysundirilganligi kabi so‘z birikmalarini o‘rganish ham gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zlarning birikuvlari sanalmish qo‘shma so‘zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’nolidir: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi.

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligini tilning istalgan sathida kuzatishimiz mumkin. Albatta, bundan yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi «So‘z yasash» bo‘limi ham mustasno emas. Yasalma so‘zlarning so‘z yasalish strukturasi hamda har bir tilga xos so‘z yasash vositalari tizimi tarixan o‘zgaruvchan. Shunga ko‘ra, bu sathda diaxroniyava sinxroniyaaniq farqlanishi lozim. Xo‘sh, bu atamalarda qanday ma’no mujassamlashgan? Til taraqqiyotining ma’lum davrida so‘zlar qanday hosil bo‘lganligini, uning dastlabgi holati, so‘z yasalishi qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha diaxroniyayoki tarixiy so‘z yasalishideyiladi. Til taraqqiyotining hozirgi bosqichida so‘z yasash tizimini sinxroniya yoki hozirgi so‘zyasalishio‘rganadi.

Diaxroniya va sinxroniyao‘zaro bir-biriga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Chunonchi, o‘zbek tilidagi xazinachi, suvchi (Izoh: -chiaffiksi bilan ot yasalishi turkiy tillarda qadimdan mavjud va u qadimgi yodgorliklar tilida ham aks etgan. (q. Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘otit turk. II tom, -Toshkent, 1961. 54-bet), vafosiz, sensiz (q. Alisher Navoiy. Muhokamatul lug‘atayn. Tanlangan asarlar, III tom. -Toshkent, 1948.) so‘zlarida sinxronik so‘z yasalishi strukturasi diaxronik so‘z yasalishi strukturasiga mos keladi.

Ammo o‘zbek tilidagi yumsha, yurak, yuksak so‘zlarining tuzilishi diaxronik aspektda yum+sha, yur+ak, yuk+sa+k shakliga ega bo‘lsa-da, sinxronik aspektda bir o‘zak sifatida qaraladi. Chunki sinxronik aspektda ularning yum, yur, yuk so‘zlari ma’nosi bilan bog‘lanishi sezilmaydi.

Diaxronik va sinxronik so‘z yasalishi o‘zaro dialektik bog‘liq. Til taraqqiyotining har bir bosqichida mavjud qoliplar asosida yangi so‘zlar yasalishida yasaluvchi so‘zning boshlang‘ich so‘z yasalishi strukturasi emas, o‘sha davrdagi sinxronik so‘z yasalish strukturasi muhim. Chunonchi, hozirda rus tilida eng sermahsul hisoblanadigan -niksuffiksi tarixan qayta bo‘linishga uchragan, diaxronik aspekt uning asl shakli -ikbo‘lganligini ko‘rsatadi. Demak, svetnik, oxotnik so‘zlarining sinxronik so‘z yasalish strukturasi diaxronik so‘z yasalish strukturasiga mos kelmaydi. Biroq -niksuffiksi hozirda yangi so‘zlar yasashga xizmat qilmoqda: gradusnik, plotnik kabi.

Odatda, har qanday yasalma ikki a’zoli bo‘ladi: asos va formant. Birinchi yasalma bilan semantik bog‘lanishda bo‘lgan qism, ikkinchisi esa farqlovchi qism. Mas., sinfdosh so‘zining semantikasi bilan bog‘liq bo‘lgan qism sinf va bu so‘zni farqlovchi qism -dosh shakli. Yasaluvchi so‘z bilan yasalgan so‘zning ma’nolarida bog‘lanish bo‘lishi sinxronik so‘z yasalishining asosini tashkil etadi.

 

So‘z ma’no munosabatiga ko‘ra ma’nodosh, zid ma’noli, uyadosh, butun-bo‘lak, turjins munosabatidagi so‘zga, shakl munosabatiga ko‘ra esa shakldosh va talaffuzdosh so‘zga bo‘linadi.

Sotsiolingvistika til va jamiyat muammosi, tilning jamiyatdagi turli tabaqa, toifa, yosh, kasb va jinsdagi kishi nutqida o‘ziga xos tarzda voqelanishi masalasini tekshiradi.Lotincha jamiyat va lingvistika so‘zining qo‘shiluviga ega, tilning jamiyatga va jamiyatning tilga ta’siri masalarini o‘rganuvchi tilshunoslik yo‘nalishi.

Sotsiolingvistika termini tilshunoslikda birinchi bor 1952- yilda amerikalik tadqiqotchi X.Karri tomonidan qo‘llangan.

Sof tilshunoslik tilning o‘zinigina tekshiradi. Sotsiolingvistikaesa uni jamiyat a’zolari turli sharoit va muhitda turlicha ishlatishiga e’tibor qaratadi. Mas., “sof” tilshunos o‘zbek tilidagi siz so‘zini II shaxs ko‘plik olmoshi sifatida talqin qiladi. Sotsoilingvist esa uning yosh bolaga nisbatan qo‘llanishiga, birlik son o‘rnida voqelanishiga, -lar shakli bilan ishlatilishiga, qaysi yoshdagi, toifadagi kishilar nutqida qanday ma’no, maqsad va miqdorda qo‘llanishiga diqqat qiladi. Chunki sen va siz olmoshi birlik va ko‘plik olmoshi ekanligi bilan emas, balki sotsial qiymati, zamiridagi inson qalbi tuyg‘ulari bilan farqlanishi bilan sotsiolingvistni qiziqtiradi.

 

Tasdiq-inkor shakllariodatda gap kesimiga aloqador,harakatning yuz berish/yuz bermasligini bildirish shakli. Kesim tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi shart.

Tasdiq quyidagicha ifodalanadi:

1) nol shakl orqali –O‘qiyman. Keldim;

2) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining har ikki qismiga inkor qo‘shimchasini qo‘shish orqali (aytmay qo‘yma, yozmay turma, kelmay qolmayman);

3) faqat ohang yordamida (kinoya) –Bormaysan-a, bormaysan!

Inkor esa quyidagi shakllar yordamida hosil qilinadi:

1) -ma eng ko‘p qo‘llanadigan shakl: o‘qi –o‘qima, keldi –kelmadi, borgan –bormagan, yuryapti –yurmayapti, to‘xtabdi –to‘xtamabdi kabi. U -mas, -may, -maslik ko‘rinishiga ham ega: aytmas (so‘z), aytmay, aytmaslik;

2) emas fe’l-kesimdagi -gan/kan/qan va -moqchi qo‘shimchasidan va ismdan keyin kelib, bo‘lishsiz shaklni hosil qiladi: kelgan – kelgan emas, borganman – borgan emasman, o‘qimoqchisan – o‘qimoqchi emassan.

3) yo‘q modal so‘zi gan/kan/qan va yotgan/ayotgan qo‘shimchali fe’lning kesimdagi bo‘lishsiz shaklini vujudga keltiradi. Bunda egalik shakli ham qo‘shiladi: Borgani yo‘q. Aytayotganim yo‘q;

4) na inkor yuklamasi yordamida ham ifodalanadi: Bugun na o‘qidim, na yozdim.

5) faqat ohang (kinoya, piching asosida) orqali ham voqelanadi: Borasan-a, borasan! Borib bo‘libsan!

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik va tasdiq-inkorni farqlash kerak. Fe’l kesimdan boshqa vazifada kelganda bo‘lishli-bo‘lishsizlikka ega bo‘ladi: o‘qigan bola – o‘qimagan bola kabi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik faqat kesimdan boshqa vazifadagi fe’lga, fe’lga, tasdiq-inkor kesim vazifasidagi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos.

Terminologik lug‘at – ma’lum bir sohaga tegishli so‘z (termin)ni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega. Terminologik lug‘atni bir tilli va ko‘p tilli lug‘atga ajratish mumkin. A.Hojiyevning «Tilshunoslik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, “O‘qituvchi”, 2003)dan olingan namunaga e’tibor qiling:

Kriptologiya. Maxfiy til, ularni tuzish qonuniyatini, rasshifrovka qilish usulini o‘rganuvchi fan.

Ko‘makchili aloqa. So‘zlar o‘rtasida ko‘makchi vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.”

Tarjima lug‘at bir tildagi atamaning boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi.

 

TERS LUG‘AT

 

Ters lug‘atso‘zlarni teskari tomondan (oxiridan) alifbo tartibida joylashtirishga asoslangan lug‘at turi. Bunday lug‘at ham lingvistik lug‘at, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonovlar tomonidan «Obratniyslovaruzbekskogoyazika» nomi bilan 1969- yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:

serxarajat

hujjat

xat-hujjat

behujjat

murojaat

hojat

muhofazat

ijozat

 

TIL

 

Til yordamida suhbatlashib, savol-javob qilinadi. Fikr til yordamida ifodalanib, uzatiladi. Ajdoddan ma’lumot olib, avlodga uzatamiz. Tilning eng muhim aloqa vositasi ekanligi shunda namoyon bo‘ladi.

Insonning eng asosiy, boshqa jonzotdan farqlab turuvchi belgisi – ong va tilga egaligi. Til faqat insonga va jamiyatga xos bo‘lgan hodisa. U bir kishi tomonidan emas, balki kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek, til ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa deyiladi.

            Tilning paydo bo‘lishi. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – azaliy mavzu. Biror tilning qachon paydo bo‘lganini taxminan aytish mumkin. Mas., manbalarda o‘zbek tili XV asrda shakllanib bo‘lgan, boshqa turkiy tillardan ajralib chiqqan deyiladi. (Ne’matov H., Mahmudov N., G‘ulomov A., Sayfullayeva R., Abduraimova M. Ona tili. 9- sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2002. – B. 5.) Biroq, umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganini aniqlab bo‘lmaydi. Chunki ma’lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi 10–15 ming yildan nariga bormaydi. Olimlar esa tilning paydo bo‘lishini yozma manba asosida belgilaydi.

