Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sohib}
So‘z bo‘g‘inlari: so-hib
Izoh(lar)i:
sohib ot

1. 1. Egalik qiluvchi; ega. Uy sohibi. Orol dengizining janubidagi shu bepoyon cho‘llarning sohibi bo‘lgan ko‘chmanchi massagetlar kelin kutmoqda. M. Osim, Karvon yo‘llarida
Quvurlarni almashtirib olishdan xonadon sohiblari voz kechdilar. Gazetadan

2. 2. Biror ilm-hunar yoki xislat, fazilatni egallagan. [Qozi:] Yana o‘zingiz sohibi aqlsiz. Hamza, Tanlangan asarlar
Shu tarz-da bu serqirra faoliyat sohibining merosi she’rlar, doston va manzumalar, hikoya va povestlar, ocherk va publitsistik asarlardan iboratdir. G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar

3. 3. Sohib (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ega
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Ega – xo‘jayin – xo‘ja – sohib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.