Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘zga}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘z-ga
Izoh(lar)i:
o‘zga ot

1. 1. Qarindoshlik, tug‘ishganlik va shu kabilar jihatdan aloqasi yo‘q odam; begona. — Demak, Xudoyqul o‘z jigaringiz bo‘lgani uchun, o‘zgalardan ko‘ra ko‘proq ezib, uni og‘ir bir ahvolga solishga haqli ekansiz-da? — dedi Elmurod. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘zgaga boqsa ko‘zim, ko‘r bo‘lsin, oqsin gavhari, Kosasi tuproq bila to‘lsin, ko‘milgan yaxshiroq! Habibiy

2. 2. So‘zlovchi yoki so‘zlovchi va tinglovchidan boshqa odam. O‘zingda yo‘q — o‘zgada yo‘q. Maqol
Yomon o‘zini bilmas, o‘zgani ko‘zga ilmas Maqol
Kuyov tomondan oriq, daroz, chayir bir xotin bel bog‘ladi. O‘zgalar — yosh-qari hammasi shu ikki ayolning belbog‘iga, etaklariga yopishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘zingizni biling, o‘zga bilan nima ishingiz bor? Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. O‘zi yoki o‘ziga mansub bo‘lmagan; notanish, yot. O‘zga tilda so‘zlashmoq. Odamzod bir sabab bilan o‘zga yurt, o‘zga shaharlarni ixtiyor etadi. Mirmuhsin, Me’mor

4. chiqish kelishigidagi so‘z bilan) an) (O‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bildirgan shaxs yoki narsadan boshqasiga ishora qiladi;-dan boshqa. Otabekdan o‘zga farzandimiz bo‘lmay orzu-havasimiz, umid-hadafimiz faqat shu Otabekdir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bandamiz — taqdirga tan berishdan o‘zga ilojimiz yo‘q. N. Safarov, Olovli izlar

5. 5. Odatdagidan boshqacha, o‘zgacha. Bog‘ning har burchagida o‘zga bir latofat: ariqlarda suv kumushlanadi, maysalardan uqa tutgan hovuz suv bilan emas, nur bilan to‘lgan kabi jimir-jimir mavjlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. tlsh. sh. Uchinchi shaxs.

Antonim(lar)i: o‘z
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Fonetik o‘zgarishnutqda qulaylik, tejam uchun tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yoki tutgan o‘rniga ko‘ra tushib qolishi, orttirilishi, almashishi, moslashishi kabi o‘zgarish hodisasi.

Nutq jarayonida tovushni ketmaket keltirish yo‘li bilan turli ma’noli birlik hosil qilamiz. Mas., tosh, bosh, qol. So‘z tarkibidagi tovush alohidaalohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi. So‘z uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to‘liq talaffuz qilinmay turib, nutq a’zosi ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovush zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish tufayli nutq jarayonida tovush zanjirida turli fonetik o‘zgarish ro‘y beradi. Mas., tog‘ asosiga ga qo‘shimchasini qo‘shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa g‘ dan so‘ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o‘tish qiyinlashadi. Talaffuz noqulayligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqaga aylantiriladi va har ikkisi ham jarangsizlashadi: tog‘ + ga – toqqa, bog‘ + ga – boqqa kabi.

Fonetik o‘zgarishunliga ham, undoshga ham taalluqli.

  1. Unlining nutq jarayonida o‘zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlining moslashishi, uyg‘unligi demakdir. U faqat turkiy tillarga xos.

Singarmonizmning ikki asosiy ko‘rinishi farqlanadi: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi.

