1. chang bosmoq: Qalin chang bilan qoplanmoq (uzoq vaqt ishlatilmay yotgan narsa haqida).
2. chang chiqarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.
3. chang ko‘tarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.
4. chang qo‘ndirmaslik: 1. gard, dog‘ tegizmaslik, ozoda tutish. 2. ko‘chma o‘ziga, nomiga dog‘ tushirmaslik, gap tegizmaslik.
5. chang soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi
6. chang yuqtirmaslik: 1. gard, dog‘ tegizmaslik, ozoda tutish. 2. ko‘chma o‘ziga, nomiga dog‘ tushirmaslik, gap tegizmaslik.
7. changal soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi
8. hasratidan chang chiqdi: ortiq darajada norozilik bildirib gapirdi
9. o‘lim changali: O‘lim xavfi, o‘lim iskanjasi.
10. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi
11. yuragini changallamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda