Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gunoh}
So‘z bo‘g‘inlari: gu-noh
Izoh(lar)i:
gunoh ot

1. din. in. Shariat qonuniga, diniy aqidalarga xilof ish, xatti-harakat. Domla g‘uldiragan ovoz bilan po‘pisa qildi: — Xudoning qudratiga shak keltirmang. Gunohingizni orttirasiz. Sizning hamma qilmishingiz gunoh. P. Tursun, O‘qituvchi
Kalomi sharifda yozilishicha, yig‘i-sig‘i ollo taoloning irodasiga qarshi borish bilan barobar gunohdir. K. Yashin, Hamza

2. 2. Odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti-harakat; jinoyat; ayb. — Nima gunoh qilibdi shu go‘dak? — deb o‘yladi Normat. I. Rahim, Chin muhabbat
Bir bechoraga tuhmat qilishsa-yu, bila turib, ko‘ra turib, jim o‘tirsam, gunoh bo‘lmaydimi? M.Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Otabeklar nega qomaldilar, qanday gunohlari bor ekan? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Shoshmang, dada, — Gulnor uning so‘zini kesib qichqirdi. — Nega Yo‘lchiga jazo berasiz, unda hech gunoh yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: savob
Sinonim(lar)i: ayb [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. gunohini yuvmoq: O‘zini oqlab, ayb, gunoh, kamchiliklardan forig‘ bo‘lmoq. Ezgu ish, yaxshilik, ibratli xatti-harakat va sh.k. bilan o‘zini oqlamoq; gunohidan xoli bo‘ladigan ish qilmoq

1. Ayb – gunoh – jinoyat
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy zararining kuchliligiga ko‘ra)

2. Uyat – ayb – gunoh – jinoyat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yog‘iga ko‘ra)

3. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.