1. Mayda zarra, kukun holidagi tuproq yoki boshqa moddalar; gard, to‘zon.
To‘xta xola yuz-ko‘ziga ko‘cha changi yopishayotganini ham payqamas edi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. Chang qo‘ngan; g‘uborli.
[Zargarov] Xona o‘rtasida sal bukchayganicha turib, chang etigi bilan og‘ir odimlab chiqib ketgan quruvchining beso‘naqay gavdasini horg‘in kuzatib qoldi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
3. O‘simliklarning erkak jinsiy hujayralari.
Ashir Haqqulov zargarlarga xos diqqat bilan bir gulning changini mo‘ychinak bilan olib, ikkinchi bir gulni changlayotgan ekan.
S. Nurov, Narvoy
4. Qutisimon trapetsiya yoki yoy shaklidagi, sim torlar tortilgan, tirnama yoki qo‘sh cho‘p bilan urib chalinadigan jarang-dor cholg‘u asbobi
Chang — o‘zbek xalq cholg‘u asboblari orasida eng ko‘p torlisi hisoblanadi.
Gazetadan
5. Labga qo‘yib, po‘lat tilini barmoq bilan turtib, nafas bilan chalinadigan kichik cholg‘u asbobi; changovuz.
6. Zil III.