1. 1. Chang, to‘zon kabilardan havoda saqlangan yoki narsa sathiga ingan mayda zarralar; gard.
Do‘l shunday shiddat bilan yog‘ardiki, go‘yo yerdan chang ko‘tarilib, havoni g‘ubor bosdi, kunduz qorong‘ilashdi.
N. Safarov, Olovli izlar
Paxta bitgan yerlaringni ko‘rmoqchiman, G‘uborini kiprigimga surmoqchiman
S. Akbariy
Shoyon mehnatingning nishonasi bu — Qora qoshlaringga qo‘ngan chang, g‘ubor.
A. Oripov, Yillar armoni
Saratonda muallaq qotgan g‘ubori shabnam bilan yana o‘z onasi — tuproq og‘ushiga ohista cho‘kdi.
Saodat
2. 2. Umuman, tiniqlik, ravshanlikni buzuvchi, xira qiluvchi (xiralashtiruvchi) zarralar.
Osmonda g‘ubor yo‘q, tiniqdan-tiniq, Quyosh charaqlaydi nurini sochib.
G‘. G‘ulom
Qishloqdan chiqqanimizda, g‘ubor ichida ko‘ringan tog‘lar ham ancha yaqin kelib qoldi. M. M.
Do‘st, Lolazor
Bugun kun bo‘ladi ravshan va bedog‘, G‘ubor yo‘qdir zarra havoda.
H. Olimjon
3. ko‘chma hma Umuman, ravshanlik, tozalik, poklikni buzuvchi narsa (masalan, dog‘ va boshqalar).
Tashqarida olamni jamiki g‘uborlardan poklamoqchidek, urib jala quyar edi.
M. Mansurov, Yombi
Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va o‘n olti yoshlar chamali g‘ubor tegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Dil ham bamisoli shunday: sevgi sharobiga qatra g‘ubor aralashdimi — tamom.
M. Jo‘ra, Iztirob
4. ko‘chma hma Kishi ruhini (ruhiyatini) buzuvchi holat, dog‘, xiralik.
Har qalay, kunduzlari chidasa bo‘ladi: bir-yarim yaxshi-yomonni ko‘radi, undan-bundan ikki og‘iz so‘zlashib, picha tafti chiqadi, g‘ubori ariydi
X. Sultonov, Onamning yurti
Suhbatda odam yoziladi, dam oladi, g‘ubordan chiqadi derdi Yusufjon aka.
T. Obidov, Yusufjon qiziq
Bir marta to‘yib hidlasang, ichingdagi jami g‘uborni haydab chiqaradi.
S. Ahmad, Ufq
5. maxs. xs. Changsimon dog‘; kul (o‘simliklar kasalligi).
novdalarda ham, xuddi barglardagi singari, kulrang g‘ubor paydo bo‘ladi.
Gazetadan