1. 1. Quyosh botishi bilan tun boshlanishi o‘rtasidagi g‘ira-shira yorug‘ payt.
Quyosh botgan, lekin kun hali yorug‘, har yoqqa oqshom sukunati cho‘zilgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ko‘ngilni qon qiluvchi oqshom qo‘ndi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Kech, kechqurun.
[Oysara] Jisman zaifligiga qaramay, ko‘p yumush qilar, har oqshom o‘z bolalari bilan tancha atrofini to‘ldirib, kitob o‘qir edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
O‘sha oqshom Usmonxo‘janing hovlisi-da tong otguncha chiroq o‘chmadi, ulfatlari xo‘p kayf-safo qilishdi.
X. To‘xtaboyev, YiIlar va yo‘llar