Tilning paydo bo‘lishi haqida olimlarning fikrini umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til bizga in’om etilgan so‘zlash imkoniyati asosida kishilarning birga mehnat qilishi jarayonida boshqa kishi bilan aloqada bo‘lish zaruriyati, ehtiyoji natijasida paydo bo‘lgan. Til kishining birbirini tushunishiga, yashash vositasini topish va yaratishda birlashishiga yordam bergan.

Tildagi o‘zgarish.Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisa kabi til ham muttasil rivojlanish va o‘zgarishda. Buni shu tilning ikki davrdagi holati farqiga qarab bilish mumkin. Mas., eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili orasidagi farq lug‘at tarkibida ko‘proq aks etganini sezish mumkin.

Ko‘rinadiki, tildagi o‘zgarish, asosan, lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalq tarixida ro‘y bergan iqtisodiyijtimoiy, siyosiy o‘zgarish tufayli yangi so‘z kirib keladi, ayrimi chiqib ketadi. Mas., eski o‘zbek tiliga xos cherik (askar), o‘kush (ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘z hozir qo‘llanmaydi.

Shunday qilib, o‘zbek tili lug‘at tarkibi turmush uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchani bildiruvchi so‘zning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchani ifodalovchi so‘zning esa kirib kelishi hisobiga doimo rivojlanib, boyib boradi.

            Tilning taraqqiy etishi.O‘zgarish tabiat-hodisalarigagina emas, tabiiyki, ijtimoiy hodisalarga, shu jumladan, til hodisalariga ham xos. Tarixiy taraqqiyot va o‘zgaruvchanlik tilning hamma sathlariga xos. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan buyon til uzoq davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, boyib borgan. Ayni vaqtda til taraqqiyoti kishilarning turli-tuman tajribalarining takomillashishiga, bu tajriba-yu bilimlarning avloddan avlodga o‘tishiga ham imkon bergan. Til taraqqiyoti natijasida fan, texnika, madaniyat taraqqiy qilgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan.

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liq, ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar tilda aks etadi. Bu o‘zgarishlar hammadan ko‘proq tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini topadi. Yangi narsa-buyum, tushunchalarning paydo bo‘lishi yoki, aksincha, narsa-buyum va tushunchalarning iste’moldan chiqib ketishi hammadan avval tilning lug‘at boyligida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Chunonchi, Muqimiy (1850-1903) ning «Navbahor ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar» matlali g‘azalidagi ayrim baytlarga e’tibor qarataylik:

Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila

O‘ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog‘lar.

Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,

Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog‘lar.

Hozir Muqimiy davrida keng qo‘llanilgan mahfil, ulfatu ahbob, ahli tamiz kabi juda ko‘p so‘z va so‘z birikmalari iste’moldan chiqib, eskirgan so‘zlarga aylangan. Muqimiy yashagan davrda tilimizda patta, vistavka, gimnaziya, pech kabi yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu so‘zlarning ko‘pchiligi bizning davrimizga kelib eskirib qoldi. Tilning lug‘at tarkibida yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘lishi, ayrim so‘zlarning semantikasida o‘zgarishlar yuz berishi, ba’zi so‘zlarning eskirib qolishi barcha tillarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan. Chunonchi, o‘tgan asrning boshlari va o‘rtalarida rus tilida paydo bo‘lgan bolshevizm, menshevizm, proletariat, syezd, kolxoz, sovxoz marksizm, leninizm, kommunizm kabi ko‘plab so‘zlar hozirda eskirib iste’moldan chiqqan. Tilda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar so‘zning tuzilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi, oqibatda u ham asta-sekin o‘zgarib boradi. So‘z strukturasining o‘zgarishi turli tillarda turli yo‘l bilan yuz beradi. Tilshunoslikda buning asosiy uch usuli qayd etiladi: soddalashuv, qayta bo‘linish va murakkablashuv.

So‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan yasalgan qo‘shma so‘zlarning tub so‘zlarga yoki o‘zakka, ko‘p morfemali so‘zning bir morfemali so‘zga o‘tish hodisalari soddalashuv deyiladi. Odatda, soddalashuv hodisasi so‘z o‘z «ichki tuzilish shakli»ni o‘zgartirganda, ya’ni morfemalar orasidagi chegara yo‘qolganda ro‘y beradi. Ilmiy adabiyotlarda soddalashuv hodisasining sodir bo‘lishiga asosan ikkita sabab borligi ko‘rsatiladi:

1)    u yoki bu morfemaning ma’nosi kuchsizlanishi, asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi natijasida uning iste’moldan chiqib ketishi;

2)    o‘zakdosh so‘zlar o‘rtasidagi aloqaning uzilishi.

Birinchi usulga o‘zbek tilidagi qishloq, qovurg‘a, yuksak, qachon, bo‘rsiq so‘zlari, rus tilidagi nujniy, xijina, kolsoso‘zlari misol bo‘la oladi. Qishloq so‘zi aslida qish+la (fe’l yasovchi affiks) + q(ot yasovchi affiks) morfemalaridan; qovurg‘aso‘zi qop+ur (daraja ko‘rsatuvchi affiks) + g‘a(ot yasovchi affiks) morfemalaridan; yuksak so‘zi yuk+sa (fe’l yasovchi affiks) + k(sifat yasovchi affiks); qachon so‘zi qay, chog‘va-inmorfemalaridan hamda bo‘rsiq so‘zi esa bo‘r+si+q morfemalaridan tashkil topgan. Hozirgi tilshunoslikda bu so‘zlar sodda tub so‘zlar sifatida baholanadi.

Nujniy, xijina, kolso so‘zlarini hozirgi rus tili grammatikasi nuqtai nazaridan yuqoridagi so‘zlar kabi izohlash mumkin. Bir vaqtlar rus tilida nuja, xija, kolo so‘zlari bo‘lgan, ana shu so‘zlarga so‘z yasovchi (-n, -in, -u) va shakl hosil qiluvchi (-iy, -a, -o) affikslar qo‘shilishi natijasida bu so‘zlar hosil bo‘lgan.

Hozirgi o‘zbek tilidagi qishloq va qishki so‘zlari ikkinchi usulga misol bo‘la oladi. Etimologik jihatdan har ikkala so‘zning ham o‘zagi qishso‘zi bo‘lgan. Hozirgi til nuqtai nazaridan ularda hech qanday semantik umumiylik yo‘q. Rus tilidagi jir (yog‘), jizn (hayot), jivoy (tirik) so‘zlari qadimda o‘zakdosh so‘zlar hisoblangan. Aslida jirso‘zi ji+r(so‘z yasovchi affiks)dan tuzilgan, «hayotda orttirilgan» ma’nosini bergan. Tilning tarixiy taraqqiyotida bu so‘zlarning morfemalari orasidagi chegara yo‘qolgan, ya’ni soddalashuv hodisasi ro‘y bergan. Soddalashuv jarayoni ba’zan bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Chunonchi, ingliz tilidan o‘zlashgan futbol, voleybol so‘zlari, nemis tilidan o‘zlashgan kurort so‘zi o‘zbek tilida tub so‘zlar hisoblanadi. Aslida esa o‘z holatida bular qo‘shma so‘zlardir, ya’ni foot – oyoq, ball – to‘p, volleyqo‘l, ballto‘p; kurdam, ort joy kabi. O‘zbek tiliga fors tilidan o‘zlashgan navro‘z tub so‘zi aslida nav-yangi, ro‘z-kun ikki o‘zakdan, astoydil tub so‘zi «az tahi dil» uch o‘zakdan tashkil topgan. Rus tiliga o‘zbek tilidan o‘zlashgan karandash, utyug so‘zlari hozirda shu tilda tub so‘zlar hisoblansa-da, etimologik jihatdan o‘zbek tilida bular «qora tosh», «o‘t yoq» shaklidagi qo‘shma so‘zlar bo‘lgan.

So‘zdagi morfemalar chegarasining o‘zgarishi natijasida yangi affiksal morfemalar paydo bo‘lishi ham mumkin. Bunday jarayon so‘zning material strukturasidagi q a y t a b o‘ l i n i s hhodisasi deb yuritiladi.

O‘zbek tilidagi bo‘lajak, ular, gulduros so‘zlarida, rus tilidagi gotovnost so‘zida qayta bo‘linish hodisasini kuzatish mumkin. Hozirgi kunda bu so‘zlar bo‘l+ajak (sifatdosh shakli affiksi), u+lar (ko‘plik shakli affiksi), guldur+os (sifat yasovchi affiks); gotov+nost (so‘z yasovchi affiks) shaklida morfemalarga ajratiladi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, bu so‘zlarda quyidagicha qayta bo‘linish ro‘y bergan:

bo‘lajak < bo‘l-a-jak < bo‘l-ajak

ular < ul-ar < u-lar

gulduros < guldur-a-s < guldur-os

gotovnost < gotov-n-ost < gotov-nost.

Ba’zi hollarda faqat affiksal morfemalar emas, so‘zlar ham qayta bo‘linadi. Mas., rus tilidagi sva k predloglari uchta tovushdan tashkil topgan: s’n, k’n. Ma’lumki, predloglar yordamchi so‘zlar. Nutqda urg‘u olmaydigan predloglar, odatda, olmoshlarga qo‘shilib talaffuz etiladi. Vaqt o‘tishi bilan bu predloglar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan:

s’n im< s’nim< s’ nim < s nim;

k’n im

Avval tub deb hisoblangan so‘zlarning yasama yoki murakkab so‘zlar qatoriga o‘tishi m u r a k k a b l a sh u vdeyiladi. Bu hodisani boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarda kuzatishimiz mumkin. Murakkablashuv hodisasi tilda soddalashuv va qayta bo‘linish hodisalariga nisbatan kamroq uchraydi. Chunonchi, rus tilidagi gravyura(toshga, metallga yoki yog‘ochga o‘yib ishlangan va bosmaxonada bosilgan rasm) so‘zi fransuz tilidan olingan, rus tilida gravyor, gravirovatso‘zlari paydo bo‘lgandan keyingina uch morfemaga (grav-yur-a) ajraladigan bo‘lgan.

