Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shirin}
So‘z bo‘g‘inlari: shi-rin
Izoh(lar)i:
shirin sf

1. Shirasi o‘tkir, shirali. Shirin qovun. Shirin ichimlik. ▬ Shirin mevalarga o‘rgangan og‘izlariga bu yerning nordon ne’matlari yoqmadi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. Ta’mi yoqimli, mazali, lazzatli. Shirin sho‘rva. ▬ — Albatta, albatta, — dedi Sulaymonov jiddiy qiyofada, — masalan, baliq — ko‘p yaxshi narsa, qovurilsa, qanday shirin bo‘ladi! A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
Mening ikki onam bor, Ikkisi ham mehribon: Biri menga sut berdi, Biri esa shirin non. Uyg‘un
siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli bo‘ladiki Mirmuhsin, Me’mor

3. ko‘chma hma Kishi huzur qiladigan, orom oladigan, lazzatlanadigan, xush yoqadigan; yoqimli, yoqimtoy. Shirin xayollar. Shirin tush ko‘rmoq. Shirin muomala. Shirin so‘z shakardan shirin. Maqol
Muharram shirin tabassum bilan kuldi-da, bejirim labining ikki burchagini nozik to‘r tutilgan dast-ro‘molchasi bilan artib qo‘ydi. Shuhrat, Shinelli yillar
Bir og‘iz shirin so‘z — nondek arzanda. G‘, G‘ulom
U shovqin-suron ichida shunday shirin uxlardiki, bunday uyqu halol ishlab charchagan vaqtdagina bo‘lishi mumkin. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Voy, muncha shirin bo‘lmasang! Juda aqlli bolasan-da! S. Siyoyev, Yorug‘lik
— Do‘mbillamay qolsin shu shirinlar-yey! — deguvchi edi, harbiylarni ko‘rganda bir o‘rtog‘im. Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir

4. Ahil, totuv. Shirin oila. ▬ Dunyoda bitsin urush, Yer yuzi ko‘rmasin dog‘, Gullasin shirin turmush, Tinchlik bo‘lsin hamma yoq. Q. Muhammadiy

5. Shirin (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: achchiq , bemaza
Sinonim(lar)i: mazali
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. achchiq o‘yin shirin turmushni buzmoq: -

2. og‘zin shirin qilmoq: -

3. shirin so‘z: -

4. shirin so‘zlik: -

5. shirinso‘z: -

6. shirinso‘zlik: -

1. Achchiq – taxir – nordon – chuchuk – shirin
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yoridan ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.