Til garmoniyasida unli tovush yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Singarmonizmning til garmoniyasi qonuniyatiga ko‘ra, so‘zning boshida til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasi va oxirida ham shunday unli keladi. Boshqacha aytganda, so‘zning boshida undoshning hosil bo‘lish (artikulyatsion) o‘rniga bog‘liq ravishda unli tovushda yuz bergan o‘zgarish so‘zning keyingi bo‘g‘inidagi unlida ham yuz beradi. Bu hol so‘zning talaffuzida qulaylikka olib keladi. Mas., qalam so‘zidagi q undoshi chuqur til orqa undoshi bo‘lganligi bois, birinchi bo‘g‘indagi a unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo‘ladi. Buning natijasida esa keyingi bo‘g‘indagi a tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, birinchi a unlisi q undoshiga, keyingi bo‘g‘indagi a esa oldingi bo‘g‘indagi a unlisiga moslashadi.

Lab garmoniyasida unlining moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda unli ham tiloldi-tilorqalik jihatidan, ham lablanganlik-lablanmaganlik jihatidan boshqa unliga va undoshga moslashadi. Bunga ko‘ra, so‘z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So‘z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo‘lsa, so‘z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo‘ladi. Mas., boshqird, sog‘in, bo‘g‘in so‘zidagi kabi.

Tovush o‘zgarishi turi. Fonetik qonuniyat asosida yuz beradigan o‘zgarish turini sanaymiz.

Tovush moslashishi (assimilatsiya). Assimilatsiya – lotincha assimilare –o‘xshatib olish demak. Tovush moslashishi to‘liq va to‘liqsiz bo‘lishi mumkin. Tovush moslashishi to‘liq (yoz + sin = yossin) yoki qisman (yoq + sa = yoxsa, tanbur – tambur) moslashish bo‘ladi.

Moslashish hodisasi ikki xil:

a) progressiv moslashishda oldingi tovush keyingi tovushni o‘xshatib oladi. Masalan: otdan – ottan, ishdan – ishtan, soldat – sollat va boshqalar.

b) regressiv moslashishda keyingi tovush oldingi tovushni o‘xshatib oladi: shanba – shamba, ichsa – issa, oqshom – oxshom, tuzsiz – tussiz kabi.

Tovush noo‘xshashligi (dissimilatsiya). Dissimilatsiya lotincha dissimlate – noo‘xshashlik degani, bu fonetik hodisada tovushning ta’siri natijasida noo‘xshash tovush talaffuz qilinadi. Tovush noo‘xshashligi hodisasi ham ikki xil bo‘ladi:

a) progressiv noo‘xshashlikda oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush paydo bo‘lish o‘rni va usulini o‘zgartiradi va tovushning sifatida o‘zgarish – noo‘xshashlik yuzaga keladi. Masalan: zarur – zaril, zarar – zalal, birorta – bironta, madad – madat, kabob – kabop, rubob – rubop kabi.

b) regressiv noo‘xshashlikda keyingi tovushning ta’siri bilan oldingi tovushda o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan: po‘chta – po‘shta, maqtanchoq – maxtanchoq, uchta – ushta kabi.

Ba’zi so‘zda har ikki hodisa (tovush moslashishi va tovush noo‘xshashligi) ham uchraydi. Masalan: uchdi – uchti – ushti, ichdi - ichti – ishti kabi.

Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh tovushning o‘rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: r – y: daryo – dayro: m – g‘: yomg‘ir – yog‘mir, b – r: tebratmoq – terbatmoq: m – l: yamlamoq – yalmamoq: h – v: ahvol – avhol: p – r: tuproq – turpoq, r – g: o‘rganmoq – o‘granmoq: g‘ – r: to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq, n – m: aylanmoq – aynalmoqva boshqa.

So‘z o‘zagida yoki unga biror qo‘shimcha qo‘shilganda, o‘zakdagi a unlisi o ga yoki i unlisi u ga almashadi va shunday yoziladi: ong – angla, son – sana, ot – ata, yosh – yasha; sayla – saylov, to‘pla – to‘plov; tara – taroq, so‘ra – so‘roq, chanqa –chanqoq; o‘qi – o‘quv, to‘qi – to‘quv kabi.

Ayrim so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z o‘zagidagi k va qtovushi g va g‘ ga almashadi va shunday yoziladi: bilak – bilagi, tilak – tilagi, buloq – bulog‘i, tirnoq – tirnog‘i kabi.