Til – yaxlit butunlik. Borliqdagi barcha narsa qismlardan tashkil topganligi kabi til ham gap, so‘z birikmasi hosil qilish va so‘z yasash qolipi, so‘z, qo‘shimcha va tovushdan iborat. Ana shu qismlar bir-biri bilan turli qonun-qoida, tartib asosida birikib butunlikni, ya’ni tilni hosil qiladi. Til qismi til birligi hisoblanadi. Maktab darsligida gap, so‘z birikmasi, so‘z, qo‘shimcha va tovush til birligi sifatida qaraladi. Bularning barchasi nutqda qorishgan holda namoyon bo‘ladiki, ular orasiga keskin chegara qo‘yishning iloji yo‘q.

Tilning yaxlit butunligini ikki xil tushunish bor: 1) zohiriy tushunishda bir xil til birligining birikib ikkinchi bir birlikni keltirib chiqarishi tushuniladi: tovush+tovush=so‘z; so‘z+so‘z=so‘z birikmasi yoki gap kabi; 2) botiniy tushunishda bir sath birligi voqelanishi uchun ikkinchi bir sathning yordamga kelishi tushuniladi. Mas., so‘zni voqelantirish uchun morfologik qo‘shimchalar bilan birga so‘z birikmasi va gap qoliplari yordam beradi. Qo‘shimchaning yuzaga chiqishida leksik birliklar so‘z birikmasi va gap qoliplari ko‘maklashadi. So‘z birikmasi va gap qoliplari yuzaga chiqishida esa morfologik qo‘shimchalar va leksik birliklar hamrohlik qiladi.

Muayyan nutq sharoitida yaxshi leksemasi turli daraja shakllari bilan keladi. 1.Salim yaxshi o‘qiydi. 2.Bugun ish unumi yaxshiroq. 3.Eng yaxshi odamlar bizlarga hamrohdir. Ko‘rinadiki, birinchi gapda yaxshiso‘zi oddiy darajada, bunda leksema ma’nosining ifoda bo‘yog‘i darajaning oddiyligi. 2- va 3- gaplarda esa daraja ma’nosi kuchaygan holda voqelangan. Daraja shakllari yaxshi so‘zining ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi. Qiyoslang: 1.Yaxshi, hozir yetib boraman. 2.Siz zudlik bilan yo‘lga tayyorlaning. -Yaxshi. 3.Qovun yaxshi yetishibdi. 4. O‘smamiz juda yaxshi. Yaxshi so‘zining voqelangan ma’noviy ko‘rinishlari farqlanuvi asosida gaplarni ikkiga ajratish mumkin:

a) 1- va 2- gaplar;

b) 3- va 4- gaplar.

Birinchi guruh qo‘llanishlarda yuqorida zikr etilgan yaxshi leksemasining barchasi kuzatilmaydi. Aniqrog‘i, bunda «belgi» ma’nosi emas, balki «ma’qullash» ma’nosi voqelangan, «mustaqil gap bo‘lagi» emas, balki «kirish so‘z» (birinchi gapda) va «so‘z-gap» (ikkinchi gapda) vazifasi yuzaga chiqqan. Chunki kirish so‘z va so‘z-gap vazifasida yaxshi so‘zi darajalanish qobiliyatini yo‘qotgan. Demak, yaxshi so‘zida ikki xil ma’no borligiga amin bo‘lish mumkin:

1. Ijobiy, shaxsiy, ma’qullashni bildiruvchi kirish so‘zi yoki so‘z gap.

2. Ijobiy, shaxsiy, oddiy belgi ifodalovchi va gap bo‘laklari vazifasida kela oladigan sifat.

Bu ikki ma’noni sintaktik vazifa va daraja ko‘rsatkichlari farqlaydi. Tilning yaxlitligini ana shunday tushunish lozim.

Til me’yori.Me’yorlisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil, lisoniy imkoniyatlardan – sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan har birining voqelanish o‘rinlari va xususiyatlarini belgilaydi.

O‘zbek va dunyo tilshunosligida me’yor masalasiga keng o‘rin berilgan va unga bag‘ishlangan qator ishlar mavjud. Bu masala, avvalo, uslubshunoslik va nutq madaniyati masalalari atrofida o‘rganildi. Zero, o‘zbek adabiy me’yorining asoschilaridan bo‘lgan E.Begmatovning uqtirishicha, me’yor masalasi XX asrning boshlarida o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining yangi bir bosqichida u uchun asos bo‘lgan dialektal negizni belgilash, yozuv va alifbo masalalarini hal qilish, imlo qoidalarini ishlab chiqish, imlodagi mavjud kamchiliklarni tuzatish, umuman til birliklarini qo‘llashdagi ikkilanish va beqarorlikni bartaraf etish, atamalarni takomillashtirish, grammatikalar yaratish, o‘qish-o‘qitish ishini yo‘lga qo‘yish singari vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi say’-harakatlar ham nutq madaniyati muammolarini hal qilishning tarkibiy qismi edi. Bundan esa o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilini tadqiq etishga bag‘ishlangan kuzatishlarning ma’lum qismi shu tilning adabiy me’yor muammolarini hal etishga xizmat qilgan, degan xulosa kelib chiqadi.

O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning so‘nggi chorak asri davomida adabiy til me’yorlari bo‘yicha bajarilgan barcha tadqiqot ishlari natijasi o‘laroq qator o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratildi.

Tadqiqotlarning barchasida adabiy me’yorga e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, adabiy til normalari, undagi muhim qonuniyatlarni ochish o‘zbek adabiy tili normativ sistemasidagi to‘g‘ri, namunaviy holatlarni belgilash bilan birga, undagi noadabiy hodisalarni, ya’ni xato va nuqsonlarni ham aniqlashga, ularning asosiy sabablarini ochishga ko‘maklashish asosiy diqqat markazida bo‘lgan.

Lison nutqda turlicha voqelanadi. U adabiy til ko‘rinishida ham, sheva va lahja shaklida ham, turli tabaqa, toifa kishilari nutqida, shuningdek, turli nutq sharoiti va vaziyatiga mos ravishda yuzaga chiqadi. Ana shu moslanish va xoslashuv me’yor tusini oladi.

Umumxalq tilining lisoniy tizimi dastlab ikki ko‘rinishda voqelanadi: sheva va adabiy til. Avvalo, adabiy til va shevaga xos me’yoriy qonun-qoidalar mavjud, bu qonun-qoida umumxalq tilining ikki tarkibiy qismini ajratishga, ularning har birining o‘ziga xos yashovchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun dialektal va adabiy me’yor farqlanadi. Buni chizmada quyidagicha berish mumkin:

 

UMUMXALQ TILI(lison)

Dialektal me’yor      
Adabiy me’yor

 

O‘zbek tilshunosligida umumxalq tilining umumxalq va dialektal ko‘rinishi keng va teran o‘rganilgan, biroq me’yor masalasida adabiy tilga ko‘p e’tibor qaratilgan. Bu shevalarning nutqiy ko‘rinishi me’yorsiz bo‘ladi, degani emas. Holbuki, shevada ham lison voqelanar ekan, bu voqelanish, albatta, ma’lum “cheklov” va so‘zlovchiga lisoniy-ijtimoiy “buyurish” asosida yuz beradi. Ana shu “cheklov” (qolip) va ijtimoiy buyurish me’yorni tashkil etadi. E.Begmatov sheva me’yori xususida fikr yuritar ekan, uning stixiyali tarzda shakllanishi va rivojlanishi, majburiy deb tushunilmasligi, bilvosita, negativ ravishda, ya’ni biz unday demaymiz, biz bunday gapirmaymiz singari tasavvurlar asosida amalga oshirilishini ta’kidlaydi.

Dunyo tillari genetik, morfologik, funksional, areal kabi tasniflarga ega.

Tillarning genetik tasnifitillarni kelib chiqishi, qarindoshligi asosida tasniflash. U geneologik tasnif ham deyiladi.Geneologik tasnifning ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Buni qadim olimlar va tarixchilar ham e’tirof etishadi. Tasnifning asoschilari F.Bopp, Y.Grimm, R.Rask, A.X.Vostokovlar. Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir bobo tildan ajralib chiqqan, o‘tmishda qardosh, qarindosh bo‘lgan tillar dalillarini o‘zaro qiyoslab o‘rganishi, shuningdek qayta tiklash vazifalarini o‘z ichiga oladi. Avgust Shleyxerning qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bo‘yicha qilgan ishlari bizga ma’lum (hind-yevropa tillarida bobo til, tillar shajarasi, bobo til haqida). Tillarning geneologik tasnifi til dalillarini tarixiy tamoyil asosida o‘rganib, tillarning qarindoshlik munosabatini aniqlaydi. Bu tasnif turi dunyo tilshunosligida ancha keng tarqalgan, deyarli barcha tillarni qamrab oladi. Tadqiqotlar natijasida tarixiy qarindoshlik belgisi asosida til oilalari deb ataluvchi bir necha yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin ekanligini aniqlashadi. Bir oilaga mansub tillar o‘zaro uzoq yoki yaqin «qarindoshlik munosabatlari» bilan bog‘lanadi, bu esa bunday tuzilishlar, aslida bobo til, asos tilga borib taqalishini ko‘rsatuvchi tillararo umumiy xususiyatlarda, uyg‘unlikda seziladi. Xuddi shuningdek, geneologik jihatdan turli til oilalariga mansub bo‘lgan tillarda tarixiy genezis asoslari yoki umumiy kelib chiqishini ifodalovchi so‘z va shakllar mavjud emas.

