Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {savob}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-vob
Izoh(lar)i:
savob ot

1. din. in. Diniy e’tiqodga ko‘ra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. [Yormat:] Nima ish qildim? Gunohmi, savobmi? Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. O‘zgalarga beminnat qilingan xolis yordam; yaxshi, ezgu ish. Do‘stlarim, qilmanglar bag‘rimni kabob, G‘aribning ko‘nglini ovlamoq — savob. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
[Davlatyor:] Bir yesir-beva. Tomini kurab beray, savob bo‘lar P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: gunoh [f-t]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.