Ammo ayrim so‘zda bunday tovush o‘zgarishi bo‘lmasligi mumkin: nok – noki, doq – doqi, oq – oqi, zavq – zavqi kabi.

Ba’zi so‘zda yonmayon kelgan tovush o‘rni almashadi. Masalan: sayram – saryam, daryo – dayro, tuproq – turpoq, to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq kabi.

Yomg‘ir so‘zi yog‘mur tarzida aytilsa ham yomg‘ir yoziladi (bu so‘z aslida yag‘mur shaklida bo‘lgan).

Proteza. So‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi sanaladi. Odatda, aksariyat sonor r tovushidan oldin o‘, u unlisi orttiriladi: ro‘mol – o‘ramol, ro‘za – o‘raza, rayhon – o‘rahon, rozi – o‘rozi, rais – o‘rais, rang – o‘rang, ro‘zg‘or – o‘razg‘or, rustam – urustamkabi.

Ayrim holatda so‘z boshida sirg‘aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i unlisi orttirilishi mumkin: shkaf – ishkaf, spravka – ispravka, stol – istol,stul – istul, shtraf – ishtaraf, stansiya – istansa.

Epenteza. So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida i, ba’zan u va a unlisi orttiriladi: fikr – fikir, hukm – hukum, doklad – dakalad, klass – kilass.

Epiteza. So‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng atovushining qo‘shilish hodisasidir: disk – diska, bank – banka, tank – tanka, kiosk – kioska, otpusk – otpuska kabi.

Tovush orttirish o‘zbek tilining o‘ziga xos talaffuz qoidasi asosida ro‘y beradi. O‘zbek tilida ikki undosh qator talaffuz qilinmaydi yoki ma’lum tovush (h, r) bilan so‘z boshlanmaydi.

So‘z boshida: stakan – istakan, spirt – ispirt, shkaf – ishkaf, rus – o‘ris, ro‘mol – o‘ro‘mal, ro‘za – o‘ro‘za, igna – yigna yoki yiyna kabi.

So‘z o‘rtasida: aql – aqil, fikr – fikir, ilm – ilim, shifr – shipir, hukm – hukum, doir – doyir, doim – doyim, foiz – foyiz, teatr – teyatr kabi.

So‘z oxirida: bank banka, tank tanka kabi.

Shuningdek, ba’zi olmoshga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tovush orttirilishi ro‘y beradi: shu + ga – shunga, bu + da – bunda, u + dan – undan kabi.

Prokopa. Bunda so‘z boshida ba’zan unli yokiundosh tovush tushib qoladi: yiroq –iroq, yigna – igna,yig‘ach – ag‘ach, yirik – irik, yuz – uz.

O‘zak va qo‘shimcha qo‘shilishi bilan ayrim tovush so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida tushib qoladi. So‘z boshida odatda qisqa talaffuz qilinuvchi y yoki h tovushi tushadi: yiring – iring, yiroq – iroq, yog‘och – og‘och kabi.

So‘z o‘rtasida odatda qo‘shimcha qo‘shilganda, o‘zakdagi ayrim tovush tushib qoladi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, ikki – ikkov kabi.

Qisqa (i) tovushi so‘z o‘zagida ham tushadi yoki juda qisqa aytiladi: pishiq – pshiq, kishi – kshi, bilan – blan kabi.

So‘z oxirida odatda qator kelgan undoshning so‘nggisi (t, d kabi) talaffuzda tushib qoladi: Samarqand – Samarqan, sust – sus, do‘st – do‘s, pisand – pisan, post – pos, xursand – xursan kabi.

O‘zbek tilida arab tiliga xos ayrim so‘zda ayn (’) (kirill alifbosida ayirish va lotin alifbosida tutuq belgisi) so‘z o‘rtasi va oxirida tushib qoladi, so‘z boshida cho‘ziq tarzda talaffuz qilinadi: ma’lum – malum, ma’mur – mamur, ta’lim – talim, ’ayb – ayb, ’ilm – ilm kabi.

