Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ega}
So‘z bo‘g‘inlari: e-ga
Izoh(lar)i:
ega [e-ga ]

1. Uy-joy, mol-mulk va shu kabilar qarashli bo‘lgan shaxs; xo‘jayin, sohib. Bolaning topilgani uy egalarininggina emas, qo‘shnilar, hammahallalarning ham quvonchiga aylandi.R. Fayziy, Sen yetim emassan R. Fayziy, Sen yetim emassan

2. Yurt, el kabi so‘zlar bilan qo‘llanib, shu so‘zlar anglatgan joyning boshqaruvchisi, boshlig‘i ma’nosini bildiradi. Shunda Chambilning ovini ovlab, Chambilning egasi bo‘lib yurganda, Chambilning deparasida Turkman degan bir yurt bor edi.Shirin bilan Shakar Shirin bilan Shakar

3. Shaxs yoki narsada o‘zi birikib kelgan so‘z anglatgan narsaning bor, mavjud ekanini bildiradi; bor, mavjud. Tilsiz bo‘lib keldim dunyoga, Ammo tilga egaman endi. Guldasta

4. Mavhum tushunchalarni bildiruvchi ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, shaxs yoki narsaning shu so‘z anglatgan belgi, xususiyat kabiga molikligini bildiradi; molik. Otasining saltanat oldida katta hurmatga ega ekani Badianing qalbiga ham fidoyilik tuyg‘ularini solgan edi.Mirmuhsin, Me’mor Mirmuhsin, Me’mor

5. Narsani yuzaga keltirish, tayyorlash va shu kabilar jihatdan qarashliligini bildiradi. — Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — osh egasi bilan shirin Ha, aytgandek, qudangiznikiga yuborgan kishingiz keldimi?A. Qodiriy, O‘tgan kunlar A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. (faqat 1-shaxs egalik affiksi bilan) Tangri, xudo. Sizni egam so‘zga pichib qo‘ygan ekan-da. Oybek, Tanlangan asarlar

7. Ikki tarkibli gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bosh bo‘lak.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Egalik shaklitilimizda ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi, xususiyat, harakat-holatning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradigan shakllar tizimi. Egalik shaklipredmethodisaning qaysi shaxs va songa qarashli ekanligini bildirib, o‘zi birikkan bosh so‘zni qaratqich kelishigidagi ergash so‘zga bog‘laydi: mening kitobim. Ergash so‘z bo‘lmaganda ham egalik shakli narsaning kimga tegishliligini ko‘rsatadi: (mening) Ukam keldi.

Egalik qo‘shimchasi unli yoki undosh bilan tugagan so‘zga qo‘shilishiga qarab ikkitadan fonetik variantga ega:

 

Mening

kitob

im

uka

m

Sening

ing

ng

Uning

i

si

Bizning

imiz

miz

Sizning

ingiz

ngiz

Ularning

i//lari

si//lari

 

Uslubiy belgilari. 1. Egalik ko‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.

2. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlari tarkibidagi III shaxs egalik shakli shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shu sababli bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanmaydi: Mustaqillik ko‘chasi, Dehqonobod tumani, Qarshi davlat universiteti, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi.

3. III shaxs birlik va ko‘plikdagi egalik shakllari ayrim ravish va modal so‘zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan: kechasi, kunduzi, tunlari, chamasi, ochig‘i, yaxshisi.

4. Egalik (qarashlilik) ma’nosi -nikiqo‘shimchasi yordamida ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: maktabimiz maktabniki.

5. Qaratqichli birikmada shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda.

6. Egalik shaklini ko‘proq ot xususiylashtirgan, biroq egalik shakli istagan mustaqil so‘z, hatto taqlid, undov so‘zlarga qo‘shilib ularni boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirita oladi. Shuning uchun ham u – ismlarning munosabat shakli.

7. Egalik qo‘shimchasi I va II shaxs ko‘plikda belgisiz ishlatilishi, ya’ni tushirib qoldirilishi mumkin. Bu qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bo‘lishini shart qilib qo‘yadi: bizning ayvon, sizning oila, sizlarning maktab, bizlarning shahar.

8. Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik shakllari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi: o‘qiganim, borishim. Shuning uchun qaratqich kelishigidagi shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ehtiyoj bo‘lmaydi.

  1. 1. Eshik, qishloq, yutuq, kapalak kabi ikki va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi jarangsizning jaranglilashuvi kuzatiladi: eshigi, qishlog‘im, yutug‘ing, kapalagi. Nok, chok kabi bir bo‘g‘inli so‘zlar, idrok, ishtirok kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda bu holat kuzatilmaydi.

2. Qorin, singil, burun, shahar, zahar kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga egalik shakli qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi i, u, a unlilarining tushib qolishi kuzatiladi: Qorni, singlim, burning, shahri, zahri.

3. Haq, his kabi o‘zlashma so‘zlarga egalik shakli qo‘shilganda tovush ikkilanishi yuz beradi: haqqi, hissi.

4. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzokabi arabiy va forsiy so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyim, obro‘ying, mavqeyim, mavzuyi, avzoyim. III shaxs egalik shakli parvo, obro‘, mavqe, avzo so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga -si tarzida qo‘shiladi.

 Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zo‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini tashkil etadi. Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zni shu tilda so‘zlashuvchi kishi, qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadi.

Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z barcha turkumda mavjud: 1) fe’l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko‘rsatmoq, buyurmoq, saylamoq; 2) ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog‘, yer, shamol, radio; 3) sifat: shirin, achchiq, qizil, ko‘k, katta-kichik, xunuk, go‘zal;4) son: bir, o‘n, yuz, ming; 5)ravish: hamisha, ba’zan, ataylab, hozir, ilgari. 6) olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qancha, shu, biz, hamma; 7) undov va modal: xo‘p, mayli, rahmat; 8) ko‘makchi: uchun, bilan, singari; 9) bog‘lovchi: ham, va, bilan, ammo; 10) yuklama: faqat, xuddi, hatto.

Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zning aksariyati umumturkiy va o‘zbekcha. Ammo, shu bilan birga, ular orasida o‘zlashmasi ham ko‘p. Masalan: tojikcha: go‘sht, non, dard, bobo, dugona, do‘st; arabcha: avlod, bilan, inson, sinf, millat, himoya.

Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning leksikasida ancha sezilarli. Bunda to‘rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim so‘z eskirib, iste’moldan chiqib ketsa, ikkinchidan, allaqachon iste’moldan chiqib ketgan so‘z qayta «jonlanadi», «tiriladi», uchinchidan, yangi-yangi so‘z paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘z faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’nosida o‘zgarish yuz beradi.

Hozirgi adabiy tildagi eskirgan so‘z eski so‘z, yangi so‘zning jami yangi so‘z, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z zamonaviy so‘z deb yuritiladi. Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) zamonaviy leksika; 2) eskirgan leksika; 3) yangi leksika. Ularning qo‘llanishi davrga nisbatan farqlanadi.

Qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shevaga xos so‘z; b) termin (atama); v) argo va jargon. (q. Argo, Jargon, Termin, Shevaga xos so‘z).

 

1. aytgani aytgan, degani degan: gapi o‘tadi

2. egardan tushmaslik: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutdi

3. ilon yog‘ini yegan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

4. man-man degan: eng oldingi, eng yuqori, o‘ziga yuksak baho beradigan

5. otdan tushsa ham, egardan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

6. so‘z tegadigan bo‘ldi: tanbeh eshitadigan bo‘ldi

7. tegajaklik qilmoq: Hazil-huzul bilan, o‘ynashib tegishmoq

8. tuya go‘shti yegan: Biror ish, narsaning bitishi, amalga oshishi juda sudralishi, cho‘zilishini qayd etuvchi ibora

1. Chegara – chek – had – poyon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Ega – xo‘jayin – xo‘ja – sohib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Kabi – singari – yanglig‘ – o‘xshash – bamisoli – misli – degandek
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yog‘ining ortiq darajada ekanligiga ko‘ra)

4. Sabil (savil) – ordona – zormanda – baytalmon – egasiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

5. Yengmoq – egallab olmoq – g‘olib bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.