“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi” xodimi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Y.Abdullayev 1926- yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda Toshkent O‘qituvchilar instituti va O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. 1950-yildan Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishladi.
Y.Abdullayev bir necha darslik, o‘quv qo‘llanmasi, yuzdan ortiq maqolalar muallifidir. “Sintaksis va punktuatsiya mashqlari to‘plami” (Z.Ma’rufov bilan hamkorlikda) 1952-1956 yillarda besh marta nashr hilingan. 5-6- va 7-8-sinflar uchun “O‘zbek tili darsligi” (A.Borovkov, Z.Ma’rufov, T.Shermuhamedov bilan hamkorlikda) 1957- yildan 2002- yilgacha amalda bo‘ldi.
“Diktantlar to‘plami” (Sh.Koyenov bilan hamkorlikda, 2- nashri) 1957- va 1966-yillarda, “Imlo lug‘ati” (O‘rta maktab o‘qituvchilari uchun, M.Omilxonova va S.Zufarova bilan hamkorlikda) 1970- yilda nashr qilingan.
Y.Abdullayevbir necha marta “Faxriy yorliq”lar va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.