Sinkopa hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unli tor unli kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatda tushib qoladi: valochka – valichka, traktor – traktir, avtor – avtir, direktor – direktir, generator – generatir kabi.

Apakopa – so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasi: do‘st – do‘s, xursand – xursan, gazeta – gazit, smena – smenva hokazo.

Sinerezis hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi unli tovush esa cho‘ziq talaffuz etiladi: maorif – mo:rif, saodat – so:dat, qiroat – qiro:t, jamoat – jamo:t.Bu hodisa asl o‘zbekcha so‘zga xos emas.

Reduksiya – so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining, odatda, tor unlining kuchsiz talaffuz qilinishi. Mas., bir, bil, til so‘zlari bir bo‘g‘inli bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi i unlisiga tushganligi tufayli u me’yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin shu so‘zning oxiriga ikkinchi bir bo‘g‘in qo‘shilishi bilan, urg‘u ham ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chadi. Natijada birinchi bo‘g‘inidagi i unlisi kuchsizlanadi va eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Birinchi bo‘g‘indagi urg‘uning ana shunday kuchsizlanib talaffuz qilinishi reduksiya hodisasiga misol bo‘ladi (reduksiyaso‘zining lug‘aviy ma’nosi «kuchsizlanish», «orqaga qaytish», «pastga tushish» demakdir). Reduksiyaga quyidagi so‘zning birinchi bo‘g‘inida kelgan i ning kuchsizlanib talaffuz qilinishi ham misol bo‘la oladi: pishiq, shira, pishak, qiliq, ichak kabi. Reduksiyaning ikkinchi bo‘g‘inda kelishi ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zga uchinchi bo‘g‘in qo‘shilganda sodir bo‘ladi – ikkinchi bo‘g‘indagi unli tamoman kuchsizlanib, tushib qoladi. Mas., burunburni, bo‘yinbo‘yni, eginegni, keyin keyni singari.

Eliziya – unli bilan tugovchi va boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unlidan birining tushib qolish hodisasi. Bunda bir necha holat kuzatiladi; a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi – boroladi, qora ot – qorot: b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish – borarmish, yozgan ekan – yozgankankabi; d) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabborso‘ziningAbjabbor, olib kelso‘ziningopke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan shakli hisoblanadi. Eliziyaning murakkablashishi natijasida so‘zning qisqargan shakli hosil bo‘ladi.

Tovush o‘zgarishi tasnifi. Aytilganlar asosida tovush o‘zgarishini uch xil tasniflash mumkin:

  1. So‘zning qaysi qismida ro‘y berishiga ko‘ra:

a) o‘zakda yuz bergan tovush o‘zgarishi:hukm – hukum, stakan – istakan, og‘iz –og‘zi;

b) qo‘shimchada yuz bergan tovush o‘zgarishi:uchdi – uchti, birorta – bironta, itdan – ittan;

d) ham o‘zak, ham qo‘shimchada yuz bergan tovush o‘zgarishi: bog‘ga – boqqa, uchdan – ushtan.

  1. Yozuvda aks etishiga ko‘ra:

a) yozuvda aks etadigan tovush o‘zgarishi:shuga – shunga, birorta – bironta, og‘iz – og‘zi;

b) yozuvda aks etmaydigan tovush o‘zgarishi:hukm – hukum, stakan – istakan, bog‘ga – boqqa, uchdan – ushtan;

  1. Tovush o‘zgarishining tabiatiga ko‘ra:

a)tovush tushishi: menning – mening, muallim – malim,og‘iz og‘zi;

b) tovush orttirilishi:hukm – hukum, stakan – istakan;

d) tovush almashishi: tanbur – tambur, bog‘ga – boqqa, uchdan – ushtan.

