Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shom}
So‘z bo‘g‘inlari: shom
Izoh(lar)i:
shom [shom ]

1. Quyosh botib, qorong‘ilik tusha boshlagan payt va shu paytda o‘qiladigan namoz. Odamlar tashqariga chiqqanda, shom qorong‘isi cho‘kkan edi. S. Karomatov, So‘nggi barxan

2. Quyosh botgandan boshlab, mag‘rib ufqidagi qizil shafaq ko‘rinmay qolguncha o‘qiladigan namoz (besh vaqt namozning to‘rtinchisi). Shomni o‘qigandan keyin Anvar Sultonali mirzodan izn olib chiqdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

3. Qorong‘ilik Hovliga shom tushdi. Avaz derazani ochib Jumaniyoz! deb chorladi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: erta , ertalab , tong , erta bilan
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. shom I Ot
asrdan keyingi namoz va u o‘qiladigan vaqt

2. shom II Ot
shahar nomi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ta’bi namozshom: kayfiyati yomon, xafa

1. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

2. Xushomadgo‘y – laganbardor – labbayguy – tilyog‘lama – yaltoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.