Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oshyon}
So‘z bo‘g‘inlari: osh-yon
Izoh(lar)i:
oshyon ot

1. 1. 1 Qush uyasi; in. Qushlar oshyonidan uchib ketmishlar, Kech kuzak haybati soya solganda. A. Sher, Qadimgi kuy
Chegara bilmagan ozod qaldirg‘och Oshyon topadi bo‘g‘otimizda. G‘, G‘ulom

2. 2. Hovli-joy, boshpana. Men u taraflarda hovli-joy yo‘q bo‘lsa kerak, deb xayol qilgan edim, yo‘q, qishloq ahli biz ketgan soylikning ikki labini oshyon tutgan ekan. M. M. Do‘st, Lolazor
Vatan degan chog‘da oddiy oshyon — O‘lan to‘shagini anglaganlar mo‘l. A. Oripov, Yillar armoni

3. ko‘chma hma Makon, egallangan joy. Lola deganimizda, qir-adirlar malikasi, la’l bisotli gullar oshyonini ko‘z oldimizga keltiramiz. Gazetadan
[Bulut] Shamol qanotida yo‘l oldi xushnud Oshyonidan uzoq-uzoq tomonga. A. Oripov, Yillar armoni

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: in
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.