Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘urur} - lan - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: g‘u-rur-lan-moq
Izoh(lar)i:
g‘urur ot

1. 1. Insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs. Yigitlik g‘ururi. Qizlik g‘ururi. Uning insoniy g‘ururi, tabiatining nozikligi yordam so‘ramoqqa yo‘l qo‘ymagan. Oybek, Navoiy
Ahmad o‘rtog‘iga qoyil qolmadi. Erkak kishida g‘urur degan narsa bo‘lishi kerak F. Musajonov, Himmat
Ziyolilar orasidan bir mard chiqib, o‘z milliy g‘ururini himoya etishga harakat qildi. Bu kishi Sebzor dahasining qozisi Muhiddinxo‘ja Hakimxo‘ja o‘g‘li edi. Fan va turmush

2. 2. Faxrlanish, mamnunlik tuyg‘usi; faxr, iftixor. Shodligidan terisiga sig‘maydi, ko‘ngli g‘urur ila mastona chayqaladi. S. Siyoyev, Avaz
Sanobar o‘g‘liga g‘urur va mehr bilan jilmayib qarab turar edi. M. Xayrullayev, Ko‘ngil
— Qishlog‘imiz tuprog‘ining sehri bor, — deydi qariyalar g‘urur bilan. Yoshlik

3. 3. Faxrlanishga asos bo‘ladigan narsa, kimsa va shu kabilar. Paxta — o‘zbek xalqining milliy iftixori va g‘ururi. Murotali sevinch va g‘ururi bo‘lgan o‘rikning tanish va qadrli novdalariga shodiyona boqib, o‘rnidan turdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Xalqimning qahramoni, g‘ururi bo‘lding. U. Ismoilov, Saylanma

4. 4. Kibrlanish tuyg‘usi, mag‘rurlik, kibr-havo. Olifta boyvachcha kibr va ahmoqona g‘ururi ila kresloda taltayganicha qoldi. Oybek, Nur qidirib
Gapingning tuzi qursin, qizim! G‘urur g‘urbatga solar, degan naqlning mag‘zini chaqsang-chi. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. E. Vohidov, Muhabbatnoma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Faxrlanmoq – g‘ururlanmoq – mag‘rurlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. G‘ururlanmoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

3. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.