Tillarning hozirgi kungacha amaldagi geneologik tasnifi quyidagicha:

I. Hind-Yevropa oilasi keng tarqalgan oila, unda 2500 million so‘zlashashadigan tillar mujassam. Bu tillar ko‘proq Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Osiyo (mas., Hindiston), Amerika, hatto, Avstraliya va Afrikada ham Hind-Yevropa tillaridan foydalaniladi. Hozirgi hind-yevropa tillari quyidagi guruhlarga ajratiladi: hind, eron, slavyan, boltiq, german, roman, kelt , grek, alban, arman. Bu tillarning barchasi umumiy qonuniyatga ega, ya’ni ularda o‘zak, qo‘shimcha va tovush muntazam mos keladi.

  1. Xom-som oilasi 3 guruhga bo‘linadi: A. Berber guruhi – Tripoli janubi, Tunis, Aljir, Marokko: 1) shilx, 2) tuareg, 3) kabil, 4) amazir – tirik (jonli) tillar; 5) luviy, 6) numidiy, 7) getul – o‘lik til. B. Misr guruhi: 1) qadimgi yahudiy tili; 2) kopt tili – o‘lik til. V. Kushit guruhi. Quyi kushit: 1) bedia (bishari, bezavis) Qizil dengiz va Nil orasida; 2) saxo, 3) afar (dalkali), 4) somali. Yuqori kushit – Efiopiyaning g‘arbida: 1) agav (bilin, xamir, kvara); 2) sidam (kafra). O‘rta kushit - galla (Somalining g‘arbidan Markaziy Afrikaning shimoligacha).
  2. Kavkaz oilasi. 1.G‘arbiy guruh: abxaz, kabardin, cherkas, adigey. 2. Nax tillari: chechen, ingush, batsbiy. 3. Dog‘iston tillari: avar, dargin, lezgin, lak, tabasarin, andiy, karatin, tindin, chamolin, bagaul, axvax, butlix, gadoberin, sez, betetin kabilar.
  3. Ugor – fin oilasi. 3 yirik guruhga ajratiladi: 1. Ugor tillari: vengr (mojor), mansiy, xanti.2. Fin tillari: fin, saam, karel, komi, eston, udmurt, mariy, mordov. 3.Samodiy tillari: nenes, enes, selkum.
  4. Tungus – manchjur oilasi. 1.Tungus guruhi: evenk, even, negidal; 2. Manchjur guruhi: manchjur, nanay, udey, ule, orog.

VI. Xitoy-tibet oilasi. 1. Xitoy tili – 450 million (7 ta bir-biridan juda farq qiluvchi shevalardan iborat). 2. Dungan: Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda 22 ming kishi, G‘arby Xitoyda 10 million kishi so‘zlashadi; 3.Vetnam (annam). 4. Siam (tay) Hindistonning g‘arbi, Tay. 5. Tibet. 6. Birma tili. 7. Assam tillari.

  1. Dravid oilasi: tamil, malalayam, telugu, kannar, tulu, barxun, gandi.

VIII. Malay-polineziya oilasi: malay, yava, dayak, tagal, batak, age, bali, madur, torigi, bug‘iy kabilar.

  1. Afrika oilasi. 1.Sudan tillari: nil-chad, nil-abissin, nil-ekvatorial guruh, kardofan, nil-kong, ubang, shor, dagaliy va hokazo. 2. Bantu tillari: bube, lundu, fang, kongo, rundi, ganda, poto, igala, luba, bemba, subiyl, suaxili, sanga, shambala, zulu, soto, venda, lunda.
  2. Avstraliya oilasi. Bu yerda mahalliy xalq tillari juda ko‘p, eng asosiy til aranta tili hisoblanadi.
  3. Papuas oilasi. Yangi Gvineya, G‘arbiy Eron hamda Malaneziyadagi ba’zi orollar tili, barchasi yozuvsiz. So‘zlashuvchilar soni 1000 dan oshmaganligi sababli, til va dialektlar aniq farqlanmagan. Bu tillarga: xagen (medyapa), chimbu (kuman), xuli, kamano, abelam (maprik), ngalum, sianelar kiradi.
  4. Eskimos oilasi. Vrangel, Chukotka, Kanada, Alyaskada tarqalgan.
  5. Paleosiyo oilasi. 1) Chukot tillari: chukot, koryak; 2) Sibir guruhi: odul, nix.
  6. Mo‘g‘ul oilasi. 1) a) xalxa - mo‘g‘ul tili; 2) buryat tili; 3) qalmoq tili.
  7. Uzoq Sharqning birorta oilaga kirmagan tillari. 1) Yapon tili. 70 million kishi gaplashadi. 2) Ryukyu – Ryu-Kyu orollarida (yapon tiliga yaqin); 3) Koreys tili. 30 million kishi gaplashadi; 4) ayn tili 15 ming kishi gaplashadi. Yaponiyadagi Xokkondo orollari, Saxalin orolining janubi, Kuril orollari.
  8. Turkiy oila. Bu ham yirik oila, 30 ga yaqin til kiradi. Bu tilda so‘zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi. Turkiy tillar oilasiga quyidagilar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq. Mazkur oila – bulg‘or tillari guruhi, o‘g‘uz, qipchoq, o‘zbek va uyg‘ur, o‘g‘iz guruhi, qirg‘iz-qipchoq tillari guruhiga ajratiladi.

          Tillarning morfologik tasnifi. Tilshunoslikda tillarning morfologik tasnifi muhim ahamiyatga ega. Bu tasnifning ahamiyatli tomoni shundaki, tillar morfologik xususiyati, tiplari asosida muayyan guruhga birlashtiriladi va, qat’iy tasnifga erishiladi. Morfologik tasnif tillarning kelib chiqishi, tarixi, qarindoshlik aloqalari bilan qiziqmaydi, balki tillarning grammatik xususiyatlarini, aniqrog‘i, o‘zak va affikslarni qarama-qarshi qo‘yish asosida taqqoslab o‘rganishga asoslanadi. Morfologik tasnif asosida til tiplari aniqlanadi va ajratiladi. U yoki bu tilning qaysi morfologik tipga mansub ekanligini aniqlash uchun esa shu tillardagi so‘z qurilishi (strukturasi) o‘rganiladi.

XIX asr o‘rtalarida nemis komparativist olimi Avgust Shleyxer (1821–1868), aka-uka Shlegellar (Fridrix Shlegel va Avgust Shlegel) hamda Gumboldt g‘oyalarini umumlashtirib, o‘zaklar – ma’no, affikslar esa munosabatni ifodalashini isbotlaydi. O‘z vaqtida F.Shlegel (722–1829) o‘zining «Hindlarning donoligi va tili» (1809) nomli asarida sanskrit tilini grek, lotin va turkiy tillar bilan chog‘ishtirib, tillarni ikki tipga ajratiladi: a) affiksli tillar, b) flektiv tillar. Avgust Shlegel esa o‘zining «Provansal tili va adabiyoti haqidagi mulohazalar» (1818) nomli asarida tillarni 3 tipga bo‘ladi: a) flektiv; 2) agglyutinativ va 3) amorf tillar. V.Gumboldt esa bu qatorga polisintetik tillar guruhini ham qo‘shadi. Avgust Shleyxer mana shu faktlarga asoslanib, dunyo tillarini 3 tipga ajratadi: o‘zakli yoki ajratuvchi (ruscha: kornevie, izoliruyushie), agglyutinativ va flektiv. Tillarning morfologik tasnifi masalasi bilan G.Shteyntal (1821–1889), N.Fink, Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.Fortunatov ham shug‘ullangan (1848–1914). Xullas, dunyodagi barcha tillar morfologik tasnif asosida 4 tipga ajratiladi: I. O‘zakli yoki ajratuvchi tillar.II. Agglyutinativ tillar. III. Flektiv tillar. IV. Polisintetik tillar.(q. Agglyutinativ tillar, Flektiv tillar).

Tinish belgisiyozmanutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmun munosabatlarini ko‘rsatuvchi muhim yozuv vositasi. Ular quyidagilar: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), ko‘p nuqta (…), tire (–), qavs ( () ), qo‘shtirnoq (“”).

Nuqtaning ishlatilishi. Nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi:1) tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o‘z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki, uning kuchi yetsa.2) birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan keyin:“Men hozir jo‘nayman, – dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo‘lga chiqing”.3) qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy).4) sanash yoki ayrim fikrning qismini ifodalagan va oy, kun, yilni bir-biridan ajratish uchun qo‘llangan raqam yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi.Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o‘z o‘rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Ketdi.(A.Qah.) Shuningdek, sarlavhadan keyin (darak gap bo‘lsa) nuqta qo‘yilmaydi. Lekin sarlavha birdan ortiq mustaqil sodda gapdan tuzilgan bo‘lsa, oldingilaridan keyin nuqta qo‘yilib, oxirgisidan keyin qo‘yilmaydi: Gap. Sodda gap

So‘roq belgisining ishlatilishi. So‘roq belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) so‘roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz? 2) so‘roq gap birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunda: a) so‘roq gap mustaqil bo‘lsa, har biridan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Qishloq qanday? Og‘aynilar yaxshi yurishibdimi?b) agar so‘roq gap mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, va qo‘shma gap tarzida bo‘lsa, eng so‘nggi so‘roq gapdan keyin qo‘yiladi: – Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi?3) gap darak gap, undagi birorso‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz.Ba’zan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so‘roq, qolgani esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holda ular orasiga vergul yoki tire qo‘yilishi mumkin, lekin qo‘shma gapning qismi vergul yoki tire bilan ajratilishi shart bo‘lganligi tufayli so‘roq belgisi qo‘yilmaydi: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong‘i.

