Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dimog‘}
So‘z bo‘g‘inlari: di-mog‘
Izoh(lar)i:
dimog‘ ot

1. anat. at. Burun bo‘shlig‘i bilan og‘iz bo‘shlig‘ining tutashadigan yeri; halqumning yuqori bo‘limi. Gulro‘yning dimog‘iga gup etgancha nam tuproqning xush bo‘yi urdi. Yoshlik
O‘choqda damlab qo‘yilgan palov hidi dimog‘iga urilib, ishtahasini qitiqladi. Yoshlik

2. ko‘chma hma Ruhiy holat, kayfiyat. Jaranglashib, dimog‘lari chog‘ bo‘lib, Urganch elga hammasi to‘yga ketdi. Yusuf va Ahmad
Ahmadning ham dimog‘i chog‘lashdi. F. Musajonov, Himmat

3. ko‘chma hma O‘zini baland tutish, kibr-havo, kekkayish, takabburlik. Takabbur, olifta xonimlar dimog‘ bilan kekkayib, indamay o‘tirardi. Oybek, Nur qidirib
Keyingi kunlarda Rashidda dimog‘ paydo bo‘la boshladi. Sharq yulduzi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: g‘urur [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. dimog‘i chog‘: kayfiyati yaxshi

2. dimog‘i ko‘tarildi: gerdayib ketdi, kibrga berildi

3. dimog‘i shishdi: kibrlandi, gerdaydi

4. qovoq-dimog‘iga qaramoq: birovning xohishi bilan hisoblashmoq; birovning kayfiyatiga, ko‘ngliga qarab ish tutmoq.

1. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.