Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bayroq}
So‘z bo‘g‘inlari: bay-roq
Izoh(lar)i:
bayroq [bay-roq ]

1. Yog‘och yoki metall dastaga, sim yoki chilvirga mahkamlangan, bir yoki bir necha rangli, davlat, tashkilot, uyushma, harbiy qism va shu kabilarga qarashlilikni ifodalovchi gerb, emblema va boshqa ramziy belgilar, bezaklar tasviri tushirilgan muayyan o‘lchamdagi mato; alam, yalov; tug‘. Birdan uning ko‘zi bayroq ko‘tarib turgan bir to‘da paranjili xotinlarning suratiga tushdi. S. Zunnunova, Olov

1. Maqsad, g‘oya, yo‘l. Yosh Oybeklar bayrog‘ini Ko‘taraylik balandga. Do‘stim, jonni baxsh etaylik Faqat ona Vatanga. A. Oripov

1. Yog‘och yoki metall dastaga, sim yoki chilvirga mahkamlangan, bir yoki bir necha rangli, davlat, tashkilot, uyushma, harbiy qism va shu kabilarga qarashlilikni ifodalovchi gerb, emblema va boshqa ramziy belgilar, bezaklar tasviri tushirilgan muayyan o‘lchamdagi mato; alam, yalov; tug‘. Davlat bayrog‘i. Diviziya bayrog‘i. Ko‘chma bayroq. Bayroq o‘rnatmoq.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabr va 1992 yil 3 iyulda bo‘lib o‘tgan sessiyalarida Respublika Davlat bayrog‘i, Respublika Davlat gerbi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi

2. Maqsad, g‘oya, yo‘l. Tinchlik bayrog‘i. Ozodlik bayrog‘i, Mustaqillik bayrog‘i. Adolat bayrog‘i.Buyuk orzu qovushtirgay xalqlar boshini, Buyuk orzu adolatni aylagay bayroq! Yoshlik

3. O‘zbek kulolchiligida keng qo‘llanadigan, bayroqqa o‘xshash bezak. Sopol idishlarning chetlaridagi hoshiyaning ba’zi turi ham bayroq deyiladi. O‘zME

3. O‘zbek kulolchiligida keng qo‘llanadigan, bayroqqa o‘xshash bezak. Sopol idishlarning chetlaridagi hoshiyaning ba’zi turi ham bayroq deyiladi. O‘zME

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alam [a], yalov , tug‘
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.