Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hamroh}
So‘z bo‘g‘inlari: ham-roh
Izoh(lar)i:
hamroh ot

1. 1. Yo‘lda birga boruvchi; yo‘ldosh. Hamroh bo‘lmoq Yarim kecha vaqtida shaharga kiradi, yonidagi tetik ham-rohining ko‘magida bir choyxonaga kirib olishga muvaffaq bo‘ladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
mehmonxonaga qaytayotganimizda, hamrohlardan biri: — Temir yo‘l bilan shahar o‘rtasidagi yayloq maydon qani? — deb so‘radi. O‘zbekiston qo‘riqlari

2. 2. Ish-faoliyatda, hayotda birga bo‘luvchi shaxs. Har kuni kechga tomon Sobirjonning bolalaridan bittasi Xayribibi oldiga kelib, hamroh bo‘lib yotardi. D. Nuriy, Osmon ustuni

3. ko‘chma hma Birga bo‘luvchi; birga. O‘shanda menga o‘kinch doimiy hamroh edi. Yoshlik
Oybek o‘z qahramonlarini iloji boricha yaxshilik bilan hamroh bo‘lishga, doimo ezgu niyat bilan yashashga da’vat etadi. O‘TA
O‘lar vaqtda hamroh bo‘lsin imonim. Murod-xon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yo‘ldosh , esh
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.