Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yalov}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-lov
Izoh(lar)i:
yalov ot

1. kt. Bayroq, tug‘. Zafar yalovini olib kelishingizga ishonchim komil, do‘stim Abdurahmon. S. Karomatov, Bir tomchi qon
Hazrat, yalovni ko‘tarib olsakmi? Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
Baland peshtoqda qo‘ndirilgan serbar-uzun yalov sarosima og‘ushidagi mehmonlarni xushvaqtlik bilan ichkariga chorladi. A. Dilmurod, Fano dashtidagi qush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bayroq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.