Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {totli}
So‘z bo‘g‘inlari: tot-li
Izoh(lar)i:
totli sf

1. 1. Ta’mi, mazasi yaxshi; mazali, lazzatli, shirin. Totli ovqat. Moling zotli bo‘lsa, yemishing totli bo‘lar. Maqol
Shavla juda totli tuyuldi — oshpazni maqtadilar. Oybek, Quyosh qoraymas
Suyak solingan suyuq ovqatlar qancha uzoq va miltiratib qaynatilsa, ta’mi shuncha totli bo‘ladi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

2. ko‘chma hma Lazzat bag‘ishlovchi, shirin, nash’ali. Totli xayollar. Totli onlar. Begimxonning ko‘z oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ularning turmushi. I. Rahim, Chin muhabbat
Dili potirlab, miyasida biri biridan totli o‘ylar charx uradi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: belazzat , bemaza
Sinonim(lar)i: mazali
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.