Undov belgisining ishlatilishi. Undov belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1)his-hayajon ifodalagan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik! 2) buyurish, tilak, orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko‘zimdan yo‘qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa! 3) gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalma, undov hamda ha va yo‘q so‘zidan keyin: Yo‘q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!Bunda undovdan oldingi so‘z mustaqil gap sifatida qaraladi.

Ko‘p nuqtaning ishlatilishi. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1) fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz...2) so‘zlovchining o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: Bugun... bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi? 3) ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko‘rsatish uchun: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz...4) biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: Bugun yettinchi bo‘limga kelib, ... fig‘oni oshdi.

Ko‘p nuqta, undov va so‘roq belgisining birga kelishi.Gap mazmuni mazkur tinish belgisining birga qo‘llanishini taqozo qiladi. Bunda: 1) so‘roq mazmunidan his-hayajon kuchliroq bo‘lgan gapdan keyin avval undov, keyin so‘roq belgisi birikkan holda (!?) qo‘yiladi: Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?2) kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so‘roq gapdan so‘ng avval so‘roq, keyin undov belgisi birikkan holda qo‘yiladi: – A?! – Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo‘lib qoldi. – Direktorimiz-a?! 3) kuchli his-hayajon ifodalagan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avval undov, keyin ko‘p nuqta birikkan holda (!...) qo‘llanadi: – Nafisa!.. Nafisaoy!...4) mazmunan tugallanmagan so‘roq gapdan so‘ng avval so‘roq, keyin ko‘p nuqta birikkan holda (?...) ishlatiladi: – Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?...

Vergulning ishlatilishi. Vergul quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1)uyushiq bo‘lak orasida: 2) bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘lak orasida: 1. Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon – O‘zbekning chamani, bog‘-u bo‘stoni. 3) takrorlanuvchi bog‘lovchi bilan birikkan uyushiq bo‘lak orasida: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o‘yga toladi. 4) zidlovchi bog‘lovchi yordamida birikkan uyushiq bo‘lak orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.5)undalmani gapdan ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo‘naymiz; 6)kirish so‘zni va tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan kirish gapni ajratish uchun: a). Xullas, ertaga shu yerda yotiladigan bo‘ldi. b) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi; 7) ha va yo‘q so‘zini gap bo‘lagidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to‘rg‘i. Yo‘q, ertaga kela olmayman;8) gapning ajratilgan bo‘lagini ajratib ko‘rsatish uchun: “Biz, 22-guruhda o‘quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o‘qishini istaymiz”;9) bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gapda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi;10)va, ham, hamda, yoki (yolg‘iz kelgan holida) dan boshqa bog‘lovchi bilan bog‘langan qo‘shma gapda: hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o‘tirar edi;11) ergash va bosh gapni ajratish uchun: Hamma yig‘ilsa, majlis boshlanadi;12) muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratish uchun:Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dedi ota, – kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi;

Nuqtali vergulning ishlatilishi. Nuqtali vergul quyidagi o‘rinda qo‘llanadi: 1) o‘z ichida vergul bo‘lgan va guruh-guruh qo‘llangan yoki yoyiq uyushiq bo‘lak orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug‘i, hayot quvonchi - Hammasining asli manbai Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi. 2)         o‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gapni o‘z ichiga olgan qo‘shma gapda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi; 3) qavsli harf yoki raqam bilan tartiblangan gapning oxirgisidan boshqasida: Qo‘shma gap uchga bo‘linadi: a) bog‘langan qo‘shma gap; b) bog‘lovchisiz qo‘shma gap; d) ergash gapli qo‘shma gap.

Ikki nuqtaning ishlatilishi. Ikki nuqta quyidagi holda ishlatiladi: 1) uyushiq bo‘lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan so‘ng: Yig‘ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so‘zga chiqishdi; Ba’zan umumlashtiruvchi so‘z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo‘yilaveradi: Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin, ishchilarga yetarli sharoit yaratilsin.2) quyidagi ma’noni ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gapda: a) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa: U ichkariga shoshib kirib ketdi: telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan;b) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko‘rsatsa: Shamol juda zo‘raydi: daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi;d)        agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.e) ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng: U baland ovozda so‘radi: - Kim bor?

Tirening ishlatilishi. Tire quyidagi o‘rinda qo‘llanadi: 1) ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega va kesim orasida: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Bularni amalga oshiradigan – siz. O‘qish – hayotni uqish;2) uyushiq bo‘lakdan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan;3) ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish orasida: Men – Valiyev To‘ychi, 1973- yilda Dehqonobodda tug‘ilganman;4) kirish gap bilan gap bo‘laklari orasida: Tunov kungi ovchi – uni o‘rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so‘zlab berdi;5) muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: Bugun kelasizmi? so‘radi qizi; 6) dialog tipidagi ko‘chirma gapda: Keldimi? – Keldi;7) kutilmagan voqea-hodisani ifodalagan gapdan oldin: Kecha sizlarnikiga borgan edim – Asqarjon kelibdi!8) zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gap orasida: Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz.

Qavsning ishlatilishi. Qavs quyidagi holda ishlatiladi: 1) ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z yoki ibora qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi; Qavsdan oldingi tinish belgisi (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyin qo‘yiladi: Chavandoz bu gapni Ertoyevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo‘ladi, aytmasa bir joydan chatog‘i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchehra mojarosi chiqsa bo‘ladimi?2) kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs bilan beriladi: a) Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. b)Aziz Kamol(xayol og‘ushida).Vatanimizga qarshi ko‘tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho‘qqisiga chiqdi;3) misol yoki ko‘chirmaning manbai: Eshik qars etib yopildi. (O.Yoq.);4) kirish so‘z yoki iboraga oid tinish belgi qavsning ichiga olinadi: To‘satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin... yozgan xati (o‘shandan beri undan dom-darak yo‘q!) ... tushdi.

Qo‘shtirnoqning ishlatilishi. Qo‘shtirnoq quyidagi holda ishlatiladi: 1) ko‘chirma gapni ajratib ko‘rsatish uchun: “Ertaga kelaman “, - dedi;2)ko‘chma, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmasi ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog‘ asali” sotadigan yigit ... dovonning naryog‘iga o‘tib ketgan.Qo‘shtirnoqqa olinishi kerak bo‘lgan so‘zda turlovchi (kelishik) qo‘shimcha mavjud bo‘lsa, bu qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi: Buni ko‘rgan Aziz o‘zi haydab kelayotgan «GAZ 69”ning yurishini tezlatib, yo‘lga chiqdi-da, “Jiguli “ tomonga burildi.

Zahiriddin MuhammadBoburbuyuk davlat arbobi, ajoyib sarkarda, talantli shoir, muarrix, geograf, etnograf, adabiyotshunos, islomshunos, harbshunos, musiqashunos, tilshunos sifatida dunyo ilm ahliga ma’lum va mashhur.U Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilining istiqboli yo‘lidagi kurashini davomettirib, nutq madaniyatiga katta e’tibor qaratdi. Bobur tilshunoslikka doir maxsus asar yozmagan bo‘lsa ham, o‘zining qomusiy asari «Boburnoma»da tilshunoslikka doir qimmatli qarashlarini ham bayon etdi. «Boburnoma»da uch oilaga kiruvchi hind, fors, afg‘on; arab va o‘zbek tillarini solishtirib, dunyo tilshunosligida yangi nazariyaning – bir necha tillarni qiyoslab o‘rganish nazariyasining asoschisi sifatida tanildi. Shuningdek, asarda so‘zlar etimologiyasi, nutq tovushlari tahlili, uslubiyat, so‘z semantikasi, grammatik vositalar, lahja va adabiy til munosabati masalalari xususida qimmatli ma’lumotlar ham keltiriladi.

1. achasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

2. achchig‘i burnining uchida: bekorga, sal narsaga jahli qistayveradigan odam haqida

3. achchig‘i burnining ustida: bekorga, sal narsaga jahli qistayveradigan odam haqida

4. adabini bermoq: qilmishiga yarasha jazoladi

5. adovat urug‘ini sochmoq: ig‘vo tarqatmoq, gijgijlamoq, bir-biriga tezlamoq.

6. ajina chalmoq: Jin tegib, aqldan ozdirmoq

7. aksini topmoq: 1.silliq, yarqiroq sathda (tasviri) ko‘rinmoq 2.qaytmoq (mas., aks sado haqida); 3.ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq (ichki his-tuyg‘u, kayfiyat va sh.k. haqida) 4.o‘z ifodasini topmoq

8. ammamning buzog‘i: landovur, lapashang

9. anqoning urug‘i: topilishi qiyin, kamyob narsa

10. aqlini tanidi: es-hushli bo‘ldi

11. aqlini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

12. aql-u hushini yo‘qotdi: o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan darajaga yetdi

13. arpasini xom o‘rdi: nima yomonlik qildi

14. asfalasofilin bo‘lmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

15. asfalasofilinga ketmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

16. avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi: 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi

17. avjga yetdi, avjga mindi: yuqori darajaga ko‘tarildi

18. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi

19. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

20. bag‘rini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

21. barmog‘ini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi

22. barmog‘ini tishladi: 1) hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi 2)afsuslandi

23. baxtini bog‘lamoq: baxtsiz qilmoq, baxtiga to‘siq bo‘lmoq.

24. berdisini aytguncha urib o‘ldirmoq: gapirib bo‘lguncha kutmay (chidamay) biror narsa dedi

25. berdisini aytmoq: oxirini gapirdi

26. bino qo‘ygan: ortiqcha baho bergan, yuksak fikrda bo‘lgan

27. bir boshini ikkita qildi: oilali qildi

28. bir ikki shingil: ozgina, andak

29. bir qorindan talashib tushmoq: bir onadan tug‘ilgan

30. bir shingil: jindak, qittak, juda oz

31. bir yoqda tursin: zidlash ma’nosini anglatib, bog‘lovchi vazifasida keladi

32. bo‘yin egdi: itoat qildi

33. bo‘ynini xam qildi: itoatli bo‘ldi

34. bosgan yerini quritmoq: borgan yerida hech narsa qoldirmay yuq qilmoq, yeb-ichib, talab bitirmoq.

