Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {olam}
So‘z bo‘g‘inlari: o-lam
Izoh(lar)i:
olam ot

1. Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo. — Ayb mening o‘zimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. — ▬ Olam bino bo‘lgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga — tuhmat bo‘lib kelgan. S. Ayniy, Doxunda

2. Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalqlar Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur. ▬ Hakimboyvachchaning ovozasi olamni tutadi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Tabiatda mavjud bo‘lgan narsalarning alohida bir to‘pi, dunyosi. O‘simliklar olami. ▬ Titrash o‘simlik olamiga ham halokatli ta’sir etadi. Fan va turmush

4. O‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, maslagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.

5. Odamning ma’naviy, ichki dunyosi; o‘ziga xosligi. Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisalarning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmog‘im lozim bo‘ladi. O‘TA

6. Biror soha, jabha. Ilm olami. Siyosat olami. U ▬ endi Salimxondan ko‘p so‘zlaydi, hatto Salimxonni siyosat olamiga sudraydi. A. Qahhor, Sarob
Fan olamida yangilik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi. S. Karomatov, Oltin qum

7. din. in. Bu dunyo; mavjud dunyo. Olamdan o‘tmoq. ▬ Qutbinisa onasi olamdan o‘tgandan buyon endi ohorli kiyim kiyishi edi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: dunyo [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. keng olam ko‘ziga ko‘rinmay qolmoq: -

2. ko‘zga olam tor: -

3. ko‘ziga olam tor: -

4. olam guliston: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

5. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

6. olam qarong‘u: -

7. olamda to‘fon qo‘zutmoq: -

8. olamdan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

9. olamdan ketmoq : -

10. olamdan ketmoq: -

11. olamdan o‘tdi I: yashadi

12. olamdan o‘tdi II: qazo qildi, o‘ldi

13. olamdan o‘tmoq: -

14. olamga kelmoq: -

15. olamni buzmoq: -

16. olamni o‘rtamoq: -

17. olamni tutmoq: -

18. quvonch olamga sig‘maslik: -

19. quvonchi olamga sig‘maslik: -

1. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.