Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bemaza}
So‘z bo‘g‘inlari: be-ma-za
Izoh(lar)i:
bemaza [be-ma-za ]

1. Og‘izga xush yoqmaydigan, ta’mi yomon; ta’msiz, lazzatsiz. Bemaza ovqat. Bemaza tarvuz. Bemaza qovunning urug‘i ko‘p. Maqol

2. ko‘chma Badiiy zaif, estetik zavq bera olmaydigan; bema’ni, siyqa. Bemaza asar.Bemaza kitobni-ku jonga teggan joyda shartta yopib qo‘ysa bo‘lar, biroq umr kitobini-chi? X. Sultonov, Onamning yurti

3. Yaramas, yoqimsiz, bema’ni, yomon. Bemaza odam,— Akam bemaza chiqdi-da, — dedi Hamid Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr

4. Odob-axloqqa xilof, odobdan tash-qari; behuda, bekorchi. Bemaza qiliqlar. Bekorchidan bemaza gap chiqadi. Maqol

Antonim(lar)i: mazali , shirin [f-t], totli
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.