35. boshini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

36. boshini bukdi: uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi

37. boshini ko‘tardi: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

38. boshini og‘ritdi: 1) o‘yladi 2) miyasini charchatdi

39. boshini olib ketdi: butunlay tashlab ketdi

40. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi

41. boshini xam qildi: uyat-nomusdan boshini ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi

42. boshini yedi: yo‘q qildi, halok qildi

43. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi

44. burnini suqmoq: 1) kirmoq 2) aralashmoq

45. burnini tiqmoq: aralashmoq

46. burnini yerga ishqadi: qattiq jazoladi

47. chakagi tinmaydi: Ko‘p beto‘xtov gapiradi; ezma

48. chehrasini ochdi: 1)xafachiligining tarqaganini ko‘rsatdi

49. chigilini yozdi: 1) xafachiligini tarqatdi 2) charchog‘ini tarqatdi

50. damini bosdi: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi

51. damini ichiga yutdi: hech qanday tovush chiqarmaydi

52. damini kesdi I: gapirtirmadi

53. damini kesdi II: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi

54. dastasini o‘zidan chiqarmoq: sopini o‘zidan chiqarmoq q. Sop. kim nimani Yonidan mablag‘ yoki kuch sarf qilmay, boshqalar hisobiga ish bitirmoq.

55. diqqinafas bo‘lmoq: Ko‘chma. Yuragi siqilib asabiylanmoq; bo‘g‘ilmoq; xunob bo‘lmoq, xunobi oshmoq; zerikmoq

56. do‘ppisini osmonga otdi: juda xursand bo‘ldi

57. do‘ppisini yarimta qilib: g‘am emasdan, shod- xurram bo‘di

58. dumini tugdi: qaytmas qilib haydadi

59. es- hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

60. es- hushini olib qochdi: xayolini o‘ziga tortibolib qoldi

61. es- hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

62. es(im) qursin: nimanidir esdan chiqarganda o‘ziga tanbehni, koyishni ifodalaydi

63. es-hushini yig‘di: 1)parishonlikdan qutuldi 2)o‘ylab ish tutadigan bo‘ldi

64. esini tanidi: go‘daklik davridan chiqib, ongli hayot yo‘liga kirdi

65. esini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

66. etagini o‘pmoq: mute bo‘lmoq, aytganini qiladigan holda bo‘ysunmoq.

67. etini yedi: ruhan azoblandi, ezildi

68. g‘amini yedi: 1) g‘amxo‘rlik qildi 2)ilgaridan o‘ylab, hozirlik qilib qo‘ydi

69. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

70. gina qilmoq: biror kishiga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq; ko‘ngildagi xafalikni izhor qilmoq.

71. gunohini yuvmoq: O‘zini oqlab, ayb, gunoh, kamchiliklardan forig‘ bo‘lmoq. Ezgu ish, yaxshilik, ibratli xatti-harakat va sh.k. bilan o‘zini oqlamoq; gunohidan xoli bo‘ladigan ish qilmoq

72. hayrat barmog‘ini tishlamoq: nihoyat darajada hayron bo‘lmoq; hayratda qolmoq.

73. hojatini ravo qilmoq: kim kimning Hojatini chiqarmoq, tilagini amalga oshirmoq.

74. hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

75. hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

76. ich-etini yedi: ruhan azoblandi, ezildi

77. ichini bir nima tataladi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi

78. ichini it tirnadi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi

79. ichini kemirdi: yashirin holda ruhan bezovtalandi

80. ichini mushuk tataladi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi

81. ichini qizitdi: qiziqish uyg‘otdi

82. ikki gapning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

83. ikki gapning o‘rtasida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

84. Ikki oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi

85. Ikki oyog‘ini bir etikka tiqdi: juda qiyin ahvolga tushdi

86. Ikki oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

87. Ikki qo‘lini burniga tiqdi: quruqdan- quruq, evaziga hech narsa ololmay

88. Ikki qo‘lini og‘ziga tiqdi: hovliqib, lozim bo‘lganidan ko‘ra ortiqroq narsani ro‘yobga chiqarish uchun intildi

89. Ikki shingil: ozgina, andak

90. Ikki so‘zning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

91. ilon yog‘ini yalagan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

92. ilon yog‘ini yegan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

93. iltimosini qaytardi: rad javobini berdi

94. in’om etmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

95. in’om qilmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

96. insof bermoq: insofga keltirmoq, insofli qilmoq

97. issiq o‘rnini sovitmoq: mavjud qulay, yaxshi sharoit imkoniyatidan, joyidan kechmoq, uni tashlamoq.

98. jahlini keltirdi: achchiqlandi

99. javobini berdi I: 1)javobli ish tutdi 2)qondirdi 3)javobgarlikni o‘z ustiga oldi 4) «ketish»ga ruxsat berdi

100. javobini berdi II: 1) haydab yubordi 2) er-xotinlik holatini bekor qilishga rozilik berdi

101. jazosini berdi: qilmishiga yarasha jazoladi

102. jini suymaydi, jini sevmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

103. jiniga yoqmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

104. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi

105. jonini berdi: har qanday og‘ir shartni, talabni bajarishga tayyor bo‘ldi

106. jonini chiqardi: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi

107. jonini fido qildi: o‘zini qurbon qilishga ham tayyor bo‘ldi

108. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi

109. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

110. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi

111. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

112. jonini kuydirib: mashaqqatni o‘z oldiga olgan holda, tirishib

113. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi

114. jonini tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi

115. jonining boricha: kuch -quvvati yetganicha, tirishib

116. kalavasining uchini topdi: jumboqni hal qilish yo‘lini topdi

117. kalavasining uchini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

118. kampiragini uchirdi: qattiq cho‘chish bilan qo‘rqdi

119. kavushini to‘g‘irlab qo‘ydi: haydab yubordi

120. kekirdagini cho‘zdi: 1)shovqin solib, dabdabali qilib gapirdi 2) o‘dag‘ayladi

121. kim bilsin: aniq aytib bo‘lmaydi

122. kindigi kesilgan: tug‘ilgan

123. kindik qoni to‘kilgan: tug‘ilgan

124. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.

125. ko‘ksini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

126. ko‘nglini bo‘lmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik

127. ko‘nglini buzmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik

128. ko‘nglini cho‘ktirdi: ruhsizlantirdi

129. ko‘nglini ezdi: ruhan azoblandi

130. ko‘nglini g‘ashladi: tashvish qildirdi

131. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

132. ko‘nglini ko‘tardi: ruhlantirdi

133. ko‘nglini o‘stirdi: ruhlantirdi

134. ko‘nglini ochdi I: xafachiligini tarqatib, xursand qildi

135. ko‘nglini ochdi II: ichidagi istak yoki dardini aytdi

136. ko‘nglini og‘ritdi: ranjitdi

137. ko‘nglini oldi: xursand qilish bilan o‘ziga

138. ko‘nglini ovladi: o‘ziga moyil qilish uchun intildi

139. ko‘nglini qoldirdi: avvalgi yaxshi munosabati o‘rniga xush ko‘rmaslik hissi uyg‘otdi

140. ko‘nglini qora qildi: juda xafa qildi

141. ko‘nglini so‘radi: boshiga xafachilik, musibat tushgan kishiga hamdardlik bildirib hol-ahvolini so‘radi

142. ko‘nglini sovitdi: avvalgi yaxshi munosabati yo‘q bo‘ldi

143. ko‘nglini to‘q qildi: o‘ta xotirjam bo‘ldi

144. ko‘nglini to‘q tutdi: o‘ta xotirjam bo‘ldi

145. ko‘nglini tog‘day ko‘tardi: xursand qilib benihoya ruhlantirdi

146. ko‘nglini topdi: istak -xohishiga mos tushadigan harakatlar qilish bilan o‘ziga moyil qildi

147. ko‘nglini uzdi: yuragiga yaqin, intilgan kishisidan yoki narsasidan ajralishga qaror qildi

148. ko‘nglini xira qildi: bezovta, notinch bo‘ldi

149. ko‘nglini yordi: ichidagi istak yoki dardini aytdi

150. ko‘nglini yorishtirdi: ko‘nglidagi g‘ashlikni tarqatdi

151. ko‘nglini yozdi: xafachiligini tarqatdi

152. ko‘nglini yumshatdi: rahmdilligi uyg‘otdi

153. ko‘nglining bir chekkasi g‘ash: tashvishli, bezovta, notinch

154. ko‘nglining bir chekkasi xira: tashvishli, bezovta, notinch

155. ko‘nglining bo‘shligi: ko‘ngilchan, rahmdil ekanligi

156. ko‘z ilindi: mizg‘idi, uxlay boshladi

157. ko‘z qirini tashladi: tez va sezilar- sezilmas qaradi

158. ko‘zga chalindi: bir marta noaniq holda ko‘rindi

159. ko‘zga ko‘rinarmidi?!: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab-netib o‘tirmaslik

160. ko‘zga ko‘rindi: 1) tanildi 2) o‘ziga diqqat-e’tiborni jalb qiladigan bo‘ldi

161. ko‘zga ko‘rinmaslik I: 1) tanilmaslik 2) o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmaslik

162. ko‘zga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

163. ko‘zi ilindi: mizg‘idi, uxlay boshladi

164. ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

165. ko‘zi qinidan chiqmoq: ko‘zi olayib ketmoq, ko‘zi ola-kula bo‘lmoq.