Muallif o‘z nutqida boshqa kishi ifodalagan fikrdan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikr ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap, dialog shaklida beriladi.Ko‘chirma gap. O‘zganing hech o‘zgarishsiz berilgan gapi ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gapda ikki xil gap bo‘ladi: ko‘chirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi birgalikda ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’l bilan ifodalanadi. Ko‘chirma gap so‘zlashuv va badiiy uslubda ko‘p ishlatiladi. Ko‘chirilgan gap muallif gapidan avval, keyin, uning ichida yoki ikki tomonida kelishi mumkin: 1. “Mehnat ishtaha ochar”, – deydi bobom. 2. Cho‘pondan so‘radik: “Bu qo‘ylar kimning qo‘yi?” 3. “Men, - dedi u, – ertaga kelaman”. 4.Bosh injener bosiqlik bilan: – Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘q, – dedi. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapni sodda gapga aylantirsa, ko‘chirma gap to‘ldiruvchi vazifasini oladi: 1. “Mehnat ishtaha ochar”, – deydi bobom(qo‘shma gap). Bobom mehnat ishtaha ochishini aytdi(sodda gap).2. Bosh injener bosiqlik bilan: – Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘q, – dedi(qo‘shma gap).Bosh injener bosiqlik bilan bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yo‘qligini aytdi (sodda gap).

Ko‘chirma gapda tinish belgisi. Ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarda esa tire bilan ajratib beriladi. Ko‘chirma gapda, ko‘chirilgan gapning o‘rniga qarab, tinish belgisining ishlatilishi turlicha: 1) ko‘chirilgan gap darak gap bo‘lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo‘yiladi: “Yuring, men o‘sha tomonga boraman”, – dedi Komila (badiiy asarlarda birinchi qo‘shtirnoq o‘rnida tire ishlatiladi, yopilgan qo‘shtirnoq bo‘lmaydi). So‘roq va undov belgisi qo‘shtirnoq ichida qoladi; a) ko‘chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Ma’ruzachi bunday dedi: “O‘sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak”;b) muallif gapi ko‘chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: - ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo‘lsa, bu belgi tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: “Bizning qishlog‘imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi “.;- ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng nuqta qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so‘ng esa nuqta qo‘yiladi: “Havo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir. – Har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar”.Ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng so‘roq yoki undov belgisi qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan avval o‘sha belgi va tire qo‘yiladi, muallif gapidan so‘ng nuqta va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: “Bu qaysi jamoa xo‘jaligining mashinasi? – qorachagina bir qiz so‘radi. – Meni ham olib ketsangiz”. – ko‘chirilgan gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: 1) muallif gapining uzilib qolgan qismi oxiriga ikki nuqta qo‘yilib, ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi; ko‘chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo‘yilib, muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: “Biz ham astoydil mehnat qildik”, - dedi.2) ko‘chirilgan gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, uning belgisi qo‘shtirnoq ichida bo‘ladi: O‘qituvchimiz : “Sen qaysi badiiy kitoblarni o‘qib chiqqansan?” – deb so‘radilar.3)         ko‘chirma gap dialog tarzida ifodalanganda, yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo‘yiladi. Bu luqmada muallif gapi bo‘lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? – Yo‘q.

1. ko‘zga chalindi: bir marta noaniq holda ko‘rindi

2. ko‘zga ko‘rinarmidi?!: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab-netib o‘tirmaslik

3. ko‘zga ko‘rindi: 1) tanildi 2) o‘ziga diqqat-e’tiborni jalb qiladigan bo‘ldi

4. ko‘zga ko‘rinmaslik I: 1) tanilmaslik 2) o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmaslik

5. ko‘zga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

6. ko‘zga tashlandi: 1)ro‘y-rost, aniq ko‘rindi 2)aniq ajralib, sezilib turdi

7. ko‘zga tikan: Kishilarga yomon ko‘ringan kimsa yoki narsa haqida.

8. ko‘zga to‘tiyo: Juda aziz, muqaddas yoki noyob narsa haqida.

1. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

2. Boshqacha – bo‘lakcha – o‘zgacha – ayricha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p-oz qo‘llanishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.