1. rvsh Belgili, odatdagi, me’yoriy vaqtdan ancha yoki birmuncha oldin, barvaqt, vaqtli.
Erta turmoq. Erta borib, kech qaytmoq. Erta qarigan kishi. Bu yil qish erta keldi. Ekinni erta ekkan hosilini erta o‘rar.
Maqol
2. Vaqt, fasl bildiruvchi ba’zi so‘zlar bilan birikib, shu vaqt, faslning eng (endigina) boshlanish vaqtini bildiradi.
Erta nahor chog‘ida, dengizning yoqimli orombaxsh mayin shamoli esib turganda Kaspiy ajib jilvagar ko‘rinardi.
N. Safarov, Olovli izlar
3. kesim vzf. Biror ish-harakatni bajarish, amalga oshirishga hali vaqt borligini, vaqti kelmaganligini bildiradi.
Uyga borishni istamadi, lekin gapga borishga hali vaqt erta edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. ot Tundan kunga o‘tish vaqti, tongdan so‘nggi payt; ertalab.
Nosvoy yo‘q, ertadan beri xumoriman.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. ot Kelasi kun, so‘z borayotgan kundan keyingi kun.
Bu voqeaning ertasi. Esarning ertasi ko‘p.
Maqol