166. ko‘zi tindi: 1)holsizlanish natijasida ko‘z oldi xiralashdi 2)ko‘p va mayda narsaga tikilib, ko‘z oldi xiralashdi

167. ko‘ziga issiq ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

168. ko‘ziga ko‘rinib ketdi: birdaniga xotirasida gavdalandi

169. ko‘ziga ko‘rinmaslik I: ro‘para bo‘lmaslik, duch kelmaslikka harakat qilish

170. ko‘ziga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

171. ko‘ziga o‘tday ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

172. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

173. ko‘ziga sovuq ko‘rindi: yoqmaslik, jirkanish hissini uyg‘otmoq

174. ko‘zini bildi: ustalik bilan bajara oldi

175. ko‘zini bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

176. ko‘zini chirt yumib: tavakkal qilib

177. ko‘zini o‘ynatdi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

178. ko‘zini ochdi: hushyor qildi, yaxshi-yomonni tushunadigan qildi

179. ko‘zini oldi: qarashni to‘xtatdi

180. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

181. ko‘zini pishitdi: anchagina o‘rganib, tajribasini orttirdi

182. ko‘zini qamashtirdi: 1) nur aks etib, ko‘zi hech narsani ko‘rmaydigan bo‘ldi 2)go‘zalligiga mahliyo bo‘ldi

183. ko‘zini shira bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi

184. ko‘zini tikdi: 1) tikilib qaradi 2) umidvor bo‘lib qaradi

185. ko‘zini to‘rt qildi: intizor

186. ko‘zini uzmaslik: muttasil qarash

187. ko‘zini uzmay: muttasil (qaradi)

188. ko‘zini yog‘ bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi

189. ko‘zini yugurtirdi: tez va yuzaki qaradi

190. ko‘zining ochiqligida: barhayotligida

191. ko‘zining oqu qorasi: yakka-yu yagona va qadr-qiymati biqiyos yuksak

192. ko‘zining paxtasi chiqdi: g‘azabi ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

193. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

194. ko‘zining qirini tashladi: tez va sezilar- sezilmas qaradi

195. ko‘zining qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

196. ko‘zining tirikligida: barhayotligida

197. ko‘zining yog‘ini yedi: o‘zini kimgadir yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan o‘z manfaati yo‘lida foydalandi

198. ko‘zning oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

199. kunini ko‘radi: tirikchilik qiladi, tirikchilik o‘tkazadi

200. kunini o‘tkazdi: 1)vaqtini o‘tkazdi 2)tirikchiligini qildi

201. kuragini yerga tegizmoq: kurashda, bellashuvda yengmoq, g‘alaba qilmoq.

202. labini tishladi: kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini bilmay qoldi

203. miyasini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

204. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

205. miyasini qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi

206. miyasini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

207. mushugini «pisht» demaydi: hech qanday ozor etkazmaydi

208. nafasini ichiga oldi: hech qanday tovush chiqarmaydi

209. nafasini ichiga yutdi: hech qanday tovush chiqarmaydi

210. ninaday gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

211. nishabini o‘ziga og‘dirmoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.

212. nishabini o‘ziga to‘g‘irlamoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.

213. nonini tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi

214. o‘lganning kunidan: Boshqa iloji bo‘lmaganidan.

215. o‘lganning ustiga tepdi: bir ko‘ngilsiz ish ustiga boshqa bir ko‘ngilsiz ishni qildi

216. o‘pkasini bosolmaydi: o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaydi

217. o‘takasini yordi: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi

218. o‘ziga bino qo‘ygan: ortiqcha baho bergan, yuksak fikrda bo‘lgan

219. o‘ziga tinch: uy-ro‘zg‘ori, hayoti me’yorida, o‘zidan tingan.

220. o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

221. o‘zingizdan qolar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

222. o‘zini bosmoq: O‘zini tutmoq, tiymoq

223. o‘zini oynaga solmoq: kim O‘z holatini ko‘zguda ko‘rmoq.

224. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi

225. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

226. o‘zini qo‘lga oldi: o‘z xatti–harakatlarini irodasiga bo‘ysundirdi

227. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

228. o‘zini tag‘ofilga solmoq: Ko‘rib ko‘rmaslikka, bilib bilmaslikka olmoq.

229. o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: gangib qoldi

230. o‘z–o‘zini yeb qo‘ydi: ichki ruhiy azoblanish natijasida ozib–to‘zib ketdi

231. obro‘yini ko‘tardi: yana ham e’tiborli qildi

232. obro‘yini oshirdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

233. obro‘yini to‘kdi: nufuziga zarba etkazdi

234. obro‘yini tushirdi: nufuziga zarba yetkazdi

235. odobini berdi: qilmishiga yarasha jazoladi

236. og‘izini juftladi: gapirishga hozirlandi

237. og‘izini ko‘pirtirdi: ko‘p va maqtanib gapirdi

238. og‘zing qani desa qulog‘ini ko‘rsatadi: o‘taketgan noshud, merov, anqov

239. og‘zini ochdi: 1)angraydi 2) gap boshladi

240. og‘zini poyladi: 1) tingladi, nima deyishini diqqat bilan kutdi 2) o‘z bilganicha ish qilmay, kimningdir ko‘rsatmasini kutdi

241. og‘zini poyladi: biror fikrni o‘zicha aytishini kutdi

242. og‘zini tiymoq: 1. biror narsa deyishdan, gapdan o‘zini tutmoq, gapirishdan to‘xtamoq, og‘ziga erk bermaslik. 2. gapirtirmay qo‘ymoq, gapirishdan to‘xtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.

243. og‘zini yumdi: gapirishini to‘xtatdi

244. og‘zining tanobi qochdi: behad sevindi, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaydi

245. oldi olindi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rildi

246. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi

247. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi

248. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

249. onasini ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

250. onasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

251. oralarini buzdi: o‘zaro munosabatini yomonlashtirdi

252. oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi

253. oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

254. oyog‘ini yerga tiradi: qaysarlik qildi

255. oyoq osti qilindi: tahqirlandi

256. oyoqning bog‘i bo‘lmoq: boshiga tashvish, dardisar bo‘lmoq; xalaqit bermoq.

257. payini qirqdi: mavqeidan mahrum etadigan zarba etkazdi

258. pichingida ham jon bor: pichingida ham jon bor

259. pinagini buzmaslik: o‘ziga qartilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor qilmaslik, o‘zini go‘yo hech narsa bilmagandek tutish

260. pinakka ketdi: 1)uxlab qoldi 2)xayolga cho‘mdi

261. pixini yorgan: o‘taketgan uddaburon, quv

262. po‘stagini qoqdi: ayovsiz tanqid qildi

263. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi

264. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

265. qalbini ochdi: ichidagi istak yoki dardini aytdi

266. qalovini topmoq: 1.to‘g‘ri qalamoq; 2.ko‘chma yo‘lini, ilojini topmoq; ishning ko‘zini bilib ish tutmoq.

267. qo‘lini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi

268. qo‘lini burniga tiqib: quruqdan-quruq, evaziga hech narsa ololmay

269. qo‘lini ko‘tardi: taslim bo‘lganini bildirdi

270. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi

271. qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga urdi: ixlosi qaytib, ishonmay qo‘ydi

272. qo‘yi mingga etdi: behad sevindi

273. qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

274. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi

275. qoshini kermoq: 1.qoshini ko‘tarmoq; 2.taajjublanib qaramoq.

276. quling o‘rgilsin: ajoyib

277. qulog‘iga chalindi: biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitdi

278. quloq–miyasini yedi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

279. rahmini keltirdi: ayash, achinish hissini uyg‘otdi

280. razm solinsa: sinchkovlik bilan kuzatilsa

281. ruhini ko‘tardi: ruhiy tushkunlikdan qutqardi

282. sarkalavasini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

283. sazasini o‘ldirmaslik: gapi e’tiborsiz qolsa, xafa bo‘lmasin deb aytganini bajardi

284. sevinchi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

285. sevinchini yuragiga sig‘dirolmaslik: xursandchiligi oshib-toshib ketdi

286. shovqin soldi: qattiq shovqin qildi

287. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi

288. so‘zini berdi: ahd-u paymon qildi

289. so‘zini bermaslik: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvdayutib chiqishga qodir bo‘ldi

290. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi

291. so‘zini qaytardi: rad javobini berdi

292. ta’min etmoq: 1.kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta’minlamoq. 2.biror narsaning amalga oshishi, ro‘yobga chiqishi, muhayyo bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. 3.qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo‘lmoq.

293. ta’min qilmoq: 1.kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta’minlamoq. 2.biror narsaning amalga oshishi, ro‘yobga chiqishi, muhayyo bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. 3.qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo‘lmoq.

294. ta’zirini berdi: yengil-yelpi jazoladi

295. ta’zirini bermoq: Adabini bermoq, tavbasiga tayantirmoq

296. ta’zirini yedi: qilmishiga yarasha jazo oldi

297. ta’zirini yemoq: Jazosini tortmoq, adabini yemoq, tavbasiga tayanmoq

298. tabiatini xira qildi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi

299. tahorat sindirmoq: yozilmoq, bo‘shalmoq; hojatga bormoq.

300. tarafini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

301. tashvishini qilmoq: biror narsa taraddudida, harakatida bo‘lmoq, o‘ylamoq.

302. taskin bermoq: yupatuvchi gap-so‘z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo‘l bilan yupantirishga, tinchitishga harakat qilmoq.

303. taskin topmoq: yupatuvchi gap-so‘z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo‘l bilan yupantirishga, tinchitishga harakat qilmoq.

304. tatig‘ini bermoq: jazosini, adabini, ta’zirini bermoq.

305. tatig‘ini yemoq: 1.jazosini tortmoq, adabini, ta’zirini yemoq. 2.mazasini, lazzatini totmoq.

306. taxirini chiqarmoq: sharmanda qilmoq, izza qilmoq; pachavasini chiqarmoq.

307. taxmin qilmoq: ..deb o‘ylamoq, faraz qilmoq, o‘ylamoq.

