Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘zon}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘-zon
Izoh(lar)i:
to‘zon ot

1. 1. Havoga ko‘tarilgan (to‘zgan) xas-xush va boshqalar mayda narsalar aralash chang. Daryo qurisa ham, o‘zani qolar, Bo‘ron bosilsa ham, to‘zoni qolar. S. Akbariy
Mashinalar ketidan ko‘tarilgan to‘zon kun tig‘ida, osmonda bir zum kezib, keyin paxtazorga yopiriladi. A. Muhiddin, Terimchilar

2. 2. Narsa betiga, sathiga qo‘ngan, ingan shunday narsa; gard-g‘ubor, chang. Nikolin uning to‘zon bosgan yelkasiga og‘alarcha qo‘lini qo‘yib: — Rahmat, Bektemir, — depti. Oybek, Quyosh qoraymas
O‘choq boshida qumg‘on sharaqlab qaynab, cho‘g‘ ustiga to‘kildi, bug‘ va kul to‘zoni ko‘tarildi. A. Muxtor, Opa-singillar
Tegirmon yo‘lagi un to‘zoni ichiga ko‘milib, kech kuzning quyuq tumanli havosi manzarasini beradi. A. Qodiriy, Obid ketmon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chang
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. to‘zon qilmoq: Vayron-tolqon qilmoq, chang-to‘zonga aylantirmoq

1. Chang – to‘zon – dovul – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(shiddat kuchining tez-sekinligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.