Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {boshqa}
So‘z bo‘g‘inlari: bosh-qa I
Izoh(lar)i:
boshqa sf

1. 1. Zikr qilingandan, aytilgandan, ko‘rilgandan yoki ko‘zda tutilgandan bo‘lak; o‘zga. Joni boshqaning tani boshqa. Maqol
Boshqaning tilla-gavharidan onangning sariq chaqasi yaxshi. Qanotli so‘zlar
Bizga bosh bo‘lib turgan odam shunaqa deb o‘tirsa, boshqalardan nima o‘pkalaymiz. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Qiz ko‘nmaydimi, demak, uning ko‘ngli boshqa birovda, — dedi Qadamboy og‘a. S. Siyoyev, Yorug‘lik
uning qalbi goh-goh boshqa bir qiz yodi bilan to‘lib-toshar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Menga boshqa so‘zingiz bo‘lmasa, sizga javob. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Mustaqil, alohida; biror xususiyati bilan farq qiladigan; boshqacha, o‘zgacha. O‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa — qilig‘i. Maqol
Bilak — bir, barmoq — boshqa. Maqol
[Abdurahmonboy:] Taqsir, aslida ko‘tar maliklarning eli boshqa, suvi boshqa bo‘lgan. N. Safarov, Husnijamol
Bu haqda boshqa fikr bo‘lmagan i uchun, maorifdan boshqa muallim so‘rashga qaror qilindi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Sen meni kim bilan tenglashtirmoqchisan?-Gulnor boshqa, men boshqa demoqchi Oybek, Tanlangan asarlar
— E, u vaqtlar, — dedi xo‘rsinib Rixsi xola, — boshqa edi. S. Zunnunova, Yangi direktor

3. 3. Begona, o‘zga, yot; birov. Boshqalar oldida uyaltirib qo‘ymoq. — Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa — boshqaga, degan bir gap bor, — dedi jiddiy vaziyatda qutidor. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. rvsh. sh. Tag‘in, yana, qayta, takroran. Keyin yotoqxonaga borguncha bu gapga boshqa qaytishmadi. O‘. Usmonov, Qismat
Qodir boshqa ichmaslik sharti bilan ikkinchi piyolaning yarmini ichishga rozi bo‘ldi. A. Qahhor, Asarlar

5. ko‘m. vzf. zf. (chiqish kelishigi so‘z bilan) Bo‘lak, tashqari. Bundan boshqa. — Menga qolsa, o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim! — dedi [hoji]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: o‘z
Sinonim(lar)i: o‘zga , bo‘lak , yana
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.