Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mag‘rur} - lan ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mag‘-rur-lan-moq
Izoh(lar)i:
mag‘rur [mag‘-rur ]

1. O‘z qadr-qimmati, g‘ururini saqlagan; g‘ururli. Unsin xizmatkorxona eshigida mag‘rur, lekin o‘ychan holda turgan akasini ko‘rishi bilan yugurib borib, uni quchoqladi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Asossiz yoki ortiq darajada g‘ururli bo‘lgan, o‘zini shunday tutadigan; kekkaygan; manman; kamtar. U ilgarigi mag‘rur va manman Tojiboy emas, hiylagina hovuridan tushgan va ancha muloyimlashib qolgan edi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. Turish-tuzilishi, ko‘rinishi viqorli. Jo‘raqul vagon derazasidan bahor libosiga burkangan yam-yashil dalalarga, ko‘kka bo‘y cho‘zib, mag‘rur qad ko‘targan o‘rmonlarga iftixor tuyg‘ulari bilan qarab borardi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Faxrlanmoq – g‘ururlanmoq – mag‘rurlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.