Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ildam} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: il-dam-lash-moq
Izoh(lar)i:
ildam sf

1. sft. ft. Tez harakat qiladigan; chaqqon, tez. Ildam yigit. Qo‘li sust kosibdan oyog‘i ildam gadoy yaxshi. Maqol
Karim chittak — kichkina, lekin harakatlari chaqqon va ildam bo‘lganidan, yoshlikda shunday laqabi bor edi, hozir kimsan — Mirzakarimboy. Oybek, Tanlangan asarlar
Ro‘paradagi ko‘rkam uylardan yaxshi kiyingan, ranglari toza, serg‘ayrat va ildam ayollar qo‘llarida idishlari bilan qozon boshiga qatnab turibdilar. P. Tursun, O‘qituvchi
Navkar minar ildam otni. Gulnorpari

2. rvsh. sh. Chaqqon va tez harakat bilan. Fazliddin otni ildam chiqarib, daraxtga bog‘ladi. Oybek, Tanlangan asarlar
[Salim-boyvachcha] Ichki cho‘ntagidan qog‘ozga o‘ralgan zaharni olib, titroq qo‘llari bilan oshga sepdi va qoshiq bilan ildam aralashtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ildam, ildam qadam tashlanglar! J. Sharipov, Xorazm

3. und. s. s. Chaqqon, tez harakatga undashni bildiradi. Qani, ildamroq, xo‘jayin kutyapti S. Karomatov, Oltin qum

Sinonim(lar)i: tez I
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tezlashmoq – jadallashmoq – ildamlashmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.