308. teri to‘nini ters kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

309. tilini qisdi: gapirmaslikka, e’tiroz bildirmaslikka majbur qildi

310. tilini tishladi: o‘zini gapirmaslikka majbur qildi

311. tilini tiymoq: 1. biror narsa deyishdan, gapdan o‘zini tutmoq, gapirishdan to‘xtamoq, og‘ziga erk bermaslik. 2. gapirtirmay qo‘ymoq, gapirishdan to‘xtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.

312. tinka - madori quridi: toliqdi, darmonsizlandi

313. tinkasi quridi: toliqdi, darmonsizlandi

314. tirnog‘ini o‘stirmaslik: Birovning biri ikki bo‘lishiga, o‘nglanishiga, boyishiga yo‘l qo‘ymaslik

315. tishini tishiga qo‘ydi: butun his-tuyg‘usini iroda kuchi bilan yengib chidadi

316. tishining kavagida saqlamoq: lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni.

317. tishining oqini ko‘rsatdi: tirjayib, ishshayib qaradi

318. titig‘ini chiqarmoq: Qattiq kaltaklamoq, dabdala qilmoq

319. to‘ng bo‘yin: Bo‘yin bermaydigan, bo‘yin egmaydigan, o‘jar

320. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

321. to‘rt gapning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

322. to‘ydirganning qorniga tepmoq: Yaxshilik, himmat qilgan, qo‘llab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq ma’nosidagi ibora

323. tomog‘ini yog‘lamoq: Pora bermoq, pora o‘rnidagi narsa bilan siylamoq

324. tomonini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

325. tumshug‘ini suqdi: 1) kirdi 2) aralashdi

326. tumshug‘ini tiqdi: aralashdi

327. tuprog‘i shu yerdan olingan: Asli shu yerning odami, shu yerning o‘ziniki degan ma’noni qayd etadi

328. tuprog‘ini yalamoq: Ma’lum joy, hududda ko‘p yillar muqim bo‘lmoq

329. tushingizni suvga ayting: Bekor aytibsiz, bo‘lmagan gap, aslo unday emas

330. tuya ko‘rdingmi–yo‘q: o‘zini ko‘rmaganga, bilmaganga chiqardi

331. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.

332. u yoqda tursin: zidlash ma’nosini anglatib, bog‘lovchi vazifasida keldi

333. umidini uzdi: ko‘nglidagi oxirgi ilinjini ham yo‘qotdi

334. umri bino bo‘lib: q. bino

335. xolvachining teshasiday: 1. qisqa, kalta. 2. chaqqon, epchil (kishi haqida)

336. xush keldingiz: Mehmon kelganda, hurmat yuzasidan aytiladigan ibora

337. yaqin olmoq: 1)qadrdon qilib ko‘rsatdi 2)qadrdon deb bildi

338. yarasini yormoq: Dardini aytmoq, dilidagini oshkor qilmoq.

339. yashin (yoki chaqmoq) tezligida: Juda tez, ko‘z ochib yumguncha

340. yelkasining chuquri ko‘rsin: yana qaytadan hech qachon ko‘rmasin

341. yetti nomusini yerga bukmoq: sharmanda qildi

342. yo‘l bo‘lsin: 1)qayerga ketyapsiz, qayerga bormoqchisiz? (so‘rash) 2)Qayoqda!(biror ishni) qila olarmidi?!

343. yo‘lini bog‘lamoq: yo‘lini to‘smoq, oldiga ro‘para bo‘lmoq, to‘siq bo‘lmoq

344. yomonning kuchi yapaloqqa yetar: O‘zidan kichik yoki kuchsizga ozor beruvchi kishiga nisbatan aytiladigan ibora

345. yonini olmoq: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

346. yoqasini ushladi: nihoyat darajada ajablandi

347. yostig‘ini quritmoq: butun oilasi bilan o‘ldirib yubordi

348. yuragi qinidan chiqayozmoq: 1)betoqat bo‘ldi 2)sevinchdan kuchli to‘lqinlandi

349. yuragini bo‘shatmoq: ichida yig‘ilib qolgan hasrat-nadomatini aytib, yig‘lab, ruhan yengillashib oldi

350. yuragini changallamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

351. yuragini ezmoq: ruhan azoblandi

352. yuragini hovuchlamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

353. yuragini ochmoq: ichidagi istak yoki dardini aytdi

354. yuragini olib qo‘ymoq: bezillatib qo‘ydi

355. yuragini siqmoq: ziq qildi

356. yuragini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

357. yuragini tirnamoq: yashirin holda ruhan bezovta qildi

358. yuragini yormoq: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi / ichidagi istak yoki dardini aytdi

359. yuragini yozmoq: xafachiligini tarqatdi

360. yuragining bir chekkasi g‘ash bo‘lmoq: tashvishli , bezovta, notinch

361. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi

362. yuzi shamgin bo‘lmoq: uyatli holatga tushdi

363. yuzini ochib yubormoq: uyalmaydigan qildi

364. yuzini ters burmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

365. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

366. yuzini yerga qaratmoq: uyat–nomusdan bosh ko‘tara olmaydigan holatga tushdi

367. zahrini sochmoq: zug‘um qildi, g‘azab bilan achitib-achitib gapirdi

368. zavqini keltirmoq: Kayfiyatini yaxshilamoq, ruhini ko‘tarmoq

369. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

370. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Achchiq – taxir – nordon – chuchuk – shirin
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yoridan ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

3. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Ammo – lekin – biroq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortishiga ko‘ra)

5. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

6. Asta – sekin – ohista
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining nofaolligiga ko‘ra)

7. Astoyidil – yurakdan – chindan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

8. Atama – termin – istiloh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ishlatilish doirasining kamligiga ko‘ra)

9. Avval – ilgari – oldin – burun – qadim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tarixiylik belgisining ortishiga ko‘ra)

10. Avvalgi – hozirgi – keyingi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamon belgisiga ko‘ra)

11. Ayb – gunoh – jinoyat
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy zararining kuchliligiga ko‘ra)

12. Aynimoq – achinmoq – biqsimoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining tor-kengligiga ko‘ra)

13. Azza-bazza – ataylab – atay – atayin – qasddan – jo‘rttaga
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

14. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

15. Birlik – o‘nlik – yuzlik – minglik
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm ko‘lamining kengligiga ko‘ra)

16. Biroz – ozgina – sal – xiyol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining torligiga ko‘ra )

17. Bog‘cha – maktab – litsey – kollej – institut – universitet
Ma’nosiga ko‘ra
(ta’lim-tarbiya ko‘lami va salohiyatiga ko‘ra)

18. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

19. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

20. Buzoq – tana – g‘unajin – sigir
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh darajasiga ko‘ra)

21. Ega – xo‘jayin – xo‘ja – sohib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

22. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

23. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

24. Faqir – miskin – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq -kamligiga ko‘ra)

25. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

26. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

27. Guruh – sinf – sistema
Ma’nosiga ko‘ra
(birlashuvning o‘sib borishiga ko‘ra)

28. Hech – aslo – asti – sira – mutlaqo – zinhor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

29. Ilgari – hozir – keyin
Ma’nosiga ko‘ra
(payt davriga ko‘ra)

30. Ilonning yog‘ini yalagan – shaytonga dars bergan.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlikning kuchli ifodalashiga ko‘ra)

31. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

32. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

33. Indamas – pismiq – ming‘aymas – damdo‘z
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik buyog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

34. Ingramoq – singramoq – inchkirmoq -yig‘lamoq -siqtamoq – o‘kirmoq – ho‘ng-ho‘ng yig‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakat belgisining keng yoki tor ifodalanishiga ko‘ra)

35. Inoq -ahil – qadrdon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

36. Insofli – vijdonli – adolatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

37. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

38. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

39. Kabi – singari – yanglig‘ – o‘xshash – bamisoli – misli – degandek
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yog‘ining ortiq darajada ekanligiga ko‘ra)

40. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

41. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

42. Kecha – bugun – erta – indin
Ma’nosiga ko‘ra
(zamoniyligiga ko‘ra )

43. Kesatiq – kinoya – istehzo – piching
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

44. Kichik – kichkina – mitti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

45. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

46. Miri – tiyin – so‘m
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdorning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

47. Mis – kumush – oltin
Ma’nosiga ko‘ra
(qiymat darajasining oshib borishiga ko‘ra)

48. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

49. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

50. Og‘ir – vazmin – zil – zalvorli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

51. Ozod – erkin – hur – sarbast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortib borishiga ko‘ra)

52. Qalin – quyuq – zich
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

53. Qarindosh – urug‘ – avlod – tug‘ishgan – jigar – jigarband – jigargo‘sha – xesh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

54. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

55. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

56. Qo‘rqinch – qo‘rquv – vahima – dahshat – vahshat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

57. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

58. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

59. Rota – qism – dviziya – qo‘shin – armiya
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

60. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

61. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

62. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

63. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

64. Tekinxo‘r – tekintomoq – baloxo‘r – harom – haromtovoq – parazit
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

65. Tinch – jim-jit – sokin – osuda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

66. Tovush – bo‘g‘in – so‘z – to‘xtam – jumla
Ma’nosiga ko‘ra
(nutq birliklari tarkibining sodda-murakkabligiga ko‘ra)

67. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

68. Uyat – ayb – gunoh – jinoyat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yog‘iga ko‘ra)

69. Uyushgan – hamjihat – intifoq – totuv – inoq – ahil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalash darajasiga ko‘ra)

70. Vaysamoq – vaqillamoq – javramoq – to‘ng‘illamoq – ming‘illamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

71. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

72. Xavfli – xavotirli – xatarli – qo‘rqinchli – tahlikali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

73. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

74. Yaqinlashmoq – hamkorlik qilmoq – aloqa bog‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

75. Yaxshi – durust – tuzuk – binoyi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

76. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

77. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

78. Zing‘illamoq – zipillamoq – g‘irillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.