Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xo‘jayin}
So‘z bo‘g‘inlari: xo‘-ja-yin
Izoh(lar)i:
xo‘jayin

1. 1. Biror narsaga, masalan, yer-suv, mol-mulk, uy-joyga egalik qiluvchi shaxs; xususiy mulk egasi; mulkdor, boy. [Mirzakarimboy:] Va’da Nodon. Xo‘jayin degan xizmatkorlarini qiziqtirish uchun va’da qilaveradi-da Oybek, Tanlangan asarlar

1.

2. 2. Biror narsaning to‘la huquqli egasi. O‘zimiz xo‘jayin o‘z yerimizga, Erkinmiz, nomimiz, huquqimiz bir. R. Bobojon

3. s. t. t. Rahbar xodimga murojaat shakli. — Xo‘jayin, mashina tayyor, — dedi shofyori. Gazetadan

4. s. t. t. Ayol kishining turmush o‘rtog‘iga murojaat shakli. — Xo‘jayin, ovqat tayyor bo‘ldi. Keltiraymi? — Mastura oshxonadan turib so‘radi eridan. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boshliq , ega
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ega – xo‘jayin – xo‘ja – sohib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.