Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ayb}
So‘z bo‘g‘inlari: ayb
Izoh(lar)i:
ayb [ayb ]

1. Rasm-qoidaga yoki odob-axloq me’yorlariga xilof ish, xatti-harakat; gunoh. U Oyqizning yoniga keldida, aybiga iqror bo‘lgan gunohkordek, ma’yuslik bilan gapirdi. Sh. Rashidov. G‘oliblar

2. Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti. To‘rt nafar harbiy Vatanga xiyonat qilishdagi aybi uchun sudga tortildi. Gazetadan

3. Kishi uyaladigan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat. [Xolisxon Tojiboyga:] Qo‘ying, xafa bo‘laman. Bu o‘zimning ukam, ayb bo‘ladi. Hamza, Xolisxon

4. Me’yorni, odatiy holatni buzuvchi belgi-holat, narsa; kamchilik, nuqson. Har to‘kisda bir ayb. Birovning aybiga kulmagil zinhor, sening aybingga ham kulguvchilar bor. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ayb qilmoq: 1.Ayb sodir etmoq, aybli ish qilmoq. 2.Huq. Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti 3 Kishi uyalganidan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat

1. Ayb – gunoh – jinoyat
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy zararining kuchliligiga ko‘ra)

2. Sababchi – sababkor – aybdor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

3. Uyat – ayb – gunoh – jinoyat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yog‘iga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.